Adabiyotning o'ziga xosligi Reja: 1. Adabiyotning o'ziga xosligi. 2. Adabiyotda shakl va mazmun. 3. Badiiy asarda tipiklashtirish. 4. Adabiyotning estetik ahamiyati. Adabiyot va san'at. o'zaro aloqadorligi. musiqa, rasm, raqs, kinofilm bilan bog'liqligi, Adabiyotning ijtimoiy funksiya (vazifasi). Hayot - adabiyotning ham mazmun, ham shakliga asos ekanligi. Adabiyotning spetsifikasi adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasining eng muhim murakkab masalasidir. U adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasiga oid turli asarlarda turlicha yoritiladi, bazi qirralari keng, bazilari esa juda tor manoda talqin etiladi. Ammo bu asarlarning barchasida adabiyotning spetsifikasiga doir bir masalalar doirasi tilga olinadi. Adabiyotning spetsifikasi munosabati bilan tilga olinadigan xususiyatlarning eng birinchisi-insonshunoslikdir. Har bir badiiy asarni o'qigandan keyin zehnimizda asarda tasvir etilgan kishilarning obrazlari qoladi. (Navoiyda Farhod va Shirin, Qodiriyda Kumush va Otabek). Yozuvchi har tarixiy davr va sharoitning mahsuloti bo'lgan insonni tekshiradi, uning ruhiy holatlariga kiradi, ichki dunyosi haqida bizga aniq va ravshan tasavvur beradi. Bu vazifani badiiy adabiyot obraz yaratish yo'li bilan bajaradi. Badiiy adabiyotda tasvir etilgan inson obrazi umumlashtiruvchi kuchga ega. Unda malum davr va muhit kishisining eng muhim va xarakterli xususiyatlari mujassamlashgan bo'ladi. Shu sababli obrazlilik-badiiy adabiyot asarining eng muhim xususiyatlaridan biridir. Yozuvchi badiiy adabiyot asarida qonuniyatlarni badiiy tasvirlashga intilish-tipiklashtirish deb ataladi. Badiiy adabiyotning yana bir spetsifik xususiyati-unda so'zning alohida ahamiyatga egaligidir. Hayot haqidagi tasavvurlarini rassom bo'yoq va chiziqlar, kompozitor tovush va ularning uzun qisqaligi, raqqos harakatlar orqali ifodalasa, badiiy adabiyot vakili so'zga tayanadi. Shunday qilib, insonshunoslik, obrazlilik, to'qimaning muhimligi, tasvirning tipiklashganligi va so'zning alohida roli badiiy adabiyot spetsifikasining juda muhim momentlaridir. 21Adabiyot o'z vazifalari, mazmuni va shakli jihatidan spetsifik xususiyatlarga egadir. Bu spetsifik xususiyatlarning jami adabiyotning jamiyat hayotidagi alohida rolini tamin etadi. Adabiyot spetsifikasini ana shu uch tomondan ko'zdan kechirish orqaligina badiiy so'z san'atining spetsifikasi haqida to'la tasavvur hosil qilishimiz mumkin. Inson-adabiyotning tasvir predmetidir. Inson tasviri yo'q joyda badiiy adabiyot yo'q. Adabiyotning bazi janrlarida odam tasviri yo'qdek tuyuladi. Masalan, masal janrida haqida so'z yuritiladi. Ammo baribir bunda ham hayvonlar tasviri odam, uning fikr va xislatlari ifodasi uchun ramziy vositadir. Biror asar hatto tashqi jihatdan badiiy adabiyot asariga juda o'xshab ketgan va nusxasi hisoblangan holda ham, agar o'sha asarda inson va uning inson va uning kechinmalari tasviri bo'lmasa, badiiy adabiyotdan joy ololmaydi. Badiiy adabiyot insonshunoslik bo'lgani uchun undagi hayot tasviri o'quvchilar ongida, dastavval tasvir etilgan odamlar sifatida joy oladi. Navoiy ijodida o'z tasvirini topgan hayot Layli Majnun, Shekspir ijodi-Gamlet, Otello, Qodiriy ijodi-Anvar Rano obrazlari orqali bizning ongimizda abadiy qolgandir. Insonshunoslik sharq xalqlari adabiyotlari uchun qadim zamonlardan beri xarakterlidir. Insonshunoslik (inson hayotining hamma ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.25 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.25 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:48 ]
Arxiv ichida: doc