Gruzin adabiyoti Gruzin adabiyoti arman adabiyoti singari qadimiy tarixga ega bo'lib, u milodiy asrdan ming yillar avvalgi davrlarga borib taqaladi. Biroq qadimiy yozma adabiyot va og'zaki ijod namunalari bizgacha etib kelgan emas. Ular IV asr boshlarida xristian cherkovi va mamlakatni ko'p asrlar davomida talab kelgan chet el bosqinchilari tomonidan yo'q qilib tashlangan. Gruzinlarda yozuv ham qadimdan mavjud. XI asrgacha ular xutsuri (cherkov yozuvi) deb ataladigan, XI asrdan boshlab mxedruli (fuqaro yozuvi) nomli yozuvlar bilan ish yuritganlar. Hozirgi gruzin yozuvi ana shu mxedrulining birmuncha ixchamlashtirilgan turidir. Gruzin xalqi, Zakavkazedagi boshqa xalqlar singari, ko'p asrlar davomida o'z ozodligi va mustaqilligi uchun chet el bosqinchilariga qarshi kurash olib bordi. Gruzin adabiyotining taraqqiyot tarixi mehnatkash xalqning ozodlik kurashi tarixi bilan bog'liq edi. U xalq farzandlarining qahramonligini ulug'lab, ularni vatanparvalik ruhida tarbiyaladi. Ilg'or gruzin adabiyotidagi vatanparvarlik, insonparvarlik g'oyalari gruzin xalq sheriyatining tabiatiga singibyu ketgan edi. Gruzin adabiyotining ko'p asrlik tarixi davomida bu g'oyalar Yana ham chuqurroq tomir otdi. Gruzin xalq og'zaki ijodi qo'shiq, afsona, ertak, qahramonlik dostonlari, ballada, maqol va topishmoqlarga juda boy. Qadimgi yunon tarixchisi Ksenofontning aytishicha, gruzinlarda miloddan oldingi IV asrlardayoq askarlar qo'shiqlarni xor shaklida ijro etganlar. Apollon Rodosskiy gruzinlarda Prometeyning muqobili Amirani bo'lganligini eslatib o'tadi. Darhaqiqat, gruzin folklorida Kavkaz tog'lariga bog'lanib bandi qilingan Amirani to'g'risida hikoya qiluvchi dostonning bir necha variantlari bor. O'rta asrlarda yaratilgan gruzin xalq og'zaki ijodi asarlari orasida Eteriani dostoni ajralib turadi. Unda shahzoda Abessalomning Eteri ismli cho'pon qizga bo'lgan muhabbati, ularning Murman devga qarshi kurashlari hikoya qilingan. Gruzin yozma adabiyoti o'zining ilk bosqichida (XI asrga qadar) ko'proq diniy xarakterda bo'lib, bu gruzin qabilalarining ijtimoiy mohiyati bilan bog'liq edi. Sharq va G'arbdan hujum qilib keluvchi dushmanlarga (sosoniylar, xalifalar, saljuqiylar) qarshi kurashni uyushtiruvchi kuch gruzin cherkovi edi. Shuning uchun mamlakatdagi yetakchi madaniy kuchga aylangan xristian cherkovi tarixiy hayotning malum bosqichida gruzin yozma adabiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Gruzin diniy-cherkov adabiyotining qadimgi namunalari ko'proq tarjima asarlaridan iborat edi. Lekin tez orada xristian cherkovi manfaatini ko'zlovchi original adabiyot ham vujudga keladi. Bu tarixiy adabiyot cherkovning diniy tashviqotchilik maqsadlariga xizmat qilsa-da, uning tarixiy va badiiy adabiyot elementlari ham mavjud edi. Uning eng yaxshi namunalari sifatida V asrda yozilgan Jabrdiyda Shushaniki, VI asr boshlarida yaratilgan Jabrdiyda Yevstafiya Mtsxeteli, VII asr mutafakkiri tomonidan bunyod etilgan Jabrdiyda Abo Tbileli, Nina Kappadokiyskayaning hayoti (IX asr), Grigoriy Xandztelining hayoti nomli asarlarni ko'rsatish mumkin. Xristian dini hukmron bo'lgan davrlarda ham gruzin xalq sheriyati yangi-yangi motivlar bilan boyib bordi. Yozma adabiyot bilan og'zaki adabiyot o'rtasida o'zaro aloqa va ta'sir kuchaydi. Chunonchi, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.94 KB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.94 KB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:05 ]
Arxiv ichida: doc