Badiiy adabiyot ijtimoiy ong sohasi 3

Badiiy adabiyot ijtimoiy ong sohasi 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy adabiyot ijtimoiy ong sohasi 3 - rasmi

Material tavsifi

Badiiy adabiyot ijtimoiy ong sohasi Reja: Inson faoliyati tushunchasi. Ruhiy faoliyat. Ijtimoiy ong tushunchasi. Badiiy adabiyotning ijtimoiy ong shakllari orasidagi o'rni va o'ziga xosligi. Badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o'rni va vazifalari. Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati, uning bir tarafdan san'at hodisasi, ikkinchi tomondan ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligini aytib o'tdik. Endi nima uchun badiiy adabiyot ijtimoiy ong sohasiga mansub deyilishi, uning ijtimoiy ong shakli sifatidagi o'ziga xosligini ko'rib chiqish darkor. Taniqli rus adabiyotshunosi A.Potebnya badiiy adabiyot haqidagi ma'ruzalarini eng umumiy tushuncha - inson faoliyati degan so'zlar bilan boshlagan edi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, inson tomonidan yaratilgan narsalarning bari - faoliyat mahsuli, demak, birinchi galda faoliyat tushunchasiga to'xtalishimiz zarur bo'ladi. Inson faoliyati juda keng va serqirra bo'lib, quyida uning eng muhimlariga to'xtalib o'tamiz. Mavjud jonzotlar ichida qadim ajdodlarimizgina tabiatda tayyor holda mavjud narsalarning, shart-sharoitlarning o'zi bilangina qanoatlanib yashamadilar. Jonivorlardan farqli o'laroq, ular tabiatni, mavjud narsalarni o'z talab-ehtiyojlariga muvofiq o'zgartirib yashadilar, zero, ular tirik qolish va naslni davom ettirish uchun shunga majbur ham edilar. Insonning yashash uchun tabiatni o'zgartirish jarayoni mehnat (amaliy faoliyat) deb nomlanadi. Inson azaldan o'zining amaliy faoliyatida tabiatni, atrof muhitni o'zgartirib keladi - o'ziga yashash uchun sharoit yaratadi, tirikchilik uchun oziq topadi. Tabiatni o'zgartirish jarayonida o'zgartiruvchi(inson)ning o'zi ham o'zgarib boradi, chunki amaliy faoliyat davomida u tajriba orttirib, atrof-muhitni tobora chuqurroq bilib boradi: insonning borliq haqidagi tasavvurlari boyib, ongi rivojlanib boradi. O'z navbatida, borliq haqidagi tasavvur va bilimlarning boyishi amaliy faoliyatning samaraliroq bo'lishiga xizmat qilgan. Yani, o'sha paytlardayoq inson faoliyati ikkiga - amaliy(mehnat) va nazariy(ruhiy) faoliyat turlariga ajrala borgan. Aslida bu ikki faoliyat turi bir-biriga bog'liq va har qanday insonda ular baqamti (faqat nisbati turlicha) kechadi. Biroq kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida, mehnatning bo'linishi natijasida hozirgi zamon kishisi haqida, uning faoliyati haqida gapirganda biz ko'pincha jismoniy mehnat va aqliy mehnat degan faoliyat turlarini ajratamiz. Holbuki, bu o'rinda ruhiy faoliyat atamasining ishlatilgani maqul, chunki aqliy mehnat deb ataganimiz ruhiy faoliyatning bir qirrasi, xolos. Haqiqatda ruhiy faoliyatning o'zi aqliy va hissiy qirralarga ega bo'lib, bu ikkisi tanganing ikki tomonidek, har vaqt bir-birini taqozo etadi. Zero, inson dunyoni bilishga intilarkan unga(konkret narsa-hodisaga) muayyan hissiy munosabatda bo'ladi, o'z navbatida dunyo uning hislariga ta'sir qiladi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy mahluq sifatida inson muloqot ehtiyojini, o'z hislarini ifodalash ehtiyojini tuyadi. Yani, bu ehtiyoj ahamiyati jihatidan yashash va nasl qoldirish uchun tabiatni o'zgartirish ehtiyojidan aslo kam bo'lmagan tabiiy ehtiyojdir. Inson o'zining tabiat bilan munosabatlari natijasi o'laroq yuzaga kelgan eng ibtidoiy hislari(qo'rquv, sevinch)ni ham, jinsdoshlari bilan munosabati natijasida tug'ilgan hislarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.84 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.84 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga