Badiiy asarda shakl va mazmun

Badiiy asarda shakl va mazmun

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy asarda shakl va mazmun - rasmi

Material tavsifi

Badiiy asarda shakl va mazmun Reja: Shakl va mazmun tushunchalari haqida. Badiiy asarda shakl va mazmun birligi. Badiiy asarda shakl va mazmunning o'zaro muvofiqligi badiiyatning muhim sharti sifatida. Shakl va mazmun unsurlari tasnifi masalasi. Voqelikda mavjud narsalarning bari o'zining tashqi ko'rinishi (shakli) va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyatiga (mazmun) ega. Shu bois ham shakl va mazmun kategoriyalari umumfalsafiy xarakterga ega bo'lib, ular voqelikni (narsani) idrok qilishda muhim ahamiyatga molik ilmiy abstraksiyalar sanaladi. Abstraksiya deyishimizning boisi shuki, shakl va mazmun qabilidagi bo'linish shartli, negaki, ular - yaxlit bir narsada har vaqt birlikda mavjud bo'lgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomon. Zero, shakl narsaning biz bevosita ko'rib turgan, his qilayotgan tomoni bo'lsa, ayni shu shakl bizga o'sha narsaning nima ekanligini - mazmun-mohiyatini anglatadi. Masalan, qarshimizda stul turgan bo'lsa, biz uning shaklini ko'rib stul, yani, o'tirish uchun mo'ljallangan moslama deb aytamiz. Stulga xos bo'lgan tashqi ko'rinish uning shakli bo'lsa, mazmuni shu shakl ifodalayotgan o'tirish uchun mo'ljallangan moslama ekanligidir. Ko'ramizki, shakl mazmunni ifodalaydi, mazmun muayyan shakldagina reallashadi, mavjud bo'la oladi. Aytaylik, o'sha stulning shaklini parokanda qilsak - qismlarga ajratib yuborsak, shaklning yo'qolishi bilan mazmun ham yo'qoladi, zero, endi narsaning o'zi ham mavjud emas. Demak, mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun bo'lmaganidek, mazmunsiz shakl ham mavjud emas. Shakl va mazmun munosabati haqida so'z borganda, mazmunning yetakchiligi, uning shaklni belgilash xususiyati haqida aytiladi. Darhaqiqat, ikkilamchi tabiat (inson tomonidan yaratilgan narsalar)ga nazar solinsa, buni yaqqol ko'rish mumkin bo'ladi. Misol uchun yana o'sha stulni olaylik. Yuqorida ko'rganimiz o'tirish uchun mo'ljallangan moslama degan mazmun yasalajak buyumning parametrlarini belgilaydi: balandligi, kengligi, suyanchiqqa ega bo'lishi, o'tirg'ichning old tomoni biroz ko'tarilgan bo'lishi va h. Yani, bu o'rinda shaklning mazmunga muvofiq bo'lishi talab qilinadi. Tasavvur qilingki: usta stulning oyoqlarini bir yarim metrdan qilib yasadi va natijada o'tirg'ich kishining elkasi barobar turibdi; yoki o'tirg'ichning kattaligi shapaloqdek bo'lsin Albatta, har ikki holda ham shaklning mazmunga nomuvofiqligi yuzaga keladi va buyum o'zining qimmatini yo'qotadi. Mazmun o'zgarishga, yangilanishga moyil bo'lgani holda, shakl konservativlik xususiyatiga ega, yani, o'zgaruvchanlikka u qadar moyil emas, shakldagi o'zgarishlar juda sekin kechadi. Aytaylik, o'tirish uchun mo'ljallangan moslama degan mazmunga bolalarning aniqlovchisi qo'shilsa, shakl parametrlari o'zgaradi, stul kichikroq yasaladi. Endi unga go'daklarning aniqlovchisini qo'shsak, shaklga yana biror bir qo'shimcha, masalan, go'dakni yiqilib tushishdan saqlovchi old to'siq qo'shiladi. Biroq, shunisi borki, barcha hollarda ham o'tirish uchun mo'ljallangan moslama o'zining asosiy shakl ko'rsatkichlarini saqlab qoladi. Boshqa har qanday narsa singari, badiiy asar ham shakl va mazmunning yaxlit birligidir. Shuning uchun badiiy shakl, badiiy mazmun degan tushunchalarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.11 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.11 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga