Arman adabiyoti Arman xalqi Zakavkaze, Turkiya, Eron, Hindiston va Amerika mamlakatlarida yashab keladi. Bu xalq noyob qadimiy, boy, yozma va og'zaki ijod namunalariga ega. Folklor asarlari ichida ertak, qo'shiq va termalar, epik dostonlar va afsonalar, maqol va boshqa hikmatli so'zlar ko'p uchraydi. Ertaklarning qahramonlari - kishi umrini uzaytiradigan olmalar,, uchar otlar - tulporlar, qo'rqmas aka-uka botirlar, fidokor mehnatkashlar, adolatli va zolim podsholardir. Masalan, Azaran bulbul ertagida yovuz kuchlar tomonidan toptalgan, talangan bog' va gulzorlar bahor timsoli bo'lgan olov qushcha qo'shig'idan qayta ko'kara boshlaydi, gulga kiradi. Arman xalq dostonlari boshqa xalqlar folklori asarlari kabi katta tarixiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bularning ichida eng mashhuri - Sosunlik Dovud dostonidir. Unda VII-X asrlarda arab bosqinchilariga qarshi olib borilgan ozodlik kurashi zo'r badiiy mahorat bilan kuylangan. Ertak va epik asarlardan tashqari arman folklorida marosim qo'shiqlari ham anchagina. Ularning asosiy mavzusi - chin sevgini tarannum etish, mehnatni ulug'lash, jamiyatdagi nuqsonlarni hajv o'ti bilan kuydirish. Bularda baxt izlab vatanini tark etgan darbadar g'ariblarning qo'shiqlari, porloq kelajakka ishonch, nekbinlik, dushmanga nafrat, vatanga muhabbat g'oyalari aks etgan. Folklor mavzu va motivlaridan ko'pchilik arman shoir va yozuvchilari, jumladan, X.Abovyan,, P.Proshnyan, G.Agayan, A.Isaakyan, O.Tumanyan kabi badiiy so'z ustalari ijodiy foydalanib, o'zlarining original, zo'r asarlarini yaratdilar. 393 yili mashhur ma'rifatparvar episkop Mesrop Mashtots arman yozuvini ixtiro qildi. Bu original va tarjima adabiyotining jadal suratlar bilan rivojlanishiga turtki berdi. Diniy-falsafiy va cherkov sheriyati taraqqiy etdi. VII-IX asrlarda arab istilosi sharoitida dunyoviy adabiyot batamom yo'qolib, o'rnini diniy adabiyot egalladi. 886 yilda Armanichston mustaqillikka erishdi. Shundan boshlab san'at va adabiyotda chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug'orilgan asarlar paydo bo'la boshladi. Bu, ayniqsa, Grigor Narekatsi ijodida (uning Qo'shiqlar, Fojialar kitobida) yaqqol ko'zga tashlandi. XI asrda Armaniston yana mustaqilligini yo'qotdi: endi u Vizantiyaga qaram bo'lib qoldi. Ko'p o'tmay saljuqiylar (turk-og'o'z sultonlari) bostirib kirdilar. XII asrga kelib, Gruziya yordamida yana mustaqillikni qo'lga kiritdi. Yana dunyoviy adabiyot rivoj topa boshladi. Masalchi Mxitar Gosh asarlarida feodal tarqoqlikni qoralab, markazlashgan davlat tuzishga chaqirdi. XII asr arman adabiyoti tarixida reaksion va progressiv yo'nalishlar vakillari o'rtasida kurash keskinlashdi. Gumanistik adabiyot namoyandalari Frik va Konstantin Yerznkatsi panteistik (sufiyona) ruhdagi ishqiy lirik sherlarni yozdilar. Vardan Aygektsi xalq latifalaridan foydalanib yozgan masallarida feodallar va cherkovga qarshi chiqdi, realistk hajvchilikni rivojlantirdi. XIV-XVII asrlarda dunyoviy adabiyot izchil rivojlana bordi. Bu davrning eng mashhur shoiri Sayat Nova arman, gruzin, ozarbayjon tillarida yozgan asarlarida xalqlar do'stligi va vatanga muhabbat g'oyalarini tarannum etdi. XIX asr boshlarida Armaniston ham Gruziya va Ozarbayjon (keyinchalik O'rta Osiy mamlakatlari) ga o'xshab Rossiyaga qo'shib olindi. Endi ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:53 ]
Arxiv ichida: doc