Belorus adabiyoti Belorus xalqining tarixi rus va ukrainlar tarixi bilan chambarchas bog'liq. U ko'p asrlar davomida san'at-adabiyot sohasida boy va xilma-xil adabiy-madaniy merosga ega bo'ldi. Belorus adabiyoti o'z taraqqiyotida xalqning hayoti, madaniyati, tili va milliy xususiyatlarini aks ettirib, uzoq tarixiy yo'lni bosib o'tdi. Uning ilk namunalari xalq og'zaki ijodi mahsuli shaklida paydo bo'ldi. Juda ko'p belorus ertaklari, afsona va rivoyatlari. Lirik va tarixiy qo'shiqlari, maqol va hikmatli so'zlarida mehnatkash xalqning hayoti, uning orzu-umidlari o'z aksini topdi. Belorus folklorida xalqning o'z ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan kurashi va rus xalqiga bo'lgan muhabbat va sadoqati ham ifodalanadi. Bu asarlar ekspluatator sinflarga, krepostnoylik tuzumiga g'azab, nafrat hissi bilan. Xushchaqchaqlik, optimizm va ozodlikka intilish ruhi bilan to'lib-toshgan. Ularda vatanning himoyachilari. Qahramonlar madh etilib, yorqin kelajak sari intilish g'oyalari ilgari surilgan. Belorus folklorida panlar, savdogarlar, poplar, umuman, ekspluatator doiralarni ayovsiz fosh etuvchi hajviy ertaklar katta o'rin tutadi. Belorus xalq sheriyati yuksak hoyaviy mazmun bilan sug'orilgan va badiiy xususiyatlarga boy. Belorus adabiyotining ibtidosi Kiev Rusining madaniyati, yozma adabiyoti va folkloriga borib taqaladi. Chunki u vaqtlarda rus, ukrain va belorus xalqlarining ota-bobolari bir xil tilda so'zlar edilar. XI-XII asrlarda Kiev Rusida yashagan xalqlarning yozma adabiyoti hiyla taraqqiy etdi. Qadimgi Rus adabiyotining bir qancha asarlari hozirgi Belorus tuprog'ida yaratildi. Belorussiyaning Polotsk va Turov shaharlarida cherkov adabiyoti va dunyoviy adabiyotlar ko'chirildi, yilnomalar tuzildi. Georgiy Sqorina XVI asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan adib, olim, tarjimon, noshir. Belorussiyadan kitob nashr qilishni boshlab berdi. Belorus xalq jonli tili asosida belorus adabiy tilini asoslashga kirishdi. Uning vatanparvarlik hissi bilan to'lib toshgan noshirlik va ma'rifatparvarlik faoliyati belorus adabiyotining bundan keyingi taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi. Belorus progressiv adabiyotining XVI oxiri, XVII asr boshlarida yashab ijod etgan yirik vakillari Simon Budniy, Vasiliy Tyapinskiy, Stefan Zizaniy, Afanasiy Filippovich, Leontiy Karpovich, Simeon Polotskiy belorus xalqi manfaatlarini ifodalab, feodal katolik zug'umiga qarshi kurash olib bordilar. Ular rus xalqi bilan belorus xalqining birlashishlarini yoqlab chiqdilar. 1697 yilda Polsha seymi belorus tilida kitob nashr ettirish hamda sud, maktab va muassasalarda belorus tilida ish olib borishni man etdi. Shu paytlarda avjga chiqqan katolik reaksiya belorus adabiyoti, madaniyati taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Yozma adabiyot inqirozga yuz tutdi: muallifi nomalum bo'lgan ayrim sherlar, intermediyalar yaratildi, xolos. Bu davrda poetik ijod, asosan folklor shaklida rivojlandi. Feodal va milliy zulm kuchaygan bir sharoitda xalq sheriyati mehnatkash ommaning orzu-intilishlarini ifodalovchi birdan-bir vosita bo'lib qoldi. Bu sheriyat yangi belorus adabiyoti taraqqiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. XVII asr oxirlarida Belorussiyaning Rossiyaga qo'shilishi buyuk tarixiy voqea bo'ldi. Bu qo'shilish ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.21 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.21 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:57 ]
Arxiv ichida: doc