Dramatik asarlarni o'rganish Reja: 1. Drama - so'z va badiiy ijro san'atining o'ziga xos turi sifatida. Dramatik asarni sharqli o'rganish. Dramatik asarni o'rganishda matn ustida ishlash. O'rta umumta'lim O'zbek adabiyoti dasturida epik va lirik tusga mansub talayasarlar bilan birga, badiiy ijodning gultoji bo'lgan dramatik turga oid Sofoklning Shox Edit 7 sinf , M.Shayxzodaning Mirzo Ulug'bek 8 -sinf , M.Beqbudiyning Padarkush , X.Q.Niyoziyning Zaqarli qayot yoxud ishq qurbonlari , Fitratning Abulfayzxon 11 -sinf tragediyalari, K. Yashinning Nurxon 8-sinf musiqali dramasi, Sh.Boshbekovning Temir xotin 8- sinf komediyasini qrganish ko'zda tutilgan. Qadim zamonlardan boshlab, lirik asarlar kuylashga, epik asarlar o'qish va eshitishga mo'ljallab yozilgan bo'lsa, dramatik asarlar saqnada yoki ekranda ijro etishga mo'ljallangan. Dastur bo'yicha dramatik asarlarni o'rganishga bor-yo'g'i 23 soat ajratilgan. Bunday qisqa vaqtdan unumli foydalanish o'qituvchining maqoratiga bog'liq bo'lib, barcha asarlar yuzasidan adabiy estetik taqlil mazkur adabiy tur bo'lib, barcha asarlar yuzasidan adabiy estetik taqlil mazkur adabiy tur va janrning ichki tabiatiga qatiy tayangan qolda olib boriladi. Dramatik turning o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Pesa faqat saqnada yashaydi deb yozadi Gogol. Dramaning saqnada ekranda ijro etilishi o'qilishiga monelik qilmaydi. Pesaning saqnada ijro etilishi, yani aktyorlar ijrosi orqali ikkinchi bor tug'ilishi adabiy tur sifatida o'ziga xosligini anglashga yordam beradi. Boshqacha aytganda, asar matnining qaxramonlari dialogi va monologi asosida qurilishi, ziddiyatli voqea-qodisalarning ko'rsatilishi kabi tashqi alomatlari emas, balki jamoa bo'lib tomosha qilinishi dramatik turga mansub asarning eng muqim qosiyatidir. Chunki saqna va ekranni minglab, millionlab kishilar tomosha qiladi. Dramaning boshqa turlaridan farqi yana shundaki, unda tasvirlangan voqelik qaysi zamonga xos bo'lmasin, tomoshabin ko'zi o'ngida kechayoigandek taasurot qoldiradi, qatto o'sha voqealarning jonli guvoqiga aylantiradi. Drama 4 element: syujet, kompozitsiya, so'z va qarakat asosiga quriladi. Syujet shiddatli, tig'iz. Kompozitsiya aniq. 3. So'z tushunarli (M: Navoiy romani va Navoiy dramasi ) Tragediya tili ko'tarinki, monologlar boshqa janr asarlariga qaraganda mo'lligi bilan ajralib turadi. Dramada qaxramonlik xarakteri, xulq-atvori uning orqali yuzaga keladi. Qarakat dramaning o'zagini tashkil etadi. Drama faqat saqnada butun mukammalligi bilan namoyon bo'ladi. 1. Drama syujeti dramaturgning g'oyaviy niyati va qayot materialiga ko'ra xarakterlar aro ziddiyat yoki qaxramonlarning o'zlari yashagan muqit bilan o'rtalaridan ziddiyat zaminida yaratiladi. Dramatik asarni o'rganish xuddi epik asarlarni o'rganish kabi badiiy matnni o'quvchilarning mustaqil o'qishidan boshlanadi. Epik asarlar masala talab qilmaydi. Farq shundaki, roman tilini bir o'qishda qazm qilolmaslik mumkin. Drama tili esa tomoshabinni nazarda tutib yozilgani uchun qammaga tushunarli bo'ladi. Shuni unutmaslik ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.11 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.11 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:01 ]
Arxiv ichida: doc