Adabiyotshunoslik fanlari haqida ma'lumot

Adabiyotshunoslik fanlari haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyotshunoslik fanlari haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Adabiyotshunoslik fanlari haqida ma'lumot Reja: Asosiy adabiyotshunoslik fanlari: O'zbek adabiyoti tarixi XX asr o'zbek adabiyoti Adabiyotshunoslik tarixi haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lgan student endi bevosita hozirgi zamon adabiyotshunoslik fanining ichki strukturasini o'rganishga utadi. Adabiyotshunoslik fanlari haqida gap ketar ekan, birinchi navbatda, ularni ikki katga gruppaga, yani asosiy adabiyotshunoslik fanlari va yordamchi adabiyotshunoslik fanlariga bo'lib o'rganish zarur : a) Asosiy adabiyotshunoslik fanlari: Adabiyotshunoslik fanining tarixiy rivojlanishi jarayonida undan maxsus fanlar - adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqid ajralib chikkan. Bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan bu fanlarning xar biri oldida alohida ilmiy va amaliy vazifalar bor: Adabiyot nazariyasi - so'z san'atining mohiyati, sotsial tabiati, tarakkyot qonuniyatlarini, kishilik jamiyati rivojidagi o'rni va rolini, o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi, badiiy asarlarni tahlil qilish prinsiplari va unga baho berish mayorlarini belgilab beradi. Asoslanib uzining nazariy xulosalarini butun bir davr va davrlarning so'z mahsuloti va konkret adabiy asarlarning tahlilidan, tarixiy-adabiy jarayonni o'rganishdan keltirib chikaradi. Adabiyot nazariyasi taraqqiylarvar adabiyotshunoslarning ( birinchi navbatda rus revolyutsion-demokrat tanqidchilarining) ilmiy merosidan ijodiy foydalanadi, fanni bizning zamonamiz va o'tmish adabiyot ustida mushoxadalar natijasida yigilgan o'z nazariy xulosalari bilan tuldiradi. Adabiyot nazariyasi, birinchi galda, realistik adabiyot, uning taraqqiyot yo'llari, norealistik adabiy okimlarga qarshi kurashi, binobarin realizm adabiyoti haqidagi ta'limotdir. Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning obrazliligini, xalqchilligi va tipiklashtirish qonuniyatlarini va boshqalarni tekshiradi, adabiy asar komponentlari ( shakl va mazmun, mavzu va roya, syujet va kompozitsiya, badiiy til xususiyatlari ) haqida bahs yuritadi, adabiy turlar va janrlar, adabiy oqim va yo'nalishlar, ijodiy metodlar va uslublar, an'ana va novatorlik xususiyatlarni tadqiq etadi. O'zbekistonda adabiyot nazariyasiga oid o'tmishda Alisher Navoiyning «Mezon-ul avzon», «Muxokamat- ul lugatayn», Zahiriddin Muhammad Bobirning «Risolan aruz» kabi asarlari turkiy sher o'lchovlari - vazilari, badiiy til zususiyatlariga bagishlangan. Oktyabrdan sung bizda adabiyot nazariyasi bilan shugullanish keng avj oldi. Prof. A. Sadiy, prof. A. Fitrat, O. Xoshim va boshqalarning asarlarida adabiyot nazariyasining ayrim masalari ishlandi. 1939 yil adabiyotshunoslik I. Sultonning «Adabiyot nazariyasi» (o'rta maktablar uchun darslik) kitobi nashr kilindi. X. Yokubov, M. Kushjonov,S.Mirvaliev , B. Imomov, S. Mamajonov, L. Kayumov, M. Yunusov, N. Shukurov, U. Tuychiev, X. Abdusamatov kabi olimlarimiz adabiyot nazariyasiga oid ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan. AdabiYot tarixi- so'z san'atining vujudga kelishi va rivojlanish tarixini tadqiq etadi, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini belgilaydi. Adabiyot tarixi insoniyatning ilk madaniyati bilan birga tug'ilgan. O'zbek adabiyoti tarixi, dastlab, tazkiralar tarzida yuzaga kelib ( Davlatshox Samarkandiyning «Tazkirat ush- shuaro»si va Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» kabi, XU asr), shoirlar va adiblar haqida qisqacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.15 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.15 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga