Adabiyotshunoslik - badiiy adabiyot xaqidagi fan

Adabiyotshunoslik - badiiy adabiyot xaqidagi fan

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyotshunoslik - badiiy adabiyot xaqidagi fan - rasmi

Material tavsifi

Reja: «Adabiyot» atamasining mazmuni va tarixi: Badiiy adabiyot va uni o'rganishning ahamiyati. «Adabiyotshunoslik» atamasining mazmuni, adabiyotshunoslik fanining obyekti va vazifalari. Talaba avvalo shunga etibor berishi kerakki, adabiyotshunoslik badiiy adabiyot haqida bahs yurituvchi fandir. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotni o'rganish bilan shugullanar ekan, biz dastlab adabiyotning o'zi nima degan savolga javob topishimiz , «adabiyot» terminining mazmuni, mohiyati va tarixini bilib olishimiz zarur. a) «Adabiyot» atamasining mazmuni va tarixi: «Adabiyot» termini etimologiya jaxatidan arabcha -adab so'zining ko'plik shakli ( hozirgi o'zbek tilida - odoblar) dan olingan. «Adabiyot» termini hozirgi paytda ikki manoda, yani keng va tor manoda qo'llaniladi. Keng manoda qo'llanilganda «adabiyot» termini tushunchasi doirasiga- kitoblar, broshyuralar, maqolalar, umuman, ko'pchilikning o'qish uchun muljallab va nashr qilingan ( bosmaxona kashf etilishidan avvalgi davrda kulyozma kitob xolida tarkalgan) barcha asarlar kiradi. Adabiyot ayni chogda sohalarga bulinadi va turli nomlar bilan ataladi. Chunonchi, qishloq xo'jaligiga oid asarlar- «qishloq xo'jaligi adabiyoti», texnika oid asarlar - « texnika adabiyoti», tibbiyotga oid asarlar - «tibbiyot adabiyoti», siyosatga doir asarlar- «siyosiy adabiyot», so'z san'atiga oid asarlar - «badiiy adabiyot» deb yuritiladi va xokazo. «Adabiyot» atamasini tor, maxsus va professional manoda qo'llanilganda- faqat sofbadiiy asarlar ( romanlar, povestlar, hikoyalar, sherlar, balladalar, poemalar, qasidalar, dramalar, komediyalar, tragediyalar va boshqalar)-gina ko'zda tutiladi. «Adabiyotshunoslikka asoslari kursida «adabiyot atamasi asosan professional manoda qo'llaniladi. Malumki,hozirgi paytda jahonning bir necha xalqlari tillarida, jumladan rus tilida litteratura (»Literatura») termini, o'zbek tilida esa «adabiyot» atamasi qo'llaniladi. Bu ikkala atama hozirgi davrda bir manoni anglatadi. Biroq, bu ikki termin etimologiya jihatidan xam, qo'llanila boshlash tarixi etibori bilan xam bir-biridan ajralib turadi. «Literutura» termini jahon fanida XU11-X1X asrlarda paydo bo'lgan. Bu termin aslda lotincha litera («litera»), yani «xarf» so'zidan olingan va asosan yozma adabiyot manosida qo'llanilgan. «Literatura» ( Adabiyot») termini Rossiyada X1X asrda paydo buldi. Bu termini birinchi bo'lib ilmiy asoslagan va maxsus manoda qo'llagan olim V.G. Belinskiydir ( Qarang: «Adabiyot» so'zining umumiy manosi», 1862 yil). Rossiyada X1X asrning o'rtalarigacha xam tor va maxsus manodagi «literatura» o'rnida asosan « poeziya» termini ishlatilgan. Maxsus, tor va professional manodagi «adabiyot» atamasi o'zbek adabiy tilida XX asrning boshlarida paydo buldi va, asosan, Oktyabr tuntarilishidan sung keng qo'llanila boshlandi. O'zbek tilida «adabiyot» atamasi kishilarga yaxshi xulk va umuman hayotni to'g'gri tushunish va to'g'gri yashashni o'rgatish maqsadida yozilgan asarlar manosida qo'llanilgan. Shunga ko'ra , o'tmishda badiiy adabiyot bilan birga umuman ilmiy, tarixiy, axloqiy kitoblar xam «adabiyot» atamasi tushunchasi doirasiga kiritilgan. o'rta asrlarda shunday asarlar xam yaratilganki, ularda badiiy so'z san'ati ilm-fan, axloq-odob masalalari bilan chatishib-korishib ketgan («Kobusnoma», ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.55 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.55 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga