Fitrat Abdurauf Abduraimov

Fitrat Abdurauf Abduraimov

O'quvchilarga / Adabiyot
Fitrat Abdurauf Abduraimov - rasmi

Material tavsifi

Fitrat Abdurauf Abduraimov (1886-1938) 1886-yil. Buxoroda mayda savdogar oilasida tug'ildi. Eski maktabda xat-savodini chiqaradi. Mir Arab madrasasida o'qiydi. 1903-yil. Otasi Abdurayim tijorat ilan Qashg'arga boradi, u yerda 15-yil qolib ketadi. Oilani onasi Mustafo bibi va o'zi boshqaradi. 1908-1914-yillar. Jadidlar Buxoroda Xayriya jamiyati tuzadi. Jamiyat iqtidorli yoshlarni o'qitish uchun chet elga yuboradi. Fitrat ham Turkiyaga boradi, Istambul universitetida 4-yil o'qiydi, ijod bilan shug'ullanadi. 1909-yil. Hindistonda bir farangi na buxorolik bir mudarrisning bir pesa masalalar ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi (Munozara) nasriy asari yoziladi. 1910-yil. Sayxa (Xayqiriq) sherlar to'plami Buxoroda amir ruxsat etmay, Istambulda nashr etiladi. 1913-yil. Istambulda Sayyoxi xindi bayonoti nasriy asari nashr etiladi. 1915-yil. Islom tarixi kitobi Istambulda chop etiladi. 1917 - yil. Bekjon, Qon inqilobiy pesalari yaratiladi. 1908-17 -yillar. Fitrat madaniyat tarqatish orqali amirga qarshi kurashuvchi so'l jadidlarga boshchilik qiladi, so'l jadidlardan o'sib chiqqan Yosh buxoroliklar tashkilotida Markaziy Qo'mita sar kotibi, azosi bo'ladi, tashkilotning islohot loyihasini yaratdi Munozara asari asosida). Amirni sirtdan o'limga xukm qiladi. 1908-18-yillar. rahbari najot, Oila nasriy asarlari yaratildi. 1918-yil aprel. Toshkentga keladi. 1918-19-yillar. Chig'atoy gurungini yo'lga qo'ydi. 1919-yil. Xurriyat gazetasining muharriri. 1919-20-yillar. Afg'onistonning Toshkentdagi elchixonasida tarjimon bo'lib ishlaydi. 1920-23-yillar. Chin sevish, Xind ixtilotchilari kabi xind xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi milliy-ozodlik harakatlari haqidagi pesalari va O'g'izxon dramasini Toshkentda yozadi. Temur sag'anasi, Abomuslim dramasi yaratildi. 1920-yil10 avgust. Buxoro Sharq musiqa maktabining birinchi direktori, o'z xovlisini maktabga beradi, o'z yonidan xaq to'lab, Shoshmaqomni Uspenskiyga notaga tushirtiradi. 1921-23-yillar. Maorif va xorijiya noziri, Buxoro Xalq Respublikasi markaziy Ijroiya raisining o'rinbosari. 1923-24-yillar. Moskva Sharq tillari institutida dars beradi. 1924-yil. Sankt-Peterburg universiteti ilmiy kengashi O'rta Osiyoda birinchi bo'lib professorlik unvonini beradi. 1924-yil. Buxoro xonligi tarixidan Abulfayzxon dramasi yoziladi. 1924-yil. Qiyomat hikoyasi, Shaytonning tangriga isyoni dramatik dostoni yaratildi. 1925-30-yillar. Birinchi ona tili darsligi O'zbek tili sarfi (grammatikasi)ni yozadi, 5 marta chop ettiriladi. 1926-yil. Buxoro xonligi tarixidan Arslon dramasi yaratiladi. 1929-32-yillar. Zaynabning imoni, Oq mozor, Qiyshiq eshon, Meroj, Zayd va Zaynab hikoyalari yaratildi. 1930-yil. Ro'zalar piesasi yozildi. 1930-yil. Amir Olimxonning xukmronlik davri nasriy asari yaratildi. Samarqand va Toshkent oliy o'quv yurtlarida o'zbek va tojik tillari, adabiyotidan dars beradi. 1937-yil. Birinchi o'zbek operasi To'lqinning librettosi (M.Ashrafiy bilan hamkorlikda) yoziladi. 1937-yil 22 iyul. Milliti ittoxod (birlashish) aksilinqilobiy tashkilotining azosi sifatida xibsga olinadi va 1938-yil 4 oktyabrda otiladi. Adabiy-tanqidiy asarlari: Bedil, Qutadg'u bilig, Adabiyot qoidalari, Axmad Yassaviy xikmatlari, Axmad Yassaviy maktabi shoirlari to'g'risidagi tekshirishlar, XVI asrdan so'nggi o'zbek adabiyotiga umumiy bir qarash, Muhammad Solix, Aruz haqida, Abdulqosim Firdavsiy, Ertaklar va xaqiqatlar, O'zbek shoiri Turdi Tilimiz, O'zbek ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.37 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.37 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga