Adabiy-nazariy tushunchalarni o'rgatish Reja: 1. Adabiy ta'limda adabiy-nazariy tushunchalarning o'rni va ahamiyati. 2.Adabiy-nazariy tushunchalarni o'rganishda adabiy tanqidchilik materiallaridan foydalanish. ta'limning ayrim bosqichlarida adabiy-nazariy tushunchalarni berishning mazmuni, hajmi va izchilligi masalalari alohida tadqiq etilishi kerak. ta'lim bosqichlarida adabiy materiallar qanday berilishi kerak, ularga oid bo'lgan nazariy tushunchalarning mazmuni va hajmi qanday bo'lishi kerak, degan savollar amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Bu jarayonda bevosita adabiy-nazariy tushunchalarni o'rganish bilan birga, ularni o'rganish va o'zlashtirishga yordam beradigan adabiy-tanqidiy qarashlardan foydalanish ham bor. Matbuotda, gazeta va jurnallarda, adabiy-tanqidiy yo'nalishdagi kitoblarda bunday qarashlarga keng o'rin beriladi. Ularda tegishli badiiy asarlarning ilmiy baholari va sharhlari keltirilgan bo'ladi. Bunday ishlar o'quvchilarning umumiy dunyoqarashiga, badiiy asarni to'g'ri anglashlari va o'zlashtirishlariga, undagi o'ziga xosliklarni tezroq va teranroq tushunib olishlariga imkon yaratadi. Buning natijasida esa ularning ma'naviy olamlari yanada boyiydi, badiiy-estetik rivojlanishlarida qo'shimcha omil paydo bo'ladi, eng muhimi ularning adabiy savodxonligi ko'tariladi. Adabiyot darslarini tashkil etishda adabiy-tanqidiy maqolalardan klassik adabiyotni o'rganishda ham, zamonaviy adabiyotni o'rganishda ham foydalanish mumkin. O'quvchilarning umumiy tayyorgarligi, o'qituvchining darsni tashkil etishdagi o'ziga xos yondashuvlaridan kelib chiqqan holda ayrim adabiy-tanqidiy maqolalardan to'lig'icha, ayrimlaridan qisman foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. «Avesto» obidasini o'rganish jarayonida H.Homidovning «Avesto» fayzlari», Bilga xoqon, To'nyuquq, Kul tigin yodnomalarini o'rganishda N.Rahmonovning «Turk xoqonligi», O'lmas Umarbekovning hayoti va ijodini o'rganish jarayonida tanqidchi I.G'afurovning «Adabiy qahramon-larga xatlar»idan' bemalol foydalanish mumkin. Xuddi shuningdek, Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o'rganishda ko'plab navoiyshunoslarimizning asarlaridan, jumladan, Izzat Sultonning «Navoiyning qalb daftari»dan, Aziz Qayumovning bir qator kitoblaridan foydalanish yaxshi samaralar beradi Mumtoz adabiyotni o'rganish jarayonida tasavvuf falsafasi muammolariga ro'para kelinadi. Ushbu jarayonda alohida olingan ijodkorlarning asarlarini tahlil qilish asnosida tasavvufning anchayin murakkab masalalarini bir qator sodda va aniq tavsiflab bergan olimlar: N.Komilov, H.Homidov, I.Haqqulov, Yo.Ishoqov va boshqalarning tadqiqotlariga suyanish mumkin. Alohida takidlash joizki, mumtoz adabiyot haqida gapirilganda, ularning barchasini yoppasiga tasavvuf adabiyoti sifatida baholash va tahlilda ham shunga intilish o'zini oqlaydigan nuqtai nazar emas. Har bir holat alohida yondashuvni taqozo etishini unutmaslik kerak. Zero, «shunday ijodkorlar borki, na istedod yo'nalishi, na dunyoqarash, na voqelikka munosabati ularni so'fiy deyish yoki mutasavvuflar safiga qo'shishga imkon beradi. Hayotiy ehtirosi baland, qalbidan xalq va yurt dardi chuqur o'rin egallagan bunday ijodkorlarning asarlarini majburan tasavvufga keltirib bog'lash ularning san'atkorlik mavqeini yuqori ko'tarmaydi, aksincha, pasaytiradi». O'z o'rnida kelgan talqin va tahlillar esa o'quvchilarning adabiy didini oshiradi, ularning umumiy adabiy tayyorgarligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Akademik Alibek Rustamov tasavvuf adabiyotidagi ayrim obrazlar mohiyatini ochib berar ekan, jumladan, shunday misollarni keltiradi: «Sherda «may» so'zi va uning manodoshlari istiora tarzida ilmu ma'rifat va ishtsu ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.28 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.28 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:45 ]
Arxiv ichida: doc