Dramatik tur va uning janrlari 3

Dramatik tur va uning janrlari 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Dramatik tur va uning janrlari 3 - rasmi

Material tavsifi

Dramatik tur va uning janrlari Reja: Dramatik turning o'ziga xos xususiyatlari. Drama va teatr, dramatik asar va uning sahna talqini. Dramatik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari. Dramatik janrlar haqida. Dramaning tasvir predmeti - harakat, u obyektning plastik obrazini yaratadi, dramada subyekt - ijodkor shaxsi ham obyektga singdirib yuboriladi. Agar bular dramaning turga xos belgilovchi xususiyati bo'lsa, dramatik asarning qurilishi, poetik o'ziga xosligini belgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun yaratilishidir. Yani, sahnaga mo'ljallab yozilgan asar ijroni ham ko'zda tutishi zarur bo'ladi. Shunga ko'ra, dramadagi harakat - syujet voqealari makon va zamonda cheklangan bo'ladi. Ijro vaqtiga sig'ish uchun asarning keskin konflikt asosida shiddat bilan rivojlanuvchi syujetga qurilishi taqozo qilinadi. Ravshanki, bu xil syujetning rivojlanish vaqti ham chegaralangan, shu bois ham syujet voqealari sabab-natija munosabatlari asosida kontsentratsiyalanadi. Voqealar orasidagi sabab-natija munosabati esa ularning makoniy va zamoniy jihatlardan-da yaqin bo'lishini taqozo qiladi. Dramaturg asarni yaratish jarayonidayoq uning syujet voqealari ijro vaqtiga sig'ishi masalasida qayg'urishi darkordir. Shunga ko'ra, dramatik asarda syujet voqealarining keskin konfliktlar asosida shiddat bilan rivojlanishi zaruratga aylanadi. Bundan tashqari, dramatik asardagi syujet voqealari yuz beradigan makon ham cheklangan, yani, voqealar sahnada shartli qayta yaratish mumkin bo'lgan (yani, sahna ustalari, rassom tomonidan o'sha joy illyuziyasini hosil qila oladigan dekoratsiyalarni ishlashi mumkin bo'lgan) makonda kechadi. Boz ustiga, harakat makoniy o'zgarishlar jihatidan ham cheklangan, yani, dramatik asar voqealari ko'pi bilan to'rt-besh joydagina kechishi mumkin. Masalan, Nurxon dramasidagi voqealar asosan ikki joyda: hojining hovlisi va Nurxonning Samarqanddagi kvartirasida kechadi; Yorqinoy dramasidagi voqealar esa besh joyda: O'lmas botirning qo'rg'on boqchasi, boshqa bir boqcha, Nishobsoy begining boqchasi, shu bekning haram uylaridan biri, Po'latning qarorgohi va xon saroyida kechadi. Odatda, bir parda davomida sodir bo'luvchi voqealarning bitta joyda kechishini, syujet voqealari ayni shu joylar bilan bog'liq holdagina rivojlanishini etiborga olsak, bu narsa dramatik asarning syujet qurilishini belgilaydigan asosiy omil bo'lib qolishi anglashiladi. Dramaturg asarda jonlantirmoqchi bo'lgan hayot materialining barcha unsurlarini ham sahnada qayta yaratish imkoniyati mavjud emas. Shunga ko'ra, dramatik asar avvalboshdanoq shartlilik kasb etadi. Yani, muallif mavjud ijro imkoniyatlaridan foydalanib, ayrim ishoralar orqali tomoshabin (o'quvchi) tasavvurida ko'p narsalarni uyg'otishi, bevosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo'lgan voqealarni to'ldirishi zarur bo'ladi. Masalan, avtor remarkalarida sahna ortida otlar dupuri, qilichlar jarangi, sahna ortidan keskin to'xtagan mashina ovozi eshitiladi qabilidagi ishoralar beriladi, ularning yordamida sahnada jonlanmagan narsani shartli (yani, o'quvchi tasavvuridagina) jonlantirish mumkin bo'ladi. Shunga o'xshash, syujetga kiritishning imkoni bo'lmagan voqea haqida personajlar tilidan muxtasar hikoya qilinishi ham shartlilikning tag'in bir ko'rinishidir. O'z navbatida bu shartlilik personaj nutqiga ham ta'sir qiladi: deylik, personajlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.68 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.68 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga