Badiiy asar uzvlari 3

Badiiy asar uzvlari 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy asar uzvlari 3 - rasmi

Material tavsifi

Badiiy asar uzvlari Reja: Badiiy asar. Shakl va mazmun tushunchasi. Mavzu va g'oya. Sujet va kompozitsiya. Badiiy til. Ijodkor maqsadi. Konflikt. Badiiy asar hayot voqeligining obrazlar vositasidagi ifodasidir, Badiiy asarda hayotning muayyan qirrasi malum bir yaxlitlik kasb etib, akslanadi. O'niig bu manzarasida biror bir voqelik, o'ndagi odamlar fel - atvori, dunyoqarashi, intilishi, turmush tarzi, qiyinishi, bir-biri bilan muomala-munosabati kabilar namoyon bo'ladi. Shuning uchun har bir barkamol badiiy asar o'z davrining malum darajadagi oynasi hisoblanadi. Adabiyotning bosh mavzusi inson bo'lgani uchun insoning xilma - xil holat, harakat, intilishlari badiiy asarning materiali bo'ladi. Adabiyotning botn maqsadi inson, so'z san'atining asosiy mohiyati insonshunoslik ekan, badiiy asarda gavdalantirilgan voqea - hodisalar hayotda ro'y bergan yoki bo'lishi mumkin bo'lgan voqealarning shunchaki bayoni emas, balki ularning muayyan nuqtai nazardan qayta ishlangan shaklidir. Hayotda voqealar bir joyda to'xtab qolmaydi. Ular qandaydir ko'rinishda davom etaveradi. Badiiy asardagi voqealar esa o'nday emas. Ular qandaydir tarzda boshlanadi va nihoyasiga etadi. Masalan, hikoya, roman, qissa va dostonda qahramonlar hayotining malum bir vaqt oralig'idagi kechmish - kechirmishlari qalamga olingan bo'ladi. Biroq chegaralangan bu muddatdagi hodisalar badiiy asardagi qahramonlar xususida (albatta, ular asosiy qahramon yoki badiiy xarakter darajasidagi qahramon bo'lsa) yaxlit tasavvur qiladi. Bunday samaraga esa badiiy asarning shakl va mazmun, mavzu va g'oya, sujet va kompozitsiya, badiiy til singari vositalari mutanosibligi yorhamida erishiladi. Har qanday badiiy asar shakl va mazmun, mavzu va g'oya, sujet va kompozitsiya singari unsurlardan tarkib topgan bo'ladi. Biroq har qanday badiiy asar mavjudligining bosh asosi uning tilidir. Til badiiy asarning joni, qoni, urib turgan yuragidir. Ana shu tayanch asos qanchalik baquvvat bo'lsa, badiiy asar shunchalik barkamol bo'ladi. Badiiy asar shakl va mazmunidagi rasolik ham, o'ndagi mavzu va g'oyaning yorqinligi ham, sujet va kompozitsiyaning qiziqarli, o'zaro muvofiqlik darajasi ham, avvalo, ijodkorning so'z qo'llash, o'ni tanlash, ishlatish mahoratiga bog'liq. Badiiy asar muvaffaqiyatining bu darajada tilga bog'lab qo'yilishining boisi uning so'z san'ati ekanligidadir. Badiiy asar hayotning o'ziga xos yaxlit, mustaqil bir parchasi sanaladi. Har bir yaxlit, mustaqil narsa - hodisa esa o'z shakl va mazmuniga ega bo'ladi. Shaqi va mazmun narsa - hodisa mavjudligining namoyon bo'lish tarzidir. Ular bir-biri bilan mustahkam bog'liqair. Shaklsiz mazmun va mazmunsiz shakl bo'lmaydi. Shakl mazmunning o'zini ko'rsatishidir. Shuning uchun ularni bir - biridan ajratish, bir - biriga qarama - qarshi qo'yish mumkin emas. Badiiy asarda ham shakl va mazmun munosabatiga shunday qarash lozim. V. Belinskiy aytadiki, «Mazmunni ifodalovchi shakl bir - biri bilan shunday bog'liqki, shaklni mazmundan ajratish - mazmunni yo'q qilishga, mazmunni shakldan ajratish - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.14 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.14 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga