Abduqodir Shakuriy Abdukodir Shakuriy

Abduqodir Shakuriy Abdukodir Shakuriy

O'quvchilarga / Adabiyot
Abduqodir Shakuriy Abdukodir Shakuriy - rasmi

Material tavsifi

Abduqodir Shakuriy (1875-1943) Reja: 1. Kirish 2. hayoti va ijodi 3. Shakuriyning pedagogik qarashlari 4. Abdiqodi Shakuriy jadidchilik maktabi asochilaridan biri sifatida Abduqodir Shakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog'ida bog'bon oilasida tug'ildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o'qishga kirdi. Shakuriy o'zbek va tojik tillarida yozgan tarjimai hollarida rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o'qitish usullari bilan tanishligini qayd qiladi. Shundan keyin yosh muallimda o'z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo'ladi. Shakuriy do'stlari yordamida Qo'qon shahriga boradi va u yerda o'n kun davomida yangi maktabdagi o'qish-o'qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, bu yangi usullarni o'zi ochgan maktabda qo'llay boshlaydi. Shakuriy dastlab maktabda o'quv jihozlarini o'zgartiradi. U ustalarga parta va doskalar buyuradi. Shu asosda birinchi marta o'z qishlog'i Rajabaminda 1901 yilning kuzida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. U davrlarda darslik va qo'llanmalar bo'lmaganligi sababli Shakuriy harflarni doskaga yozib qo'yar, o'quvchilar esa shuni o'z daftarlariga ko'chirib yozar edilar. Shuningdek, u qisman tatar tilida yozilgan kitoblardan ham foydalanar edi. Shakuriy o'z xotiralarida tatar pedagogi Abdulxodiy Maqsudiyning «Muallimi avval», «Muallimi soniy» kabi darsliklaridan o'z vaqtida foydalanganligini ko'p martaba eslaydi. Chor hukumatining mahalliy amaldorlari bu maktabning ochilishiga rasman qarshi bo'lib, uning o'quv dasturini qattiq nazorat qilardilar. Ular maktabda o'tiladigan diniy darsliklarga hech qanday to'sqinlik qilmas, ammo dunyoviy fanning o'qitilishidan tashvishlanar edilar. Shogirdlarining aytishicha, Shakuriy qiyinchiliklar bilan qo'lga kiritgan yagona globusni faqat maxsus vaqtda sinfga olib kirar, boshqa vaqtda esa yashirib qo'yar ekan. Shakuriy maktabida tojik va o'zbek bolalari birga o'qitilar edi. Bu yerda tojik tili asosiy til hisoblanar, bolaning savodi chiqqach, o'zbek va tojik tillarida yozilgan kitoblar o'qitilar edi. Shu bilan bir qatorda, o'quvchilarni ozarbayjon va tatar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish maqsadida shu tillarda yozilgan ayrim parchalar ham o'qitilar edi. Shakuriyning tarjimai holida aytilishicha, bu maktabning to'liq dasturi bo'lgan. U vaqtlarda maktablarda Quroni Karim o'qitilar va yodlatilar edi. Shuning uchun yangi usul maktablarida ham diniy kitoblar o'qitilar edi, chunki hech bir ota-ona Quron yoki biror diniy kitob o'qitilmagan maktabga bolalarini bermas edi. Shuning uchun maktablarda «Haftiyak» ham asosiy o'qish kitoblaridan biri hisoblanar edi. Tatar pedagogi Maqsudiy o'z maktabi uchun darsliklar tuzganda, arab tili qoidalari va alfavitini o'qitishga alohida etibor bergan. Shakuriy ham o'z maktabida bunga rioya qilgandi. O'qitishdagi bu usul eski maktablardagi o'qitish usullariga qaraganda savod chiqarishni ancha engillashtirar edi. Shakuriy o'z o'quvchilar uchun bir yilda bir marta imtihon uyushtirar edi. Imtihonda u ota-onalar oldida o'quvchilar bilimining natijalarini namoyish qildirar edi, ota-onalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.42 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.42 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga