Adabiy ta'lim asoslari, ta'lim bosqichlarida adabiyot kursining mazmuni va qurilishi RYeJA: Dastur davlat hujjati sifatida. Dasturning tarkibi va mazmuni. Darslikka ko'yiladigan talablar. O'quv ko'llanmalari haqida ma'lumot. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: «Buyuk mana-viyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda»'. Buning isboti sifatida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda «ta'lim to'g'risida»gi Qonunlarni eslash mumkin. ta'lim-tarbiya tizi-mining barcha bo'g'inlari mana shu Qonun talablarini amalga oshirish uchun astoydil harakat qilayotganligi barchaga yaxshi malum. Bu borada birmuncha yutuqlar qo'lga kiritilganligi, dastlabki bosqich talablarining deyarli to'la bajarilganligini qayd etib o'tish lozim. Kursning mazmuni va tuzilishi DTS va davlat dasturi bilan belgilanadi. Unda DTS asosida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim hajmi, ko'nikma va malakalarning turlari, metodologik hamda pedagogik prinkiplar, o'qitishdagi o'ziga xos metodologiya hamda adabiy-estetik talablar ixcham tarzda bayon etiladi. O'zbekistonda maktab dasturlarining ko'pgina turlariga amal qilindi, zero izlanish yangi, mukammal tizimni ifodalaydigan darajaga etish uchun harakat uzluksiz davom etib kelmoqda. Faqat O'zbekiston mustaqilligi bilan bog'liq holdagina adabiyot dasturining bir necha avlodi yaratildi. ta'lim tizimidagi o'zgarishlar davlat ta'lim standartlarining yaratilishi, yangi o'quv rejalarining ishlab chiqilganligi, ijtimoiy-manavii hayotdagi yangilanishlar dasturlarni ham qayta ko'rib chiqish zaruriyatini taqozo etmoqda. 1991 yildan buyon maktab adabiy dasturlari jiddiy takomil yo'lini bosib o'tdi. Bu yo'lda, ayniqsa, 1997 yilda qabul qilingan ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi alohida bosqich bo'ldi. Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlari badiiy asarlarni tanlash tamoyillarini ham belgilab beradi. Taniqli metodist M.V.Cherkezova ko'rsatganiday, «Milliy maktablarda asarlarni va ularni o'rgatish metodikasini tanlash uchun ilmiy adabiyotshunoslik mezonlari, adabiy fakt va hodisalarga nisbatan tarixiy-genetik, tarixiy-funkkional va qiyosiy-tipologik yondashuvlar birligi asos bo'lib xizmat qiladi»1. Dastur eng muhim davlat hujjati bo'lib, uni bajarish majburiydir. O'qituvchining asosiy vazifasi davlat dasturi talablarini to'la va samarali tarzda amalga oshirishdan iborat. Shunga ko'ra ham o'qituvchi uni to'la bilishi, uning barcha qismlari haqida aniq tasavvur va ma'lumotga ega bo'lishi shart. Dastur o'qituvchining ish faoliyatidagi eng asosiy manbadir. Unda amaliy harakatga ko'rsatma ham, eng muhim ma'lumotnoma ham mujassamlashgan. Hozirgacha dasturlar umumta'lim maktablarining barcha bo'g'inlarini (1-X yoki U-X1 sinflar) qamrab olardi. «ta'lim haqida»gi yangi Qonun ta'lim tizimiga bir qator yangiliklarni olib kirdi. Unga ko'ra endi umumiy o'rta ta'lim 1-1X sinflarni qamraydi. Bundan keyin esa o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshlanadi. Demak, dasturlar ham shundan kelib chiqqan holda boshqa-boshqa bo'ladi. Umuman dasturda adabiyot kursi to'laligicha tavsiflab borildi. Har bir sinfdan adabiyot kursining mazmuni va ish tartibi, har bir mavzuniig mohiyati muayyanlashtiriladi. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.74 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
57 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.74 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
57 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:46 ]
Arxiv ichida: doc