Badiiy asar matnini o'rganish

Badiiy asar matnini o'rganish

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy asar matnini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Badiiy matn ustida ishlashda kirish mashg'ulotlari. 2. Badiiy asarni o'qish. 3. Badiiy assrni tahlil qilish. 4. Badiiy matn ustida ishlashda yakunlovchi mashg'ulotlar. Umumiy o'rta ta'lim tizimida adabiyot darslarida matn ustida ishlash asarni o'rganishning o'ziga xos ko'rinishi, asosiy shakli bo'lib, tadqiqot xarakteriga ega. U ikkita maqsadni nazarda tutadi: 1. O'quvchilarning asar mazmun-mohiyatini o'zlashtirishlariga erishish. 2. Matn tahlili vositasida o'quvchilarni ahlokiy-estetik jihatdan tarbiyalash. Badiiy matnga, bir tomondan, san'at asari, ikkinchi tomondan adabiyotshunoslik ilmi va pedagogik nuqtai nazardan yondoshilishi zarurati uni shaqlan va mazmunan quyidagi bosqichlarda o'rganishni taqozo etadi. 1. Badiiy matn ustida ishlashda kirish mashg'ulotlari. 2. Badiiy asarni o'qish. 3. Badiiy asarni tahlil qilish. 4. Badiiy matn ustida ishlashda yakunlovchi mashg'ulotlar. Matn ustida ishlash mohiyat etibori bilan asar mazmunini o'zlashtirish g'oyaviy-badiiy xususiyatlarini o'rganish va shu asosda o'quvchilarning mustaqil fikrlash malakasini shakllantirish orqali ma'naviy-axloqiy tarbiya berish vazifasiga xizmat qiladi. O'qituvchi-o'quvchi hamkorligidagi bu faoliyat matnni ravon, tug'ri, tez, tushunib, ifodali, ijodiy o'qish, qayta hikoyalash, asar mazmuniga doir rasmlar chizish, ayrim epizodlarga sarlavhalar topish, epigraflar tanlash, reja tuzish, berilgan mavzu bo'yicha badiiy asar, darslik, adabiy-tanqidiy, ilmiy-metodik adabiyotlardan foydalanish, tezis tuzish, ko'chirmalar olish, konspektlashtirish, yozuvchining o'ziga xos ijodiy uslubini aniqlash, bayon, insho, taqriz, ma'ruza matni, referat yozish, ikki yoki undan ortiq asarlarni mavzuiga ko'ra va g'oyaviy badiiy jihatdan qiyosiy tahlillash, o'z fikrlarini og'zaki va yozma bayon qilish, sahnalashtirilgan yoki ekranlashtirilgan asarlarning ijrochilari mahoratini baholash kabi g'oyat muhim masalalar doirasida ish ko'radi. Badiiy matn boshqa turdagi, masalan, ilmiy matndan obrazliligi bilan farqlanadi. Ilmiy matnni tushunish uchun malum darajada bilim, malaka talab qilingani kabi, badiiy matnning mag'zini chaqish ham jiddiy mehnattalab ishdir. Ayniqsa mumtoz adabiyot namunalari, tarixiy badiiy matnlarni o'qituvchining maxsus izohsiz tushuntirish mushkul. Chunki o'quvchi matndagi so'z va iboralarni o'z tushunchasidagi mavjud so'z va iboralar orqali qabul qiladi. O'qimishli kishilarning lug'at boyligi o'rtacha 100-1200 so'zdan iborat bo'lishi nazarda tutilsa o'quvchilar nutqining chegaralanganini sezish qiyin emas. Demak, ularning badiiy asardagi nafosatini his etishlari, idrok qilishlari, matn tagzaminidagi manoni anglashlari o'qituvchi yordamisiz qiyin kechadi. Bu esa o'quvchilarni matn ustida ishlashga o'rgatishda yozuvchilarning o'ziga xos hayot va ijod yo'li, asarlarining yaratilishi tarixi, adabiyot taraqqiyotidagi o'rni, tarixiy qahramonlar taqdiri, joynomlari haqidagi ma'lumotlardan unumli foydalanishni taqozo etadi. Bunday ma'lumotlar Mahmud Qoshg'ariyning Devonu lugatit turk, Yusuf Hos Hojibning Qutadg'u bilig, Ahmad Yugnakiyning Hibatul haqoyiq, Ahmad Yassaviyning Devoni hikmat, Alisher Navoiyning Hamsa, Boburning Boburnoma singari mumtoz adabiyot namunalari ustida ishlashda ham, Mahmudho'ja Behbudiyning Padarikush, Hamzaning Yig'la Turkiston, Fitratning Abulfayzhon, Abdulla Qodiriyning Mehrobdan chayon, O'tgan kunlar, Cho'lponning Kecha va kunduz kabi XX asr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.46 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.46 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga