Adabiy xarakter haqida Badiiy asar borki, xarakter, timsol, personaj bor. Kichkinagina hikoyada xarakterning tiniq bir nuqtasi, bir necha misrali sherda xarakter kayfiyati, munosabati bo'ladi.Qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel «Poetika» asarida xarakter «qandaydir maqsadga amal qilishi, o'ziga xos, haqqoniy, izchil bo'lishi kerakligi» ni aytgan, ayniqsa, «voqealarda xarakterlardagi kabi mantiqqa zid hech narsa bo'lmasligi» («Poetika» «Axloqi kabir». T.:Yangi asr avlodi. 2004, 40,41-betlar) lozimligini takidlagan. Xarakterning o'zligi, o'zgarib borishi, voqealarni tanlashi haqida Arastu shunchalik aniq, siqiq yozadiki, o'quvchida: «xarakterning aniq, izchil formulasi bo'lsa kerak», - degan fikr paydo bo'ladi. Aristoteldan keyin minglab adabiyotshunoslar xarakter, obraz haqida tadqiqotlar olib bordilar. Qaysi olim masalani to'g'ri qo'ygan, unga jiddiy yondashgan bo'lsa, xarakter formulasi borligini bildi, uni isxonarli yoritib berishga intildi. Xarakter-badiiy adabiyotning umumbashariy muammosi. «Xarakter» kalomini aksariyat mamlakat faylasuf, nafosatshunos, adabiyotshunoslari qanday bo'lsa shunday qabul qilganlar. Uni milliy adabiyotlari, san'atlari misolida yoritib berishga intilganlar. O'zbek adabiyotshunosligida xarakter muammosi qadim-qadim zamonlardayoq bo'lgan. U surat, sajiya, timsol, obraz, personaj singari so'zlar bilan ifodalangan. «Xarakter» atamasi o'zbek adabiyotshunosligida XX asrning 50-yillaridan keng qo'llanila boshlandi. V.Belinskiy, N.Dobrolyubov, N.Chernishevskiy, Dm. Pisarev, G.Plexanov, M.Xrapchenko, G.Pospelov, A.Metchenko, A.Ovcharenko, L.Novichenko, V.Herbina, V. Ozerov, V.Jirmunskiy, L.Timofeev, Ya.Elsberg singarilar asarlarini qunt bilan o'rgangan Matyoqub Qo'shjonov (1918-2005) adabiy xarakter haqida jiddiy tadqiqotlar yaratdi. So'nggi 50 yil davomida o'zbek adabiyotshunoslari xarakter, obraz haqida qanday tadqiqot yaratgan bo'lsalar, asosan, M.Qo'shjonov ilmiy tadqiqotlariga suyanganlar. Badiiy asardagi xarakter «tizginini mahkam tutib olgan» tadqiqotchi syujet, kompozitsiya, til singari muammolar mohiyatini tez anglaydi. Xarakter masalasini tushunib etish biografik, ontologik, funksional yondashuvni, talqin, tahlil yo'llari, usullarini osonlashtiradi. Matyoqub Qo'shjonov xarakter va obraz aro bog'liqlikni, har ikkisining asardagi vazifasini nozik his qilardi. Akademik M.Qo'shjonov ijodi davomida «O'tkan kunlar» romaniga alohida etibor berdi. Uni 70-,80-,90- yillarda qayta-qayta talqin qildi. Boshqacha aytganda, olim o'lmas asarning zamonlardan zamonlarga o'tib borishi qonuniyatlarini o'zlashtirdi, uni amalda ko'rsatdi. M.Qo'shjonov sotsialistik realizm metodi ta'siri kuchli bo'lgan, kommunistik firqa mafkurasi adabiyotni bus-butun qurshab olgan yillarda ijod qildi. To'g'ri, olim sho'ro mafkurasi to'riga tamoman ilinmadi, ilmdagi halol izchil yo'lini davom ettirdi. Lekin u sotsrealizm metodi,sho'ro adabiy siyosati tazyiqini his qilmasligi mumkin emas edi. Olimning shakllanuvchi xarakter haqidagi qarashlarida sho'ro adabiyotshunosligi ta'siri seziladi. U shakllanuvchi Yo'lchi xarakterining har bir odimini tahlil qiladi. Otabek, Anvar, Rano haqida yozar ekan, shakllanuvchi xarakterni suyab, avaylab borishi sezilmaydi. To'g'ri, badiiy adabiyotda shakllanuvchi xarakterlar ko'p. Masalan, braziliyalik adib Paulo Koeloning «Alximik» romanidagi Santyago- shakllanuvchi xarakter. Yozuvchi bosh qahramon xarakterining shakllanishini ko'rsatish usuli orqali kitobxonni Sharq dunyosi, sahroi kabir, u erlardagi qabilalar urf-odatlari, sir-sinoatlariga sherik qiladi. Boshqacha aytganda, xarakterning ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.01 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.01 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:46 ]
Arxiv ichida: doc