Adabiy asarni janriy xususiyatlariga ko'ra o'rganish Reja: 1. Adabiy o'qish. 2. Ifodali o'qish. 3. Tahlilda asarning janriy xususiyatlapini hisobga olish. Adabiy asarning badiiy estetik mohiyati undagi qahramonlar, saxnalar, tabiat tasvirlari, dialoglar va boshqa turli komponentlarning murakkab tartibini o'rganish, sharhlash orqali o'zlashtiriladi. O'qituvchi shu jarayonda o'qishning turli metodlariga murojaat qiladi. Asar poetikasi, badiiy xususiyatlarini tushuntirishda, ayniqsa, adabiy o'qishning ahamiyati beqiyosdir. Adabiy o'qish nima? Agar biz adabiyot o'qitish metodikasi taraqqiyotiga nazar tashlasak, adabiy o'qishning asosiy vazifasi badiiy asarning poetik va badiiy xususiyatlarini ochib berishiga qaratilishini ko'rishimiz mumkin. Adabiy o'qishning bu vazifasi badiiy asarning grammatik va poetik qonuniyatlariga rioya qilib o'qish orqali amalga oshiriladi. Bu esa adabiy o'qishning metodik xarakter kasb etishini ko'rsatadi. O'qituvchi biror lirik asarni o'rgatishni rejalashtirar ekan, mashg'ulot davomida uning poetikasiga xos jihatlar - qofiya, hijo, turoq, vazn, radif kabi komponentlar to'g'risida matndan misollar keltirib o'z fikrlarini asoslash yo'lidan boradi. Masalan, 10-sinfda Uvaysiyning Ko'ngil dog' o'ldi, dog' o'ldi g'azali yoki Bu na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo'q nishon deb boshlanuvchi chistonini o'qish jarayonida har ikki janrning o'ziga xos xususiyatlari tushuntirilmasa, o'quvchilar mazkur asarlarning badiyati magzini chaka olmaydilar. Natijada Uvaysiyning o'zi yashagan jamiyatdan shikoyat qiluvchi ijodkor sifatida kabul. etadilar. Dastur asosida o'rganiladigan asarlarning katta qismi xalq og'zaki ijodi va mumtoz adabiyot namunalari ekan, ularning har biriga o'z davri, o'z davrasi (M.Nomozov)nuqtai nazaridan yondashilmasa, o'quvchilarda notug'ri taassurot koldirishi mumkin. Nasriy va dramatik asarlar matni ustida ishlashda ham adabiy o'qishdan keng foydalaniladi. Chunonchi, 5-sinfda A. Qahhorning Bemor, O'.Hoshimovning Dunyoning ishlari, 6-sinfda N. Aminovning Cholbola ertaklari, O'. Umarbekovning Hayot qo'shig'i,.7-sinfda Boburning Boburnoma, Sofoklning Shox Edip, 8-sinfda Oybekning Navoiy, Sh. Boshbekovning Temir xotin, kabi asarlarini adabiy o'qish uchun alohida tayyorgarlik ko'rish talab etiladi. Badiiy matn ustida ishlash jarayonida o'qituvchining vazifasi asarning poetik mazmunini tahlil qilish, mavzui va tasvir predmetini tushuntirish, kalamga olingan hayot vokeligiga muallif munosabatini aniklashga karatiladi. Bu vazifani amalga oshirisha ifodali o'qish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko'ra o'qishning bu turini asar mano-mazmunini hissiyot va fikr uyg'unlashgan jonli nutq orqali o'quvchiga yetkazish usuli deyish mumkin. Ifodali o'qish quyi sinflarda o'quvchilar talaffuzidagi r,s, ch tovushlari hamda sheva elementlari bilan boglir nursonlarni bartaraf etishga, xotirasini mustahkamlashga yordam bersa, yuqori sinflarda ruhiyatini boyitishga, so'z san'atining sehrli olamiga etaklashga xizmat qiladi. Badiiy asarni ifodali o'qishda uning o'ziga xos ichki janriy xususiyatlari va muallif uslubini alohida inobatga olish zarur. 5-sinfda Abdulla Qahhorning Bemor hikoyasi bilan Usmon Nosirning Yur, tog'larga chiqaylik! sherini bir xilda ifodali o'qish bo'lmaganidek, Alisher Navoiyning falsafiy gazallari bilan Hamid Olimjon yo G'ofur G'ulomning ko'tarinki ruhdagi tantanavor ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:45 ]
Arxiv ichida: doc