Dushmanni tanitgan do'st (Abdulla Qodiriy ijodi asosida) O'tgan kunlar romaniga kiritilgan usta Alim hikoyasi haqida juda ko'p fikr bildirilgan. Umuman, syujet rivojida, undagi qismlarning o'zaro mantiqiy bog'lanishida, xalq og'zaki ijodi va mumtoz epik traditsiyaga xos do'st timsolining olib kirilishida usta Alim obrazining o'rni katta ekanligi, shubhasiz. Bizni boshqa masala, A Qodiriydek mutafakkir inson ayricha ahamiyat bilan chizgan ushbu obrazning roman badiiy falsafasini, adibning davr konsepsiyasini ifodalashdagi roli ko'proq qiziqtiradi A. Qodiriy o'zining ijodiy sajiyasi, xarakter xususiyatlari bilan, masalan, Cho'lpondan yoxud Fitratdan jiddiy farq qiladi. Agar Cho'lpon bilan Fitrat 20-yillarning o'rtalarigacha qaynoq ijtimoiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lganlarini, A. Qodiriy esa, avvalo, ular singari qaynoq faoliyatda bo'lmagani va tez orada undan tamom chetlanganini etiborga olsak, bu farq yaqqol ko'zga tashlanadi. Aytmoqchimizki, Cho'lpon bilan Fitrat ijtimoiy jarayon ichida yashagan bo'lsalar, ijtimoiy jarayon A.Qodiriyning ichida yashagan. A.Qodiriy ijodiy evolyutsiyasida voizdan san'atkorga aylanish jarayoni nisbatan ertaroq boshlangani, 20-yillar avvalidayoq O'tgan kunlardek san'at asarini dunyoga keltira olgani ham buning dalilidir. A.Qodiriy tabiatan faoliyat kishisi(deyatel) emas, ko'proq mushohada kishisi(sozertsatel) ediki, fitratidagi shu xususiyat tufayligina zamonasi uning uchun boshqalarga nisbatan ertaroq estetik obyektga aylandi Tug'ma san'atkor (bo'lib ham yana mushohada kishisi bo'lsa) kishilarda konservativlik xususiyati ustunroq keladi. Garchi konservatizm so'zi o'tgan inqiloblar asrida birmuncha salbiy mazmun kasb etgan bo'lsa-da, aslida, yaxshi manodagi konservativlik taraqqiyotda juda muhim - u eskilik bilan yangilikni obdon qiyoslashni, ularning barcha musbat va manfiy jihatlarni hisobga olgan holda harakat qilishni, asta-sekinlik bilan olg'a siljishni ko'zda tutadi. Fikrimizcha, O'tgan kunlarda yangi davr kishisi sifatida taqdim etilgan Otabek bilan eskicha tipdagi odam - usta Alim bir-biriga zid qo'yilgan. Albatta, ichki ziddiyatning mavjudligi ular orasidagi tashqi mustahkam aloqani, yani, ularning juda qadrdon ekanligini inkor qilmaydi. Negaki, biz nazarda tutayotgan ziddiyat dialektik tushunchadagi, butunning ichidagi ziddiyatlar birligidir. Jadidchilik, malum manoda, moddiyunchilik ham edi. Jillaqursa, inson jamiyatni o'zgartira oladi, insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartirish mumkin, degan g'oya yoxud Muhammadiyor(Cho'lpon), Olimjon(Hamza) singari obrazlar talqinidan kelib chiquvchi inson o'z taqdirini o'zi yaratadi, tarzidagi qarashlar zimnida moddiyunchilik izlari seziladi. Ha, o'tgan asr boshlarida yuzaga kelgan sharoit jamiyatdagi shaxs maqomini o'zgartirdi, shaxsni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan faollashtirdi, yangicha, yuqorida aytganimizcha fikrlaydigan odamlarni maydonga chiqardi. Bu odamlar o'zgargan ijtimoiy sharoitda shaxsning jamiyatdagi o'rni, maishiy ahvoli, kelajagi ko'p jihatdan uning o'ziga - aql-idroki, tadbirkorligiyu omilkorligiga bog'ilq bo'lib qolayotganini tobora teran his etdilarki, bu narsa tafakkur tarzining o'zgarishiga olib keldi. A.Qodiriy talqinidagi Otabek yangicha fikrlovchi kishilarning qaldirg'och vakillaridan, deyish mumkin. Otabek yangiliklarni, o'zgarishlarni qo'msab yashayotgan, o'zgarishlar yasashni orzu qilib yurgan odam. Uning aksi o'laroq, usta Alimning hayot tarzi, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.39 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.39 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:02 ]
Arxiv ichida: doc