Badiiy adabiyot san'at turi sifatida 3

Badiiy adabiyot san'at turi sifatida 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy adabiyot san'at turi sifatida 3 - rasmi

Material tavsifi

Badiiy adabiyot san'at turi sifatida Reja: san'at tushunchasi. Amaliy va badiiy san'atlar. Badiiy adabiyot - so'z san'ati. Badiiy adabiyotning san'at turlari orasidagi o'rni va o'ziga xosligi. Badiiy adabiyotning boshqa san'at turlari bilan aloqasi. O'z vaqtida Abdurauf Fitrat: san'at lug'atda hunar demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir- deb yozgan edi. Bir qarashda Fitrat san'at so'zining manosini, san'atning mohiyatini jo'nlashtirayotgandek ko'rinishi mumkin. Biroq etibor qilinsa, olim yaxshi so'ziga ayricha urg'u berayotgani, unga juda katta mano yuklayotgani anglashiladi. Xo'sh, ko'chirmadagi yaxshi so'ziga qanday manolar yuklangan? Darhaqiqat, tilimizda ishlatiluvchi san'at so'zining mano qirralari ancha keng. Masalan, rassomlik san'ati, kulollik san'atini egallamoq, yuksak san'at bilan ishlangan kabi birikmalarning har birida san'at so'zi turli mano qirralarini ifodalaydi. Shunga qaramay, ularda san'at so'zi ifodalayotgan mano qirralarini birlashtiruvchi umumiy nuqtalar mavjudki, bu mazkur so'zning har uchala holda ham go'zallik, mahorat, did tushunchalari bilan bog'liqligidir. «san'at» so'zi jonli tilimizda nechog'li keng manoda qo'llanmasin, tabiiyki, bizni uning lug'aviy manosi emas, istilohiy manosi qiziqtiradi. Istilohiy manoda san'at deganda insonning go'zallik qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o'zlashtirish(va o'zgartirish)ga qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi o'laroq vujudga kelgan narsalar jami tushuniladi. Demak, bu manoda tushunilsa, go'zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan narsalarning hammasi san'atga aloqadordir. Shu bois ham biz amaliy san'at va badiiy(nafis) san'at turlarini ajratamiz. Amaliy san'at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo'zlik, modelerlik kabi qator sohalarni kiritsak, badiiy san'atlarga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino, teatr kabilarni mansub etamiz. Modomiki biz keng manodagi san'at ichida amaliy va badiiy san'at turlarini ajratar ekanmiz, ularning umumlashtiruvchi va farqli jihatlari bo'lishi lozim. Bu o'rinda umumlashtiruvchi jihat shuki, har ikkisi ham go'zallik qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi. Farqli jihatlariga kelsak, ulardan eng muhimi shuki, amaliy san'at mahsuloti insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilsa, badiiy san'at namunalari insonning ma'naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir. Demak, amaliy san'at mahsuloti insonning kundalik turmushda foydalanishini ko'zda tutadi, ayni paytda unga zavq beradi. Masalan, kulol ishlagan piyola qanchalik nafis va go'zal bo'lmasin, biz unda choy (umuman, ichimlik) ichamiz. Mohiyat etibori bilan nafis ishlangan piyola ham, jo'n piyola ham amaliy foydaliligi jihatidan teng. Biroq nafis ishlangan piyola kishining choy ichishiga vosita bo'lishidan tashqari unga zavq ham beradi, kayfiyatini ko'taradi. Shunday bo'lsa-da, zavq bag'ishlashlik piyolaning ikkilamchi funksiyasi. Demak, amaliy san'at mahsulotining qimmati birinchi navbatda foydaliligi bilan belgilanadi. Endi qiyos uchun, masalan, qadim yunon haykaltaroshi yaratgan biror bir haykalni olaylik. Haykalni yaratar ekan yunon undan amalda foydalanishni ko'zda tutgan emas. Aytaylik, u o'zi topingan mabudlardan birining haykalini yaratdi. Haykaltarosh o'sha mabudni avvalo o'zining tasavvurida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.62 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.62 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga