Cho'lpon kichik nasriy asarlari poetikasi 3

Cho'lpon kichik nasriy asarlari poetikasi 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Cho'lpon kichik nasriy asarlari poetikasi 3 - rasmi

Material tavsifi

Cho'lpon kichik nasriy asarlari poetikasi Reja: 1. Cho'lpon poetikasi haqidagi mulohazalar. 2. Adabiyotning mazmun-mohiyatini belgilagan asosiy estetik tamoyillar. 3. Cho'lpon hikoyalarida ma'rifatchilik g'oyalari. 4. Cho'lponning inqilobdan keyin yozgan hikoyalari. Badiiy adabiyot taraqqiyotining ichki omillari mavjudligi va ularning ahamiyatini zarracha inkor yetmagan holda, biz har bir davr adabiyotining g'oyaviy-mazmuniy hamda poetik xususiyatlari, avvalo, o'sha davrning ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi, deb hisoblaymiz. Shu bois ham Cho'lpon poetikasi haqidagi mulohazalarimizni u adabiyotga kirib kelgan davr shart-sharoitlariga, xususan, adibning ijodiga beqiyos katta ta'sir ko'rsatgan jadidchilik harakatiga qisqacha to'xtalishdan boshlash zarurdir. XX asr boshidagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining o'ziga xosligi, malumki, ikki asosiy omil: I) kapitalistik ijtimoy munosabatlarning qaror topa boshlagani hamda 2) Turkistonning mustamlaka o'lkasi bo'lganligi bilan belgilangandir. Yani, yurtimizda yangicha ijtimoiy munosabatlarning qaror topa boshlashi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning tabiiy hosilasi emas, ko'proq tashqi omillar ta'siri bilan bog'liq edi. Ijtimoiy taraqqiyot bobida Yevropamamlakatlaridan ancha ortda qolgan Rossiya ta'sirida hali anchagina mustahkam feodal asoslarga kapitalistik munosabatlar payvandlana boshlandi. Albatta, bu narsa ijtimoiy-taraqqiyot suratini tezlatdi, biroq yurtimizda eskilik va yangilikning ajib quramasi vujudga keldiki, har ikkisining orasidagi farq yaqqol ko'zga tashlanib qoldi. Bu esa, tabiiyki, eskilikni tugatish, jamiyat hayotini isloh etishu millatni taraqqiy ettirish zaruratini kun tartibiga qo'ydi. Ayni shu zaruratni teran idrok qilgan fidoiy ziyolilarimizni yagona MAQSAD atrofida birlashtirgan ma'rifiy-islohiy harakat milliy tariximizga jadidchilik nomi bilan kirdi. Malumki, jadidchilik harakatini atroflicha va ilmiy xolis o'rganila boshlanganiga xali ko'p bo'lganicha yo'q, u haqdagi yirik fundamental tadqiqotlarning paydo bo'lishi yaqin kelajakda kutiladi. Tabiiyki, biz bu o'rinda jadidchilik harakatining mavzuimizni yoritish uchun zarur o'rinlarigagina to'xtalamiz. Asrimiz boshidagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga ta'sirini yorqinroq tasavvur qilish uchun, fikrimizcha, uni Yevropaadabiyoti tarixi bilan muqoyasa qilish foydalidir. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, jadidchilik harakati o'zining ko'p jihatlari bilan XYII asrda Yevropada keng quloch yoygan ma'rifatchilik harakatiga o'xshashdir. Har ikki harakatga xos mushtarak nuqtalarga bir qur nazar solinsayoq, bizningcha, bu fikrimizda jon borligi anglashiladi. Avvalo shuki, har ikki harakat ham feodal asoslar emirilib, ularning o'rnida kapitalistik munosabatlar qaror topa boshlagan paytda maydonga kelgan. Yani, har ikki harakatning yuzaga kelishini zaruratga aylantirgan ijtimoiy tarixiy sharoitning o'xshashligi ulardagi o'xshashlikni keltirib chiqargan. Feodal ijtimoiy munosabatlardan farq qilaroq, kapitalistik munosabatlar jamiyatning har bir azosi uchun teng boshlang'ich (start) imkoniyatlar ochishi bilan xarakterlanadi. Yangi sharoitda insonning taqdiri va jamiyatdagi o'rnini ilgarigidek ijtimoiy kelib chiqishi emas, aqlu zakovati, tadbirkorligiyu omilkorligi belgilaydi. Ko'rinadiki, yangicha ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy maqomini o'zgartirdi, u endi o'zini ijtimoiy shaxs sifatida - jamiyatning va o'zining hayotiga faol ta'sir ko'rsata oladigan unsur sifatida anglay ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.07 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.07 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga