Abdurauf Fitrat ijodi 3

Abdurauf Fitrat ijodi 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdurauf Fitrat ijodi 3 - rasmi

Material tavsifi

Abdurauf Fitrat ijodi R e j a 1. Fitrat ijodining o'zbek adabiyoti tarixida tutgan o'rni. 2. Fitratning hayot yo'li. 3. Fitratning ma'rifatparvarlik ruhidagi asarlari. 4. Fitratning ijtimoiy-siyosiy va falsafiy mazmundagi asarlari 5. Fitratning milliy ozodlik harakati mavzuidagi dramalari. ABDURAUF FITRAT (1886-1938) Abdurauf Fitrat Buxoroda jadidchilik harakatining va XX asr o'zbek adabiyotining boshlovchilaridan biri hisoblanadi. Buyuk ma'rifatparvar, serqirra ijodkor Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiga qiziqish o'z davridayoq boshlangan edi. Uning ijodi hatto xorijda ham keng miqyosda o'rganilgan va o'rganilmoqda. Masalan, yapon olimi Xisao Xumatsu, fransuz olimi Eden Karrerde Ipkaus, nemis olimi I.Baldauf, amerikalik olim Eduard Olvordlar tomonidan adabiy hamda ko'proq siyosiy maqsadda o'rganilgan. O'zimizda esa 60-yillardan keyin Fitratning bazi asarlari nashr qilina boshlangan (Qiyomat, Shaytonning tangriga isyoni kabilar). 50-80-yillarda Fitrat hayoti va ijodini Erik Karimov kengroq o'rgangan. U o'z tadqiqotlarida Fitratni ma'rifatparvar shaxs sifatida gavdalantira oldi. Fitrat ijodiga yangicha munosabat 80-yillarning ikkinchi yarmidan shakllana boshladi. Uning dramaturgiyasi, ilmiy merosi prof. B.Qosimov, O'.Boltaboev, I.G'aniev kabi olimlar tomonidan ancha batafsil tadqiq qilindi. 80-yillardan keyin Fitrat haqida yozilgan maqolalarning o'ziyoq 200 dan ortiqdir. Abdurauf Fitrat 1886 yilda Buxoro shahrida savdogar Abdurahimboy oilasida tug'ildi. Mir Arab madrasasining mudarrisi G'ofir O'oji Razzoq o'g'lining xabar berishicha, Abdurauf o'sha davr eski maktablaridan birida, so'ng mashhur Mir Arab madrasasida o'qidi. 1904-1906 yillarda u haj safarida, Arabiston, Turkiya, Moskva, Peterburg shaharlarida bo'ladi. Turkiyadagi o'zgarishlar, Moskvadagi hayot uni Yevropaga yaqinlashtiradi. Fitrat hajdan kelib Buxorodagi jadidchilik harakatiga boshchilik qiladi. Chunki olis yurtlar bo'ylab qilgan safari uning dunyoqarashida shunga moyil zamin hozirlagan edi. 1909 yil 18 iyunda Buxoro yoshlari Tarbiyai atfol nomida yashirin jamiyat tashkil qiladilar. Jamiyatning birinchi maqsadi Istanbulga talabalar yuborish, natijada yurt hayotini isloh qilishga qodir kadrlarni tarbiyalashdan iborat edi. Fitrat ham Istanbulga yuborilgan talabalardan biri edi. Ayniy takidlashicha, u talabalarning eng istedodlisi va eng fozili edi. Fitrat Istanbulda 1909-1913 yillar davomida tahsil oladi. U Istanbul dorilfununida o'qib yurgan kezlarida hamshaharlari bilan birgalikda Buxoro ta'limi (umumiy) maorif jamiyatini tuzadi. Bu jamiyat buxoroliklarning o'zaro moddiy-ma'naviy uyushmasi vazifasini bajargan. 1909-1913 yillarda Istanbulda Fitratning bir qator asarlari forsiy tilda bosilib chiqdi. Chunonchi, 1909 yilda Munozara (Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadidi xususida qilgan munozarasi) asari bosildi. Dramatik publitsistikaga moyil bu asar zamonning zayli bilan tarixiy taraqqiyotning ikki poqonasida turib qolgan, din va dunyo, jamiyat va ma'rifat haqida ikki xil qarashga ega bo'lgan ikki kishining bahsi asosiga qurilgan edi. Ushbu asar 1911 yilda Hoji Muin tarjimasida Turkiston viloyatining gazeti sahifalarida, 1913 yilda Behbudiy so'zboshisi bilan alohida kitob ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.93 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.93 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga