Badiiy asar mazmuni 3

Badiiy asar mazmuni 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy asar mazmuni 3 - rasmi

Material tavsifi

Badiiy asar mazmuni Reja: Badiiy mazmun obyektiv va subyektiv ibtido birligi sifatida. Badiiy mazmunning yuzaga chiqishi va mazmun uzvlari haqida. Badiiy asar mazmunining aktual va tub estetik qatlamlari xususida. Ijodkor dunyoqarashi va badiiy mazmun. Badiiy mazmunning o'ziga xos xususiyatlari Avvalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan va badiiy idrok etilayotgan narsani farqlash zarur. Chunki ko'pincha asarda boshqa narsa tasvirlangani holda butunlay boshqa narsa idrok etilayotgan bo'ladi (O'g'ri, Namatak, Soxta Neron). Shunga ko'ra, badiiy asar mazmuni unda tasvirlanayotgan hamda idrok etilayotgan narsalar nuqtai nazaridan tushuniladi. Ko'rinadiki, badiiy asar mazmuni deyilganda ko'proq g'oyaviy mazmun tushunilsa-da, badiiy mazmun g'oyaviy mazmundan kengroq tushunchadir. Bu esa badiiy asar mazmunining obyektiv va subyektiv birlik ekanligi bilan bog'liq hodisadir. Agar asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni, badiiy reallikni obyektiv ibtido desak, ijodkorning tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga munosabati subyektiv ibtidodir. Shunga ko'ra badiiy asar mazmunini so'zlab berish mumkin emas. Buni hatto muallifning o'zi ham uddalay olmaydi, chunki bitta daryoga ikki marta sho'mg'ish mumkin emas. Odatda, amaliyotda mazmunni so'zlab bering deyilganda uning bir qirrasi, aniqrog'i, mazmunni uyushtiruvchi muhim unsur - fabula so'zlab beriladi. Biz badiiy mazmun komponentlarini badiiy ijod jarayoni va uning badiiy asarda namoyon bo'lishi nuqtai nazaridan farqlash tarafdorimiz. Adabiyotshunoslikda tema(mavzu) tushunchasi ikki manoda ishlatiladi: 1) asarda tasvirlanayotgan hayot materiali; 2) asarda badiiy idrok etish uchun qo'yilgan ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy, falsafiy va boshqa problemalar majmui. Biz buni ikkita atama bilan nomlash to'g'riroq bo'ladi deb hisoblaymiz va buni badiiy ijod tabiatidan kelib chiqqan holda asoslaymiz. Badiiy asar ijodkorning borliq bilan munosabati mahsuli o'laroq dunyoga keladi. Yani, borliqda yashayotgan individ sifatida ijodkorni muayyan muammolar o'ylatadi, tashvishga soladi. Ijodkor o'sha muammoni idrok etishga intilishi ichki ehtiyojga aylangani uchun ham asarga qo'l uradi. Shu manoda badiiy asar - ehtiyoj farzandidir. Demak, paydo bo'lishi va ijodga turtki berishi jihatidan problema birlamchi, o'sha problemani badiiy idrok etish uchun ijodkor bunga keng imkon beruvchi hayot materialini ajratib oladiki, bu badiiy asar temasi(mavzu)dir. Yani, ijodkorni o'ylatgan, tashvishga solgan muammo(lar) asar temasini belgilaydi. Asarda tasvirlanayotgan badiiy reallik muallif tomonidan ko'rilgan, ideal asosida g'oyaviy-hissiy baholangan va ijodiy qayta ishlangan voqelikning aksidir. Yani, badiiy asarda voqelik quruqqina aks ettirilmaydi, unga muallifning g'oyaviy-hissiy bahosi ham qo'shiladi(hatto muallif o'ta obyektiv bo'lishga intilganida ham, uning nuqtai nazaridan ko'rilgan badiiy voqelikda ijodkor subyekti akslanaveradi). Tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga muallifning g'oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar sistemasi vositasida ifodalangan problematikaning badiiy idrok etilishi va baholanishi tendensiya(lat., intilmoq, yo'naltirmoq) deyiladi. Demak, tendensiya asar problematikasidan kelib chiqib tanlangan hayot materialini umumlashtirgan(yo'naltirgan) holda badiiy g'oyaga aylantiruvchi vosita ekan. Yani, asarda qo'yilgan problemaning hayot materiali asosida idrok etilishi va baholanishidan badiiy g'oya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.52 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.52 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga