Abduqodir Shakuriy

Abduqodir Shakuriy

O'quvchilarga / Adabiyot
Abduqodir Shakuriy - rasmi

Material tavsifi

Abduqodir Shakuriy (1875-1943) Reja: Abduqodir Shakuriy - Samarqandda birinchi «usuli jadid» maktabi ochgan, jadid pedagogikasining yirik namoyandasi. Abduqodir Shakuriyning hayoti va ijodi A. Shakuriy «usuli jadid» maktablari uchun o'nga yaqin darslik va qo'llanmalar muallifi Samarqandda birinchi «usuli jadid» maktabi ochgan, jadid pedagogikasining yirik namoyandasi Abduqodir Shakuriydir. Mahmudxo'ja Behbudiy o'z «Vasiyatnoma»sida uni, tengdosh bo'lishiga qaramay, o'ziga juda yaqin olib, o'g'lonlari qatorida Vadud Mahmad bilan birga tilga oladi. Abduqodir Shakuriy o'z zamondoshlaridan farqli ravishda o'ziga xos muallimlik tug'ma qobiliyatiga ega inson edi. A. Shakuriy haqida dastlabki qimmatli ma'lumotlar Vadud Mahmudning «Turk shoiri Ajziy», «Maorifimiz», Tursunqul (Rahim Hoshim)ning «25 yillik pedagog» maqolalarida berilgan. 1965 yilda pedagog-olim M. Fattaevning Abduqodir Shakuriy haqida «Atoqli pedagoglarimiz» risolasi yaratildi. Abduqodir Shakuriy 1875 yili Samarqand tegrasidagi Rajabamin qishlog'ida tug'ildi. Uning otasi Mulla Abdushukur sohibkor bog'bon bo'lgan, Abduqodir 9 yoshida otasi halok bo'lib, uning tarbiyasi bilan to'laligicha onasi shug'ullangan. Onasi Roziya bibi o'z uyida qiz bolalarni o'qitgan. O'qituvchilikka havas Abduqodirga onasidan o'tgan. U dastlabki ma'lumotni-xat-savodni onasi maktabida oldi, so'ngra Samarqandda Tillakori hamda Orifjonboy madrasalarida o'qishni davom ettirdi. U talabalik yillarida ayniqsa musulmon Sharqi pedagogikasining mumtoz namunalari Unsurul Maoliy Kaykovusning «Qobusnoma», Shayx Muslihiddin Sadiyning «Guliston» va «Bo'ston», Alisher Navoiyning «Hayratul abror», «Mahbubul qulub», Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» kabi asarlarini sevib mutolaa qildi. Madrasada mashhur mudarris Sayfiddin Mahdumdan husni xat sirlarini o'rgandi. A. Shakuriy tarjimai holida yozishicha, tatil vaqtlarida o'z uyida eski usul tartibida maktabdorlik qiladi, ammo o'qitish usulining nihoyatda murakkabligidan qiynalar edi. Madrasani tugatgach, 1901 yildan butun faoliyatini, hayotini o'qituvchilikka bag'ishladi. Shakuriyning ilg'or, izlanuvchan pedagog-maorifchi bo'lib etishuviga bir voqea sabab bo'ladi: «1901 yilning qish kuni Mulla Badriddin degan soatchi bir tatar qo'lida («Tarjimon») gazetasini ko'rdi. Shu uning fikrning ochilishig'a bir sabab, balki bir muqaddima bo'ldi. Soatsoz Badriddin «bu nima?» savolig'a: Bu ko'r (so'qir) odamlarning ko'zlarini ochadur, degan edi. Bir kuni Mulla Badriddin Shakuriyni «usuli savtiya» maktabi ochishg'a undaydi va bunday maktab bilan tanishdirmak uchun uni ergashtirib Xo'qandga eltmakchi bo'ldi. Shakuriy 1321-hijriy savr oyida (1903 yil milodiy U. D.) Xo'qandga jo'nadi. Unda Beshquduq mahallasida Umar Hoji Munavvar o'g'lining himoyasi va muallim Salohiddin Majidiy qo'li ostida ochilg'on «usuli savtiya» maktabi bilan tanishadi va buyuk azim bilan Samarqandga qaytadi. Mana shu g'ayratli muallim qo'li ostidan uning otasidan qolg'on mayda bog'da bir shiypon (so'ri)ning ostida 3 arshinliq, partali, 25 talabali bir maktab ochildi.»1 Demak, A. Shakuriy 1903 yilda Qo'qon safaridan qaytganidan keyin maktabini butkul yangiladi, «usuli savtiya» metodiga asoslangan jadid maktabiga aylantirdi, katta shijoat va g'ayrat bilan ishga kirishdi: kuniga 18-20 soatlab ishladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.4 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.4 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga