Hamid Olimjon Tarix - insonni shaxs sifatida shakllantiruvchi muhim omillardan biri. Tarixni o'rgangan sari, kechmish voqea-hodisalar mohiyatini anglagan sari kishining dunyoga nazari teranlashib, atrofida yuz berayotgan voqea-hodisalar mohiyatiga yaqinlashib boradi. Tabiiyki, bunday odam kimningdir etovida bo'lishi mumkin emas, chunki u o'z qarashiga, o'zining anglangan ijtimoiy maqomi va mavqeiga ega bo'ladi. Uning jismi erkin bo'lmasligi mumkin, lekin ruhi har vaqt erkin bo'ladi. Shundan bo'lsa, ehtimol, fotihlarning deyarli barchasi o'zlari zabt etgan yurtlarda xalq xotirasidan o'tmishni o'chirishga intilgan. Biroq fotihlar bu maqsadlariga ayrim yurtlarda anchayin oson erishgan bo'lsalar, boshqalarida istalgan natijaga erisholmaganlar. Negaki, xalqning tarixi nechog'li boy bo'lsa, uning millat xotirasidan o'chishi-da shunchalik qiyin bo'ladi. Zero, asrlar davomida «suyak surib» avloddan avlodga o'tib kelayotgan boy tarixiy xotira mudrashi mumkin - mutlaqo o'chib ketishi dushvor. O'zini fotih emas, aksincha, «ozod qiluvchi» degan davo bilan chiqqan Sho'ro ham siyosatda fotihlardan gula ko'targan edi. Sho'ro o'tmishni qora rangda ko'rsatish, shu asosda o'z siyosatini mutlaq to'g'riligiga ishontirish yo'lidan bordi va 15 yillar ichida bu maqsadiga qisman erishdi. Negaki, bu vaqt mobaynida sho'ro sharoitida tarbiyalangan, «sho'rochasiga» ko'radigan yangi avlod etishdi. Otalar va bolalar orasidagi ziddiyat kuchaydi, eng yomoni, jamiyat taraqqiyotining hosilasi va rivojlanishning muhim omillaridan bo'lmish mazkur tabiiy ziddiyat sifat jihatidan o'zgarib, ko'proq mafkuraviy asosdagi ziddiyat maqomini ola boshladi. Yangi avlod nigohini faqat kelajakka qaratish, o'tmishni tamomila nigilistik inkor qildirishga intilish sho'roning ongdagi buzg'unchiligi ediki, bu - totalitar jamiyatni barpo etishning zarur sharti. Zero, «yerdagi jannat»ni qurish xayoliga andarmon «manqurt»lar jamiyatidagina shaxs tushunchasini emirish, barchani birdek o'ylaydigan «vintcha»larga aylantirish mumkin bo'ladi. Ongdagi buzg'unchilik natijasi o'laroq, 20-30-yillarda o'zining jamiyatdagi o'rni va maqomini belgilashga faol kirishgan yosh bo'g'in bashariyat tarixini oktyabr to'ntarishidan hisoblashga moyillashgan, Sho'roning o'z mudhish maqsadiga etishi aniqday bo'lib qolgan edi Shukrki, millatimizning tarixi mingyilliklar bilan o'lchanadi, boy tarixiy xotira mudradi - o'chib ketmadi, uning uyg'onishi, o'ziga kelishi uchun esa kichkina bir turtki kifoya Ikkinchi jahon urushi davrida, fashistlar Germaniyasi qizil imperiya ostonasiga kelib qolgan pallada bu ofatni millionlab jonlarni qurbon qilishning o'zi bilangina daf etish dushvorligi ayon bo'lib qoldi. Zero, qullik asoratiga tushib qolmaslik, qullikdan hazar qila bilish uchun jonning o'zi kifoya emas, ruh ham kerak! Ruhki, o'zining kimligini bilgan, teran tomirlardan oziqlangan holda «oliy irq» davosiga qarshi tura oladigan ruh kerak edi. Do'ppi tor kelgan ayni shu pallada sho'ro hukumati adabiyot va san'atning tarixga murojaatiga rag'bat bildirdi: sho'ro adabiyoti va san'atida o'nlab tarixiy asarlar dunyoga keldiki, ular xalqqa ruhiy madad bo'ldi, uning g'alabaga ishonchini mustahkamladi, kurashga ruhlantirdi. Oradan malum vaqt o'tgach esa muzaffar sho'roning adabiy ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.19 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.19 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: doc