RYeJA: 1.Badiiy-estetik va tanqidiy tafakkur taraqqiyotining uyunligi masalalari. 2.+adimdagi taskirashunoslik va adabiyotshunoslik bobidagi ilmiy-ijodiy tajribalar haqida. 3.Sheriy shakldagi adabiiy-tanqidiy tafakkur taraqiyoti haqida 4.O'zbek adabiy tanqidchiligining shakllanishi va tanqidiy tafakkur taraqiyoti haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar xususida. 5. Sharq va g'arb qadimgi adabiyotshunosligi tarixidan 6.Alisher Navoiyning «Mezonul-avzon»i qadimgi ilk adabiyot nazariyasiga oid qimmatli asar 7.A.Navoiyning «Majolisun-nafois» asaridagi adabiyotshunoslik va adabiy tanqidiy qarashlarining tahlili 8.A.Navoiyning «Muhokamatul-luatayn» yirik adabiyotshunoslik asari va unda milliy adabiyot yaratish oyalarining ifodalanishi 9.Xulosa Ilmiy- ijodiy tajribalardan malumki, yozuvchining adabiy-tanqidchi ijodiga ta'siri va ularning o'zaro hamkorligi doimo ijobiy baholanib kelingan. Masalan, taniqli munaqqid Matyoqub +o'shjonov va Ozod Sharafiddinov A.+ahhor satirasi haqidagi salmoqli ilmiy-tadqiqotlarida adibning ijodiy tajribalari, yoshlar bilan suhbati va adabiy-tanqidiy qarashlariga suyanib ish ko'radi. Bu esa M.+o'shjonov, O.Sharafiddinov tanqidchilik mahoratining yanada oshuvi va adibning ijod laboratoriyasiga ularning chuqur kirib borishlariga munosib xizmat qilgan. Yozuvchining ko'p hollarda taniqli tanqidchi ham bo'lishi yoki o'z navbatida tanqidchining badiiy ijod bilan muntazam shuullanish jarayonlari ham biz fikr yuritgan tanqidchi uslubi va mahorati muammolari bilan uyunligini ko'rsatib turadi. Masalan, Izzat Sultonning nazariyotchi, tanqidchi va yoki yozuvchilik faoliyatlarini bir-biridan ajratish ancha mushkul masala. Chunki I.Sultonning ijodi qorishiq bo'lib, uning yozuvchi, adabiyot nazariyotchisi va tanqidchilik faoliyati biri ikkinchisini taqoza etib, ular qaerdan boshlanib, qaysi nuqtalarda kesishib to'xtaydi, bilib bo'lmaydi. Yana shu narsani ham alohida qayd etish kerakki, o'zbek professional tanqidchiligi boshida Fitrat, Cho'lpon, A.+odiriy, Oybek, H.Olimjon kabi yozuvchi-tanqidchilar turganligi ham mazkur masalani yanada oydinlashtiradi. Albatta, ko'p hollarda yozuvchi-tanqidchi professional tanqidchi kabi muayyan asarni yoki ijodkor olamini ilmiy-adabiy qonuniyatlar nuqtai-nazaridan tahlil qilmasligi mumkin, bu tahliliy jarayon undan talab ham qilinmaydi. Lekin bu yozuvchi-tanqidchining estetik va adabiy-tanqidiy faoliyatini o'rganish kerakmas, degani emas. Chunki yozuvchi adabiy-tanqidiy faoliyatidan bahs ochish kitobxonni san'atkor ijodiy laboratoriyasiga yanada chuqurroq olib kiradi, badiiy ijod sirlarini, estetik adabiy-tanqidiy qarashlar uyunligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ilmiy-tanqidiy va estetik tafakkur rivojiga munosib hissa qo'shadi. Xullas, jahon adabiy-tanqidchiligi tarixida muhim o'rin tutgan yozuvchi-tanqidchi mahorati masalasini o'zbek adiblari ilmiy-estetik tafakkuri misolida o'rganib chiqish muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi. Malumki, adabiy tanqidning ilmiyligi bilan san'at turlari, estetika va etikaning uyunligi ham tabiiydir. Bu uyunlik va uzviy aloqadorlik holatlari adabiyot va san'atning obrazlilik asosidagi fikrlash tarzini yanada kengaytirishga xizmat qiladi va adabiy tanqidni bazida san'at darajasiga ko'tarilishiga ham olib keladi. Tanqidchining adib yoki shoir, umuman olganda, san'atkor va yozuvchining esa ko'p hollarda adabiy tanqidchi bo'lishi adabiyot, san'at, estetika, va tanqidning o'zaro ijodiy uyunligidagi mahorot mezonlari bo'lib xizmat qilishi mumkin. Yozuvchining adabiy-tanqidchilik faoliyati bilan shuullanishi u yozayotgan badiiy asarning yanada pishiq bo'lishiga ko'mak bergan. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.4 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.4 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:48 ]
Arxiv ichida: doc