Badiiy asar haqida Reja: Badiiy asar tushunchasi. Badiiy asar - badiiy kommunikatsiya vositasi. Badiiy ijod jarayoni haqida. Badiiy asar sistem butunlik sifatida. Badiiy adabiyot va san'at badiiy asar shaklida yashaydi, shunga ko'ra, badiiy asar adabiyot va san'atning yashash shakli hisoblanadi. Avvalo, badiiy asar degan birikma keng va tor manoda qo'llanishini etiborga olish zarur. Keng manoda badiiy asar deyilganda san'atga(musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, kino, teatr v.h.) aloqador, insonning go'zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsuli bo'lmish yangi mavjudlikni tushunamiz. Bu manoda musiqa asari ham, haykal yoki rangtasvir ham, film yoki spektakl ham - bari badiiy asar sanaladi, ularning bariga nisbatan badiiy asar atamasini qo'llash to'g'ri bo'ladi. Biz kursimiz davomida mazkur birikmani tor manoda qo'llab, bunda badiiy adabiyotga mansub bo'lgan har qanday asarni tushunamiz. Yani, badiiy asar deganda biz adabiy badiiy asarni nazarda tutamiz. Badiiy asar haqida gap ketganda, avvalo, uning badiiy kommunikatsiya(badiiy muloqot) vositasi ekanligiga to'xtalish joiz. Malumki, muloqot paytidagina til hodisasi nutq hodisasiga aylanadi. Adabiy badiiy asar til vositalaridan tarkib topuvchi matn ekan, demak, u ham mohiyat etibori bilan nutq hodisasidir. Zero, adabiy badiiy asar muloqot asosida dunyoga keladi, yani, ijod jarayoni mohiyatan muloqotdir. Tasavvur qilingki, siz kimgadir maktub yozayapsiz. Siz maktubingiz kimga yozilayotganini, uning qanday odamligi, u bilan qay yo'sin muomala qilish kerakligini har vaqt nazarda tutasiz, boshqacha aytsak, maktubni yozish davomida adresat har vaqt xayolingizda turadi: siz etkazmoqchi bo'lgan xabarni u tushuna oladigan, unga ta'sir qiladigan tarzda yozishga intilasiz. Demak, aslida xat yozish jarayonida siz adresat bilan muloqotga kirishasiz - tasavvuringizdagi suhbatdosh bilan xayolan gaplashasiz va ayni shu suhbat(muloqot jarayoni) qog'ozda muhrlanadi. Qog'ozda muhrlangan suhbat-muloqot, maktub adaresat qo'liga etib borgach, yana jonlanadi. Endi siz adresat tasavvuridagi suhbatdoshsiz: real suhbatdoshga aylangan adresat sizning gaplaringizni eshitadi. Malum bo'ladiki, maktub, umuman, yozma nutq muddati kechiktirilgan muloqot, matn esa muloqotning amalga oshish vositasi ekan. Shunga o'xshash, yozuvchi ham ijod onlarida tasavvuridagi o'quvchi bilan muloqotda bo'ladi: unga muayyan badiiy informatsiyani etkazadi, o'zining o'y-hislari bilan o'rtoqlashadi, u bilan bahslashadi, uni nimalargadir ishontirishga intiladi Ayni shu muloqot - ijodiy jarayon asar matnida muhrlanadi. Xuddi maktubga o'xshash, asarni o'qish jarayonida muloqot qaytadan jonlanadi, endi yozuvchi tasavvurdagi suhbatdosh mavqeida tursa, o'quvchi real suhbatdoshga aylanadi. Ko'ramizki, badiiy matn muddati kechiktirilgan badiiy muloqot, badiiy asar esa shu muloqotning amalga oshishini taminlovchi vosita ekan. Demak, ijodkor va o'quvchi orasidagi badiiy muloqotni amalga oshirishga xizmat qilgani uchun ham badiiy asar badiiy muloqot vositasi deb tushuniladi. Badiiyat hodisasi faqat ikki ong tutashgan nuqtadagina mavjud (M.Baxtin) bo'ladi. Yani, badiiy asar o'qish (hamda ijod) jarayonidagina badiiyat ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.26 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.26 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:55 ]
Arxiv ichida: doc