Asos - ul balog'aning qo'lyozma nusxalari

Asos - ul balog'aning qo'lyozma nusxalari

O'quvchilarga / Adabiyot
Asos - ul balog'aning qo'lyozma nusxalari - rasmi

Material tavsifi

Asos-ul-balog'aning qo'lyozma nusxalari Reja: «Asos-ul-balog'a»gacha yaratilgan lug'atlar. 2. «Asos-ul-balog'a»ning arab lug'atshunosligida tutgan o'rni 3. «Asos-ul-balog'a»ning qo'lyozma nusxalari. 4. Maqollar. 5. Sheriy parchalar. Tadqiqotning «Kirish» qismida mavzuning dolzarbligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, dissertatsiyaning maqsad va vazifalari, metodologik asosi, ilmiy va amaliy ahamiyati, manbalari, tuzilishi xususida ma'lumot berilgan. Birinchi bob «Asos-ul-balog'a» va uning nusxalari» deb nomlanib, u 4 bo'limdan iborat. 1. «Asos-ul-balog'a»gacha yaratilgan lug'atlar. O'rta asrlar musulmon Sharqida arab adabiy tilini kitobiy va madaniy til sifatida shakllanishi, arab adabiyotining shiddat bilan rivojlanishi lug'atlar tuzish ehtiyojini tug'dirdi. Arab tilining ilmiy til sifatida qo'llanilishi, yozma tilning muayyan me'yorlarini saqlab turish, shuningdek, dialektlarni aniqlash, arab tilining yozma va og'zaki variantlarini bir-biridan farqlash ehtiyoji arab lug'atshunosligining erta shakllanishini taqozo etdi. Tez surat-larda rivojlanayotgan arab lug'atshunosligida turli xil lug'atlar tuzila boshlandi. Ularni olimlar bir necha guruhlarga ajratadilar: tavsifiy, mavzuviy, izohli, ikki tilli, sinonimlar, kam qo'llaniladigan so'zlar, o'zlashma so'zlar, qofiyalar, terminologik lug'atlar.Tuzilish jihatidan arab lug'atlari so'zlarning joylashish prinsipiga qarab farqlanadi. Ularni uch guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga fonetik prinsip asosida tuzilgan lug'atlar kiradi. Bunday lug'atlarda so'zlar undagi o'zak undoshlarning talaffuz o'rniga qarab quyidagicha joylashtiriladi: 1) bo'g'iz tovushlar (ح, خ, ع, ه); 2) chuqur tilorqa tovushlar (غ, ق); 3) tilorqa tovushlar (ك); 4) tiloldi tovushlar (ت, ج, د, ر, ز, س, ش, ص, ض, ط, ظ, ل, ن); 5) tishora tovushlari (ث, ذ); 6) lab-tish tovushlari (ف); 7) lab-lab tovushlari (ب, م, و). Bu lug'atlarda so'z o'zagidagi undosh harflar soni hisobga olinadi. Dastlab ikki, keyin uch, so'ngra to'rt va besh o'zak undoshli so'zlar keltiriladi. Ikkinchi guruhga so'zning birinchi o'zak undoshiga ko'ra alifbo tartibida joylashtirilgan lug'atlarni kiritish mumkin. Uchinchi guruhga so'zning oxirgi birinchi o'zak undoshiga qarab alifbo tartibida tuzilgan lug'atlar kiradi. Arab lug'atshunosligining vujudga kelishi Quron leksikasini o'rganish bilan bog'liq. Qurondagi so'zlarni jamlash, ular asosida lug'atlar yaratish hijriy ikkinchi asrning birinchi yarmida paydo bo'lgan. Ular «G'arib-ul-Quron», yani «Quronning so'z boyligi» deb nomlangan. Hijriy uchinchi asrda mazkur sohada bir qator lug'atlar yaratildi. Keyinchalik «G'arib-ul-hadis», yani «Hadisning so'z boyligi» nomli lug'atlar yaratila boshlandi. Quron va hadislar leksikasiga bo'lgan qiziqish arab adabiy tiliga bo'lgan etiborni kuchaytirdi. Bu esa arab lug'atshunosligida adabiy tilning turli qatlamlarini o'z ichiga olgan boshqa xildagi lug'atlarning vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Kam ishlatiladigan va eskirgan so'zlar lug'ati tuzildi. Keyinchalik malum bir tushunchaga oid so'z va iboralarni qamrab olgan mavzuviy lug'atlar yaratildi. Bu sohada mukammal asarlar yozgan mualliflar sirasiga al-Asmoiy, Abu Zayd al-Ansoriy, ibn as-Sikkit, ibn Sidalarni kiritish mumkin. Arab lug'atshunosligida yaratilgan dastlabki izohli lug'at Halil ibn Ahmadning «Kitob-ul-ayn» asari hisoblanadi. Arab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.07 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.07 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga