Ertaklarda qahramonning g'ayritabiiy tug'ilish motivi tarixiy haqiqat va poetik transformatsiya

Ertaklarda qahramonning g'ayritabiiy tug'ilish motivi tarixiy haqiqat va poetik transformatsiya

O'quvchilarga / Adabiyot
Ertaklarda qahramonning g'ayritabiiy tug'ilish motivi tarixiy haqiqat va poetik transformatsiya - rasmi

Material tavsifi

Ertaklarda qahramonning g'ayritabiiy tug'ilish motivi tarixiy haqiqat va poetik transformatsiya Reja: Befarzandlik motivi: hayot tarixi va epik an'ana Homiladorlik motivi: real haqiqat va badiiy to'qima Tug'ilgan bolaga nom qo'yish motivi: hayot haqiqati va badiiy uydirma Sehrli ertaklarda afsonaviy tug'ilish motivi xarakterli bo'lib, befarzandlik, homiladorlik kabi alohida motivlarni o'z ichiga olgan. Befarzandlik motivi: hayot tarixi va epik an'ana U ertak syujetining epik qismini tashkil etadi. U tugun vazifasini o'tab, asar mohiyatini yoritadi. Qahramonni idealashtirish ana shu motivdan boshlanadi: « - E podshohi olam, nega xafasiz? Davlatingiz bor. Hamma fuqaro sizning ixtiyoringizda bo'lgandan keyin, buncha xafagarchilikning nima keragi bor? - Men shuncha davlat, saltanatga ega bo'lsam-u, - debdi podshoh, - xizmatimga shuncha odamlar tayyor tursa-yu, dunyodan farzandsiz o'tsam, men xafa bo'lmay kim xafa bo'lsin? Farzand bo'lmagandan keyin bu podshohlik, davlatning nima keragi bor? O'zining befarzandligini eslab vazir ham oh tortibdi. Ikkalasi xafa bo'lib, yig'lab, bir uyga kirib dardlashibdi. Ikkisi befarzand yurgandan ko'ra davlat, izzat-ikromdan kechib, bosh olib ketishni ortiqroq ko'rishibdi. Podshoh bilan vazir butun mol-dunyosining bahridan o'tib, shahardan chiqib ketishibdi». «Podsho bolasi yo'qligidan kecha-kunduz qayg'urib, egan, ichganida halovat yo'q ekan, sig'inmagan mozori, madad tilamagan aziz, avliyolari qolmabdi». «Kunlardan bir kun u «attang, birorta ham zurriyotim bo'lmadi, o'lganimdan keyin mol-dunyoyim kimlarningdir qo'llarida qolib ketadi. Safarboyga xayr xudoyi qilamiz, - deb hamma narsamni xarj qiladilar», deb afsuslanib o'ylab qolibdi». Agar ayol uzoq muddat bola tug'masa, odatda buni yomon ruh ta'siridan, bazan esa mulla, sehrgarning afsun jodusidan deb bilishgan. Bu xil ibtidoiy qarash, etqod, avliyolarga sig'inish, madad tilash, hayotiy urf-odat, diniy tushunchalar ertak motivining paydo bo'lishida sababchi vosita bo'lgan. Bu narsa ertaklarda aniq, to'liq, keng, yoyiq tarzda, turli xil ifoda, vositalar yordamida tasvirlangan. Ertaklarning qahramonlik tipiga mansub mazkur motivlar poetikasi, g'oyaviy mazmuni, obrazlar tizimni nisbatan alohidalik kasb etgan. Motivlar qadimiylik xarakteriga ega bo'lib, mifologik bosqichning namunasi sifatida yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ertak epizodlari, syujet shakl-shamoyilini tashkil etgan motivlar silsilasi dual tushguncha, qadimgi urf-odat, marosimlar zamirida aks etib, ertak mohiyati, jasur, qahramon haqidagi ideal orzu, markaziy g'oyani tavsiflagan. Voqea va hodisalar feodal-patriarxal jamiyat tartibotlari asosida bayon etilgan. Motivlar shohning xafalik sababini tavsiflaydi. Qayg'u birida shohlikning taqdiridan emas, farzandsizlik, nasl-nasab yo'qligidan, ikkinchisida esa zurriyot emas, mol-dunyoning qolib ketishidan kelib chiqqan. Birida farzand, ikkinchisida boylik g'oyasi ilgari surilgan. Homiladorlik motivi: real haqiqat va badiiy to'qima Bu hodisa ertaklarda tugun yechimini tashkil etadi. Motiv ibtidoiy jamiyat, mifologik e'tiqodning o'ziga xos belgilarini aks ettirgan. Binobarin, syujet yaratuvchi motivlar ideal tushuncha, totemik, animik dunyoqarash, qadimgi marosim, urf-odat zaminida yuzaga kelgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.16 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.16 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga