Badiiy obraz va obrazlilik Reja: Obrazli tafakkur (obrazlilik) san'atning spetsifik xususiyati sifatida. Badiiy obraz tushunchasi. Badiiy obraz xususiyatlari. Inson obrazi va uni yaratish vositalari. Badiiy obraz turlari. san'atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, yani, tur sifatida belgilovchi xususiyatidir. san'atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o'zi anglagan mohiyatni va uzining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu manoda obraz adabiyot va san'atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun xam adabiyot va san'atga xos fikrlash tarzi obrazli tafakkur deb yuritiladi. Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafakkur tarzining farqi nimada? Bundagi farqni yorkinrok tasavvur etish uchun fan va badiiy adabiyotni kiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, bir xil masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib kuraylik. A.Oripovning Ayol sheri xammangizga tanish, unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh beva kolgan, umrini farzandiga bagishlagani holda sadokat bilan yashagan ayol haqida so'z boradi. Shoir kuz oldimizda konkret ayolni, uning foje takdirini gavdalantirish orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari haqida, ogir damlarda sinaluvchi insoniy xislar haqida mushoxada yuritadi. Xup, xuddi shu sherdagi masala xususida, masalan, tarixchi olim qanday fikr yuritadi: Ikkinchi jahon urushi janggoxlariga -, -yillarda tug'ilgan yigitlar tula safarbar etildi. Urush harakatlarida shuro hukumati insonni tejash yo'lidan bormadi, janggoxlarda nafar jangchi xalok buldi. Buning natijasida urushdan sung jamiyatda erkak va ayollar nisbatida nomutanosiblik yuzaga keldi, demografik vaziyat tanglashdi. Kuplab ayollar yolgiz umrgo'zaronlik qilishga maxkum buldi. Jamiyatda yolgiz ayol toifasi yuzaga keldi. ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farqli yuldan boradi, uni umumlashtirilgan faktlargina kiziktiradi. Olim konkret inson taqdiri haqida emas, undan o'zini chetlashtirgan (abstraktlashgan) holda umumlashmalar, tushunchalar asosida fikr yuritadi. Malum buldiki, mohiyat etibori bilan shoir va olimni uylantirayotgan muammo bitta. Birok, shoir bitta konkret ayol takdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umumlashmaga boradi, baski, obraz uning uchun fikrlash shakli, usuli bo'lib koladi. Yani, olim kuplab faktlarni (konkret hodisalar, insonlar v.x.) urganib, ularning umumiy xususiyatlari asosida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chikarsa, san'atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umumlashmaga intiladi. Obraz termini rus tilidan olingan bo'lib, o'zbekcha tarjimada aks degan manoni anglatadi. Masalan, kishining oynadagi aksiga nisbatan xam obraz deb aytiladi. Birok, bilasizki, so'zning lugaviy manosi bilan istiloxiy manosi farqlanadi: lugaviy mano bilan istiloxiy mano orasida tutash nuqtalar bulsa-da, mutaxassis istilox ostida konkret manoni tushunmogi lozim bo'ladi. Shunga ko'ra, biz obraz deganda adabiyot va san'atning tafakkur shakli bulmish badiiy obrazni nazarda tutamiz. Badiiy obraz borliqning(undagi narsa, hodisa v.x.) badiiy asardagi aksi. Birok badiiy obraz usha borliqning oddiygina aksi emas, yuk, u borliqning san'atkor kuzi bilan kurilgan va ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.34 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.34 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:56 ]
Arxiv ichida: doc