Abdurauf Fitrat 3

Abdurauf Fitrat 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdurauf Fitrat 3 - rasmi

Material tavsifi

Abdurauf Fitrat ma'naviyatimizning ilk namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat garchand qatag'on qurboni bo'lib, jismonan oramizda bo'lmasa ham u hamisha tirik. Qismati og'ir bo'lgan ulug' siymolar qatori Fitrat butun kuch-qudratini xalqqa bag'ishladi. Abdurauf Abdurahim o'g'li Fitrat 1886 yili Buxoro shahrida tug'iladi. «Fitrat» Abduraufning adabiy taxallusi bo'lib, bu so'z tug'ma tabiat, tug'ma istedod degan manoni anglatadi. Uning otasi o'zbek, onasi tojik bo'lgan. Fitratning otasi savdogarchilik bilan shug'ullangan, dindor, o'qimishli shaxs bo'lib, olam kezishni, tijoratni yaxshi ko'rgan. Fitratning onasi Mustafbibi noziktab, savodli ayol bo'lib, farzandlari ta'lim-tarbiyasi bilan asosan u shug'ullangan. Oilada Abduraufdan tashqari yana ikki farzand - ukasi Abdurahmon va singlisi Madbuba bo'lgan. Mustafbibi bolalarining savodli, bilimdon kishilar bo'lib etishishlarini uchun harakat qilgan. Abdurauf dastlab eski maktabda so'ngra Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil ko'radi. U arab, fors-tojik, turk adabiyotlarini, falsafani, sharq xalqlari tarixi va madaniyatini chuqur o'rganadi. XX asr boshida butun Sharqda bo'lgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikr taraqqiyotida jiddiy uyg'onish boshlanib, jadidchilik harakati keng yoyiladi. Buxorodagi jadidchilikning o'ziga xos tomonlari bor edi. F.Xo'jaev Turkiston jadidlari bilan Buxoro jadidlarini farqlamoq kerakligini uqtirib o'tgan edi: «Bu farq rus Turkistoni bilan yarim mustaqil Buxoroda vujudga kelgan xo'jalik va siyosiy munosabatlar o'rtasidagi farqdan kelib chiqadi»1. Turkiston jadidlari oshkora ish olib bordilar. Amir istibdodining og'irligi Buxoro jadidlarini maxfiy jamiyat tuzishga majbur qildi. Maxfiy to'garaklar ochib, to'garaklarga nisbatan faolroq ish olib bordi. Buxoroda jadidlar «Yosh buxoroliklar» nomi bilan ish olib bordi. Fitrat mana shu harakatning rahbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o'z faoliyatlarini boshlarida (birinchi yashirin jamiyat Buxoroda 1908 yilda tuzilgan) yangi usuldagi maktablar ochib, ularda boy hamda kambag'allarning bolalarini o'qitdilar. Jadidlar Orenburg, Qozon, Ufa, Istambul kabi musulmon madaniyati markazlarining bilim yurtlari orqali kadrlar tayyorlashga alohida etibor beradilar. Shu maqsadda 1909 yil 18 iyunda Buxoro yoshlari «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») nomli hayriya jamiyati tuzadilar. S.Ayniyning yozishicha « jamiyatning birinchi maqsadi Istambulga o'quvchilar yubormoq chorasiga kirishmoq edi. Ikmoli tahsil uchun Usmonxo'ja Po'latxo'ja o'g'li (1878-1968), uning birodari Atom Xo'ja (1894-1938), Mazxar Maxzum Burxon Maxzum o'g'li, Abdurauf Fitrat, Muqimbek Istambulga safar qildilar. Fitrat mazkur talabalarning eng istedodlisi va eng fozili edi». Shunday qilib Fitrat 1909 yili 25 yoshida «Jamiyati hayriya»ning ko'magida Turkiyaga o'qishga ketadi. Istambuldagi barcha buxorolik va turkistonlik o'quvchilar bu jamiyatga azo bo'lib, Buxoro ma'rifatparvarlarining bir qismi ham unga sirtdan azo bo'lgan edilar. Jadidlar o'z g'oyalarini matbuot orqali targ'ib qilishga intildilar. Ular «ma'rifat» shirkatlarini tashkil etib, bunda o'zbek va tojik tillarida darsliklar nashr ettiradilar. Tojik tilida «Buxoroyi Sharif», o'zbek tilida «Turon» gazetalarini chiqaradilar, kutubxonalar ochadilar. Fitrat ham barcha jadidlar qatori xalqni ilmli qilib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.67 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.67 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga