Ahmad Tabibiy ijodi va adabiy merosi Reja: A.Tabibiy ijodining o'rganilishi; A.Tabibiy yashagan adabiy - ijtimoiy muhit; A.Tabibiyning tarjimai holi; A.Tabibiyning lirikasi va dostoni; A.Tabibiyning adabiy-badiiy merosi. Ahmad Tabibiy XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Xivada yashab, ijod etgan sermahsul shoirlardan biridir. Tabibiy haqidagi dastlabki ilmiy ma'lumotni rus olimi A.N. Samoylovich bergan. Uning 1908 yilda Xivaga qilgan ilmiy safari haqida yozgan axborotlaridan birida shoir Tabibiy va uning «Mashmuatush shuaro» tazkirasi to'g'risida ham ma'lumot bor. A.N.Samaylovich o'z axborotida tazkiraning mazmuni va mundarijasini qisqacha xarakterlab Feruz, Mirzo, Bayoniy, Shinosiy, Xabibiy, Xaqiriy kabi shoirlarning sherlaridan tarjima qilib keltiradi. Shoirning zamondoshi Muhammadamin Laffasiy yozib qoldirgan «Xiva shoir va adabiyotchilarning tarjimaixollari» taskirasida Munisdan boshlab 65 shoir va adibning tarjimai xoli tadriji holda berilgan. Tazkirada Tabibiy tarjimai xoli va uning zamondoshlari to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar bor. Tabibiyning hayoti va ijodi 1945 yilda tuzilgan «O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi» ga kiritilgan. Umuman XX asr adabiyotshunoslari, Rahmat Majidiy, M.Yunusov, V.Mirzaev, Yu. Yusupov va .Karimovlar o'zlarining darslik va monografiyalarida Tabibiy ijodiy merosi haqida qisqa-qisqa to'xtalgan bo'lsalar, F. anixo'jaev A. Tabibiyning hayoti va ijodi yuzasidan nomzodlik dissertatsiyasini yozib, himoya qildi va 1978 yilda «Tabibiy» nomi bilan nashr qildirdi. Muammo: Nima uchun Ahmad Tabibiy sherlarini o'rganishdan cho'chiganlar? U qanday oilada tarbiyalangan? Tabibiy qanday ijtimoiy muhitda voyaga etgan? U mumtoz nazmning qaysi turlarida ijod qilgan? Siz uning sherlaridan namuna o'qiganmisiz? Siz uning ijodi haqida qanday tushunchadasiz? Ahmad Tabibiy 1869 yilda Hiva shaxrida tug'ildi. Shoirning otasi Ali Muhammad Xivadagi mashxur tabiblardan edi. Afg'onistonlik bu honim keyinchalik Xorazmga kelib turg'un bo'lib qolgan va Muhammad Rahimxon Feruzning qaynisi Otatoyto'ra xizmatida bo'lgan. Shu bilan birga u attorlik bilan ro'zg'or tebratgan. Shoirning ismi Ahmad Tabibiy uning adabiy tahalusidir. Ali Muhammad o'g'li Ahmadni yoshlikdan maktab va madrasada o'qitib, fors tilini o'rganadi. Ahmad o'zining g'ayrati tufayli tez orada savodli bo'lib etishadi. Otasiga shogird tushib tabiblik ilmida ham xabar topadi. U tib ilmiga juda qiziqqanidan zamonasining mashhur tabibi, shoir Bayoniyning akasi Yaxshimurodbek xuzurida uzoq vaqt ishlab, undan ilm o'rganadi. Lafasiyning ta'rifiga, Ahmad past bo'yli ochiq yuzli, shirin tilli, nozik tabiat, xushmomila bir kishi edi, ko'pincha shoir Avaz bilan birga bo'lar edi. U shaxmat o'yiniga g'oyat usta, bundan tashqari musiqa san'atini ham yaxshi egallagan. Shoirning zamondoshi Xodimning hikoya qilishiga, agar u soz va tanburni qo'lga olib «navo» maqomini chalsa, kishilarni maftun qilib qo'yar edi. Ahmad adabiyot va san'atga mehr qo'yib, mumtoz adabiyotni, fors - tojik va ozarbayjon adabiyotining suhbatida, turli adabiy majlislarda ishtirok etib tez orada shoirlikda ham shuhrat topadi. Xon Feruz Ahmadning ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.88 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.88 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: doc