Abdurauf Fitrat - ilg'or jadid ijodkori

Abdurauf Fitrat - ilg'or jadid ijodkori

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdurauf Fitrat - ilg'or jadid ijodkori - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Fitrat-jadid; 2.Fitrat ijodini o'rganish; 3.Fitratning hayoti va ijodi; 4.Fitrat yangi zamon peshqadami; 5.Fitrat olim-shoir va dramaturg; 6.Fitrat hayotining so'nggi yillari. Abdurauf Fitrat ijodi va faoliyati yaqin tariximizning eng porloq sahifalaridan birini tashkil qiladi. Uning zamonidan adabiyotni jamiyatga xizmat qildirish bilan shug'ullangan ijodkorni topish qiyin bo'lsa-da, so'z ish birligini hech kim u olib chiqqan maqomga ko'tara olgan emas. U adabiyot va madaniyatninggina emas, siyosatning ham tan olingan arboblaridan edi. U butun umri davomida Ona-Vatanini ozod va obod qilish ishtiyoq uni Vatan va Millat fidoiylaridan tashkil topgan «Yosh buxoriylar» jamiyatini tuzishga muvaffaq etdi. Co'ngroq mustaqil partiya sifatida faoliyat yuritgan ushbu jamiyatning pirovard maqsadi qadamba-qadam borib,istiqlolni qo'lga kiritish va islohatlar yordamida mustaqil demotratik davlat qurishdan iborat edi. Fitrat Turkiston jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o'zbek adabiyotining asoschilaridan, tan olingan dramaturg, nosir, shoir va zabardast olimdir. Abdurauf Fitrat 1886 yili Buxoroda tug'ilgan. Otasi Abdurahimboy savdogarlik va sarroflik (pul almashtiruvchi) bilan mashg'ul bo'lgan. Abdurauf avval eski usul maktabida keyin «Mirarab» madrasasida o'qigan. U 1904 yilgacha o'qishda bo'lgan, so'ng otasi bilan birga tijorat qilgan, xajsafarida ham bo'lgan (Turkiya, Eron, Hindiston, Arabiston). Shuningdek Moskva, Peterburg shaharlarida bo'lgan. 1909 yil Istambulga o'qishga boradi. 1913 yilgacha Dorulmualliminda o'qigan. Uning «Munozara» asari 1909 yili, «Sayha» sheriy to'plami 1911 yili, 1912 yili esa «Sayyohi xindi» asarlari Istambulda nashr etilgan. bu yerda Fitrat o'qish bilan birga badiy ijod va siyosat bilan qattiq shug'ullangan. Fitrat (abadiy tabiat) 1913 yili Buxoroga qaytib, Shaxrisabz va Karkida yangi maktablar ochadi, qisqa vaqtdan so'n g Buxoro jadidchilik harakatining yetakchi vakillaridan biriga aylanadi. Muammo: Buxoro jadidlarining maqsadlari madaniy siyosat va maorifdagi harakatlari, ularning siyosiy talablari, ma'rifiy ish usullari qanday edi? Fitrat yetakchiligidagi guruhning ish usuli, maqsadi qanday edi? Fitrat yetakchiligidagi so'l guruh vakillari omma madaniy taraqqiyotini ta'minlash uchun ma'rifiy, adabiy va siyosiy ishlarni keng yo'lga qo'yishga kirishadi. Fitratning qarashlari «Rahbari nojot» (1915), 1916 yilda «Oila», «Begijon», «Mavludi sharif» va «Abo Muslim» kabi nashr etilgan asarlarida o'z aksini topgan edi. Shuningdek u o'z g'oyalarini maktab darsliklari orqali xalqqa yetkazish maqsadida 1915 yili «Muxtasar islom tarixi», 1917 yili «O'quv» (Boku) kitoblarini nashr ettiradi. Fitrat 1917 yilgi fevral inqilobini yaxshi qarshilaydi. Oktyabrni esa «bolsheviklar balosi» deb nomlaydi. Fitrat 1917 yili Toshkentga keladi siyosiy faoliyatini, ma'rifiy ishlarini davom ettiradi. Xadrada jadid maktabini ochib o'qituvchilik qiladi. Turkiston musulmon dorulfununi qoshidagi dorilmualliminda til va adabiyotdan dars bergan. Ayni paytda «O'g'uzhon», «Chin sevish», «Xind ixtilochilari» dramatik asarlarni, Qo'qon muhtoriyatining fojiali tugatilishi munosabati bilan yozilgan, bir pardali «Temur sag'anasi» asari ham shu davrada maydonga kelgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.8 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.8 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga