Badiiylik - bezavol yangilik

Badiiylik - bezavol yangilik

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiylik - bezavol yangilik - rasmi

Material tavsifi

Badiiylik - bezavol yangilik Xalqimizning ezgu niyatni ifodalovchi shunday bir irim bor: ohorli kiyim kiyilayotganda, «sen - chirik, men - tirik» deb qo'yiladi. Aslida-ku, «men»ning tirikligi ham muvaqqat. Chunki tug'ilmoq bormi, o'lmoq muqarrar. Lekin «men» umri davomida qanchadan-qancha yangini eskirtiradi, eskirayotgan yangidagi o'zgarishlarni kuzatadi. Hayotning mohiyati - yangining eskirishi, eskining esa yo'qolishidan iborat. Shunday ekan, yashashning manosi nimada? Odam o'zini qurshagan olam bilan aloqaga kirishish ehtiyoji-la tug'iladi. Harakat - odam va olam aro uzluksiz bog'liqlik. Mohiyatan olganda esa odamning o'zi ham tugal bir olam. Faqat katta olamga nisbatan kichik olam, xolos. U mana shu olami kabirga qo'shilib, singigani sayin mukammallashib boradi. Ajabki, inson dunyoning yangi jihatini kashf etsa, bu kashfiyot «kaliti» azaldan o'zida bo'lganini ich-ichidan his etib boradi. Boshqacha aytganda, odam g'ayrishuuriy holda, qalb ko'zi bilan yangiliklarni allaqachon bilgan, hatto ularni qay bir usulda belgilab ham qo'ygan bo'ladi. Ikki olam - odam va borliq o'rtasidagi mo'jizalarni so'z yordamida aks ettirishga urinib kelayotgan shoir Erkin Vohidov bu haqda shunday deydi: «Yerni go'zal qilgani sayin, go'zal bo'lar o'zi ham inson». Albatta, bu fikr ko'pchilikka yangilik bo'lib tuyulmasligi mumkin. Chunki shoiri davron G'afur G'ulom undan salkam chorakam asr burun «ungan ishi» go'zal ekanini mafkura «matosi»dan tikilgan libosda - torroq miqyosda bayon etgan edi. Undan-da ilgariroq shoir Cho'lpon ko'nglidagi go'zalni ulkan olam mo'jizalari oy, quyosh, yulduz, tong eliga qiyoslagan va shunday xulosaga kelgan: «Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal». O'tgan XX asrda inson tabiatning ruh-ruhiga, ich-ichiga chuqur kirib bordi: fanda misli ko'rilmagan kashfiyotlar qo'lga kiritildi. Qizig'i shundaki, tabiiy fanlar sohasida yaratilgan har qanday kashfiyot muayyan ko'rinishda insonda aks etadi. Zarraning zarrasini kashf etish fizika va kimyo sohasi bilan birga biologiya hamda genetikada ham buyuk o'zgarish yasadi. Ota bilan bolaning o'xshashligi, qalban bir-biriga intilishi dostonu ertaklarda, bahshilar ijodida azaldan aytilib kelinadi. Ana shu irsiy bog'liqlik qonuniyati XX asrga kelib DNK - dezoksiribonukleyn ishqorlari molekulasi haqidagi nazariya sifatida kashf etildi. Natijada tiriklik qonuniyatlari va «jon» haqidagi qarashlar ushbu nazariyada mujassamlashdi. Boshqacha aytganda, inson irsiy bog'liqlik aloqalarini tushuna boshlagan, «jon»ning mohiyati sari yangi bir qadam tashlagan bo'lsa, fan mazkur qarashlarni g'ayrishuuriylikdan onglilik - fanniy ko'rinishga aylantirdi. Insonning iqtidori haqida ko'p gapirilgan, yozilgan, afsonalar to'qilgan. Iqtidorning noyob inom ekanini ko'pchilik bilardi-yu, ammo hech kim uni ko'rmagan, qo'l bilan ushlamagan edi. XX asrning o'rtasida belgiyalik olim Ilya Prigojin termodinamika nazariyasini ixtiro qildi. Tabiiy fanlarga oid bo'lgan bu nazariya vaqt o'tishi bilan ijtiomiy sohaga kirib kela boshladi. Hozir falsafa ilmida sinergetika nomi bilan yuritiladigan yangi ta'limot mavjud. U murakkab tizimning notekis, tartibsiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.32 KB
Ko'rishlar soni 253 marta
Ko'chirishlar soni 44 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.32 KB
Ko'rishlar soni 253 marta
Ko'chirishlar soni 44 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga