ADABIYoTShUNOSLIKNING boshqa IJTIMOIY FANLAR BILAN aloqaSI Reja: ADABIYoTShUNOSLIKNING boshqa IJTIMOIY FANLAR BILAN aloqaSI 2. ADABIYoTShUNOSLIK ASOSLARI KURSINING TUZILIShI, MAZMUNI VA VAZIFALARI Adabiyotshunoslikning xarakterli xususiyatlaridan biri shundaki, u deyarlik barcha ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqada rivojlanadi- adabiyotshunoslik- filosofiya, adabiyotshunoslik- tilshunoslik, adabiyotshunoslik- pedagogika, adabiyotshunoslik-estetika, adabiyotshunoslik- san'atshunoslik, adabiyotshunoslik-tarix, adabiyotshunoslik-ariologiya, adabiyotshunoslik-etnografiya fanlari aro shunday dialektik munosabat borki, shu aloqa tufayli bu fanlar bir-birining taraqqiyotiga kumak beradi. Adabiyotshunoslikning o'zi xam o'tmishda shu fanlar bagrida, ular bilan korishik holda mavjud bo'lgan. Adabiyotshunoslik bilan boshqa ijtimoiy fanlararo munosabat g'oyatda murakkab bo'lib, bu urinda talaba fakat adabiyotshunoslikining tilshunoslik, tarix, estetika va filosofiya fanlari bilan aloqasi mustahkam ekanligini tushunib otsa kifoyadir. Chunki adabiyotshunoslikning tarix, estetika, tilshunoslik, filosofiya bilan aloqasi, ularning bir-biriga taxsiri juda aniq sezilib turadi. Bunday mustahkam aloqani, avvalambor, ularning obyekti bo'lgan adabiyotning o'zi takoza qiladi. Prof. I.O. Sultonov «Adabiyot nazariyasi fan sifatida» makolasida adabiyotshunoslikning tarix,tilshunoslik, estetika va filosofiya bilan munosabatini kuyidagicha xakkoniy asoslaydi: Birinchidan, adabiyot- jamiyat tarixini va uning ongini aks ettirar ekan, shu tarixning umumiy qonunlariga buysunishi tabiiydir. Tarixning umumiy qonunlari adabiyot rivojining xam umumiy qonunlaridir. Shunga ko'ra, adabiyotshunoslik tarix fani bilan uzviy aloqada kamol topadi. Ikkinchidan, jamiyat ongini va uning tarixini adabiyot fakat til vositasida aks ettiradi. Tilning kishilar orasidagi vositachilik rolini o'rganadigan tilshunoslik fanlarining yutuklari adabiyotshunoslikda xam albatta etiborga olinishi lozim. Uchinchidan, estetika go'zallik qonunlari va san'at asarlari haqida bahs etar ekan, adabiyot xam san'atning bir turi sifatida uning xulosalariga tayanadi- estetika va adabiyotshunoslik bir-birini boyitadi. Turtinchidan,adabiyot- ijtimoiy ong shakllaridan biri. Ijtimoiy ong va uning qonuniyatlarini esa filosofiya fani urgani. Shu vajdan, filosofiyaning xulosalari xam bevosita badiiy adabiyotga tegishli bo'ladi. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot haqida bahs yuritar ekan, u, albatta, filosofiyaning yutuklariga tayanadi. Demak, adabiyotshunoslik boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqada rivoj topar ekan (Bu xakda yana karang : I. Sulton. Adabiyot nazariyasi fan sifatida, «sharq yulduzi» jurnali, 1973,8- son). Adabiyotshunoslik asoslari kursining tuzilishi, mazmuni va vazifalari Adabiyotshunoslik asoslari kursi turt katta bo'limdan iborat :1 bo'lim: «Badiiy adabiyot haqida ta'limot» bo'lib, bunda «Badiiy adabiyot va hayot», «Badiiy adabiyotda tipiklik problemasi», «Badiiy obraz», «Badiiy adabiyotda dunyoqarash va g'oyaviylik» mavzulari; P bo'lim : « Badiiy asar haqida ta'limot» bo'lib, bunda «Badiiy asarning shakli va mazmuni», «Badiiy asar mavzun va g'oyasi», «Badiiy asar syujeti»,»Badiiy kompozitsiyasi»,»Badiiy asar tili», «Maxsus badiiy tasvir vositalari» mavzulari; Sh. bo'lim «Sher ilmi ta'limi» bo'lib, bunda «Sher tuzilishi asoslari» (Barmok tizimi), «Aruz tizimi», «Kofiya saboklari», «Sheriy nutq kuchimlari»,»Badiiy san'atlar», «Sheriy nutq sintaksisi» mavzulari; 1V.bo'lim «Adabiy jarayon deb nomlanadi, bunda «Adabiy turlar va janrlar», «Ijodiy metod, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.91 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.91 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:48 ]
Arxiv ichida: doc