Diniy afsonalar bu xil afsonalarning o'ziga xos xususiyatlari Reja: Tarixiy afsonalar Bu turkum afsonalarning ayrim belgilari Aks ettirish mezonlari Islom dini ta'sirida yuzaga kelgan afsonalar mazmunida shariat-tariqat qonun-qoidalarini ifoda etib, asosan pand, nasihat g'oyalarini tavsiflagan. «Hazrat Ali», «Qilichburxon», «Qo'rqut ota» «Obshir ota», «Yusuf qissasi», «Payg'ambar oroli», «Bibi Fotima» kabi diniy afsonalarda voqea va hodisalar g'ayridin bilan tortishuv, mo'jiza yaratish, yovuz, dahshatli kuchga qarshi kurashni naql etadi. Obrazlar tizimini payg'ambar, avliyo, shayxlar, tarixiy shaxslar, g'ayridin kishilar tashkil etadi. Har birining harakati, munosabati diniy mano bilan yo'g'rilgan, syujet voqealari islomlashtirilgan. Ilohiy tushuncha, diniy g'oyalar ezgulikka intilish, tinchlik va erk targ'iboti g'ayritabiiy hodisa mo'jiza, xayoliy uydirmalarda aniq va yorqin ifodalangan. «Ajdar ko'zlari» atalgan afsonada zulm va zo'rlik, yovuzlik siyosati ajdar qiyofasida, ezgulik Ali timsolida tasvirlangan. Ajdar bilan jang esa folklorda an'ana, shuhrat topgan motivga aylangan. U dunyoni anglash haqidagi dual tushuncha asosida tashkil topgan hikoyada Hazrat Ali faoliyat ko'rsatadi. «Zebak ko'li ostidan chiqqan o'kirgan ovoz ajdahoni, qirg'oqda yotgan dahshatli toshlar esa uning ko'zlarini eslatadi. Ana shu real, ammo g'ayrioddiy hodisalarning og'izdan-og'izga ko'chishi uning afsonaga aylanishi uchun zamin yaratgan. Afsona bosqinchilikka qarshi kurash, islomga sig'inish g'oyalarini tavsiflagan, homiy qahramon, Hazrat Aliga topinishni davat etgan. Ali hikoyada g'ayritabiiy kuchga ega bo'lgan zot sifatida paydo bo'ladi. Aslida esa u Hazrat Ali nomi bilan shuhrat topgan real, tarixiy shaxsdir. Qadimshunos, dinshunoslarning takidlashicha, Ali arablarga mansub feodal hokimiyatni 656-yilda egallagan, hukmronlik qilgan. Ali tarafdorlari uni Shia guruhi oqimining diniy rahnamosi, masxabning 1-imomi, deb etirof etdilar, o'z imomlarini Amir al-mo'minin - mo'minlarning hukmroni deb atadilar. Ali ilohiylashtirilgan, xudo darajasiga ko'tarilgan. Ular o'rtasida Ali qahramonliklarini tasvirlovchi afsonalar tarqalgan. Islomiy tushunchalarni tashviq etgan afsonalardan biri «Hazrat Ali» sanaladi. U epik qahramon haqida shunday hikoya qiladi. «Zebak yaqinidagi Bozgir qishlog'ida ko'l bor. Ana shu ko'lda etti boshli ajdaho yashaydi. Qadim zamonlarda unga har kuni bir qiz, bir buqa va qirqta non tortiq qilishgan. U ana shu narsalardan mamnun bo'lib, mamlakatni vayron qilmagan. Ali ko'l yoniga kelganda, tortiq qlingan qizni ko'rib qoladi. U bir kampirning yakkayu yagona qizi ekan. Ali undan, «nega qochmaysan?» deb so'rabdi. U bo'lsa, men ketsam ajdar tevarak atrofni vayron qiladi». Shundan keyin Ali ajdaho bilan jang qilishga ahd qilibdi. Lekin u ajdahoning paydo bo'lishini kutib boshini qizning tizzasiga qo'yib, «kelish vaqti kelganda uyg'otasan», deb uxlab qolibdi. U shunday qattiq uxlabdiki, ajdaho ko'ringanda, qiz qahramonni uyg'ota olmabdi, xafa bo'lib yig'labdi. Ko'z yoshidan biri Alining yuziga tushibdi va uni uyg'otib yuboribdi. Ali ajdaho bilan jang boshlabdi. Ajdahoning har bir uzilgan kallasi ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.26 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.26 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:01 ]
Arxiv ichida: doc