Avlodlar dovoni hikmatlari

Avlodlar dovoni hikmatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Avlodlar dovoni hikmatlari - rasmi

Material tavsifi

Avlodlar dovoni hikmatlari Malumki, tarixiy romanlarda badiiy to'qimaning ikki xil tipi mavjud bo'ladi: birinchisi - tarixiy shaxslar talqinidagi badiiy to'qima bo'lsa, ikkinchisi - sof badiiy to'qima mahsuli bo'lgan xayoliy obrazlarda davr haqiqatini ifodalashdan iboratdir. Tarixga doir ilmiy tadqiqotlarda xayol qonuniyatlari aniq dalillar tahlili vositasida ochib berilgan holda, tarixiy romanlarda ana shunday qonuniyatlarni yaqqol ochib beruvchi adabiy tiplarning badiiy talqini ustivorlik qiladi. Tarixiy voqelikning badiiy to'qima bilan qo'shilib ketishi yozuvchi tasvirlayotgan davr haqiqatini yanada aniqroq va yaqqolroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun ham adabiy asardagi badiiy to'qimani boshqa hech bir vosita bilan almashtirib bo'lmaydi. Badiiy to'qimaning boshlanishi ijodiy niyatning tug'ilishidayoq yarq etib ko'zga tashlanadi. P.Qodirovning Avlodlar dovoni romanida muallifdan deyilgan izoh bor. Ana shu bitikda yozuvchini roman yaratishga ilhomlantirgan ijodiy niyatning tug'ilishiga asos bo'lgan sabablarga quyidagicha ishora bor: Zamonaviy ehtiyojlar bizni tarixdan saboq olishga undaydi. Bugungi odamzodni bezovta qilayotgan katta muammolar o'tmish zamonlarda boshqacha shakllarda va o'zgacha miqyoslarda bo'lsa ham ajdodlarimizning boshiga tushgan. Ular bu muammolarni tushunish va hal qilish yo'lida juda ko'p ma'naviy izlanishlarni boshidan kechirganlar va o'z tarixiy tajribalarini bizga meros qilib qoldirganlar. Ana shu muammolar orasida inson zotiga juda ko'p azoblar bergani - turli davlatlar va mafkuralar adovatidan kelib chiqadigan qirg'in urushlardir. Ayniqsa, hozirgi dunyoga hokim bo'lish ishtiyoqida yurgan yovuz kuchlarning sovuq urush uchqunlarida dahshatli atom alangasini yoqishga intilayotgani odamzod hayotini xavf ostida qoldiradi. Bu xavfni bartaraf etish ishiga butun dunyoning taraqqiyparvar kuchlari va barcha xalqlarning eng ibratli tajribalari safarbar etilmoqda. Shu umuminsoniy safarbarlikka bizning ajdodlarimiz orttirgan tarixiy tajribadan ozgina bo'lsa ham hissa qo'shish niyati mazkur romanning yozilishiga turtki berdi. Uning asosiy voqealari bizga qo'shni va do'st mamlakat - Hindistonda, XVI asrda bo'lib o'tadi. Bu davrda hind xalqi hayotida yuz bergan madaniy ko'tarilish jarayoniga Movarounnahr borgan istedodli tarixiy shaxslarning mehnati singganligi ko'pchilikka malum. Xalqlarimiz tarixining chatishgan va payvand bo'lgan nuqtalaridan turli ellarni bir -biriga ruhan yaqinlashtiradigan va turfa madaniyatlarni yuksaltiradigan ma'naviyat mevalari etilib chiqdi. O'sha davrda dunyoning eng qudratli va taraqqiyparvar mamlakatlaridan biriga aylangan Hindiston barcha xalqlarni milliy nizo, diniy adovat balolaridan xalos qilishning yangi yo'llarini izlagan, hamma ellar va e'tiqodlarni teng deb elon qilgan, jahonda birinchilardan bo'lib sulhi kull- har tomonlama tinchlik siyosatini boshlab bergan edi. Hindistonda tug'ilib o'sgan va uni o'zining vatani deb bilgan Akbar mana shu siyosatning tashabbuskori bo'lgan edi. Albatta siyosat bilan hayot orasida katta farqlar va kuchli ziddiyatlar mavjud edi. Akbar ham, uning otasi Xumoyun ham unr bo'yi ichki-tashqi ziddiyatlar girdobida yashaganlar. Eng xatarli asnolarda beg'araz, halol mehnatkash xalq vakillari ularni naqd ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.48 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.48 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga