Biografik metod

Biografik metod

O'quvchilarga / Adabiyot
Biografik metod - rasmi

Material tavsifi

Biografik metod Badiiy ijod namunasini biografik o'rganish yo'lidagi ilk kadamlar XIX asrning birinchi yarmi fransuz ilmiy-adabiy muhitida kuzga tashlanadi. Yevropaijtimoiy muhitiga uyg'onish davridan meros ularok shakllangan gumanizm konsepsiyasi inson shaxsiyatining ekstsentrik tadqiq obyekti maqomini egallashiga olib keldi. borliq va mavjudlik, vokelik va harakat, makon va zamon kabi global hodisalar inson va uning shaxsiyati negizida talqin etila boshladiki, mohiyatan ularning barchasini kamrab olish kudratiga ega bo'lgan badiiy ijod muammosi ayni jarayondan chetda qolishi mumkin emas edi. jahon adabiyotshunoslari tomonidan biografik metodning asoschisi deb etirof etilgan Sharl Sent-Byov (1804-1869) 1821 yili Burbon nomidagi kollejda ta'lim olar ekan, falsafa o'qituvchisi Damiron o'z shogirdlariga xar qanday ijod namunasi muallif shaxsiyati bilan bir butunlikda o'rganilishi lozim, degan fikrni uktirar edi.1 Damiron ma'ruzalariga asos bo'lgan «fransuz falsafasi tarixi» talaba Sharlning eng sevimli kitobiga aylanadi. Uning dastlabki ilmiy tadqiqoti xam aynan falsafiy mavzuda bo'lib, «Barhayot rux haqida» deb nomlanadi. Kollejda va keyingi ta'lim jarayonlarida tabiat, fiziologiya, ximiya, meditsina, mantik, til va adabiyot ilmlarini mukammal urgangan Sent-Byov uchun Damiron fikrlari tayanch konsepsiya bo'lib koladi. 1825 yilda Parijda nashr etila boshlagan, Pushkin, Karamzin, Stendal kabi mashxur yozuvchilar asarlari chop qilingan «Glob» gazetasi nafaqat u davr fransuz ziyolilarining, balki umumYevropaziyoli qatlamining ilg'or qarashlarini aks ettirar edi. Gazeta chop etgan kator makolalarda badiiy ijod namunasiga yangicha yondashuv masalasida bahs-munozaralar kuzatiladi. Xususan, badiiy asarni uning muallifi tabiati, istedodi, psixologik holatlari bilan sintez etarok tadqiq qilish, ijod jarayoniga individual yondashish, usha davr fransuz ilmiy-adabiy muhitining dolzarb muammosiga aylangan edi. Sent-Byovning dastlabki takrizlari, adabiy-tanqidiy makolalari xam aynan «Glob» gazetasida nashr etilgan. Keyinchalik uning fransuz klassiklari Rasin, Bualo, Lofantenlar ijodiy merosiga, zamondoshi V.Gyo'g'oning «Oda va balladalar» to'plamiga doir jiddiy tadqiqotlari chop kilindi. Shuningdek, Sent-Byov XVI-XIX-asrlar fransuz sheriyati va dramaturgiyasi tarixiy taraqqiyoti ustida xam tadqiqotlar yozdi. Birok bu kabi sof tarixiy-badiiy muammolar talqinida xam Sent-Byovga xos individual tahlil tamoyili yetakchilik qiladi. Bu jihat olimning xar qanday tarixiy davr silsilasida muayyan ijodkorning o'rniga urgu berganida kurinadi. Uning ilk adabiy portretlari Kornel, Bualo, Lofanten va, ayniqsa romantizm adabiyotining kator vakillari haqida bo'lib, 1829 yildan boshlab «Revyu Parij» jurnalida nashr etilgan. XIX-asrning 30-yillarida Sent-Byov Por-Royal adabiy-diniy maktabi faoliyatini urgandi. nafaqat frantso'zlarning, balki butun Yevroparuxoniy adabiyoti va tafakkur tarzini ifoda etuvchi bu maktab haqidagi tadqiqotlari besh jilddan iborat bo'lib, 1838-1859 yillar orasida nashr etilgan. Sent-Byovning «Konetityusionnel» jurnali bilan kilgan ijodiy hamkorligi natijasi ularok 15 jilddan iborat «Dushanbadagi suhbatlar», 13 jildlik «Yangi dushanbalar» nomli tadqiqotlari maydonga keldi. Ushbu tadqiqotlarning manbaviy kulami nixoyatda keng. Ularda muayyan adabiy-tarixiy davrlar hamda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.54 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.54 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga