Hozirgi o'zbek qissachiligining qirralari

Hozirgi o'zbek qissachiligining qirralari

O'quvchilarga / Adabiyot
Hozirgi o'zbek qissachiligining qirralari - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi o'zbek qissachiligining qirralari Reja: Ijtimoiy muammolar va milliy qadriyatdar aks etgan qissalar. Mutelik ruhiyatining salbiy oqibatlari ochib berilgan qissalar. Afg'on urushining manzaralari orqali sotsialistik tuzumning. sharmandali siyosati ochib tashlangan qissalar. Milliy-ozodlik kurashchilari faoliyati va obrazlari yangicha tahlil qilingan qissalar. ma'naviy-axloqiy muammolar va insoniy millatlarning kelib chiqish asoslari teran tahlil qilingan qissalar. ma'naviy uygoiish samarasi odamlarning o'zdigini anglash, milliy gurur, oriyat, avlod-ajdodlarimiz o'tmishidan faxrlanish, kelajak har kimning o'z qo'lida, mehnatida va ongli faoliyatida ekanligini his qilishda namoyon bo'lmoqda. Bugungi kunning vazifasi adabiyotni millatning ma'naviy va intellekgual salohiyatini, odamlarning aqliy va ruhiy madaniyatlarini yuksaltirishga xizmat qildirishdir. Chunki olamni shu paytgacha aytib kelganimizdek, go'zallik emas, ma'naviyat va ezgulik asraydi. Uni komil inson yuzaga keltiradi. Komillikni yuzaga keltirishda badiiy adabiyot muhim omildir. Buni yaxshi anglagan yozuvchilar shu yo'lda samarali ijod qilmoqdalar. Bu borada. H.Sulton, EAzamov, A.Ibodinov, Shoyim Bo'taev, Normurod Norqobilov va boshqalarning ijodi katta rol o'ynayapti. Qaysiki asarda insoniy kechinmalar jarayoni iztiroblari, mehr-mohiyati, o'zining falsafiy . talqinini topsa, voqealar tarixdan chekinilmaydi. Yoritilsa, o'sha asar har qanday jamiyat o'zgarishlarida ham umrini tugatmay yashab qoladi. Xayriddin Sultonovning «Saodat sohili» qissasi ana shunday fazilatga egaligi bilan kitobxon qalbini zabt etadi ,va ma'naviy olamini boyitish orqali o'z hayot yo'lini to'g'ri belgilashga imkon tugdiradi. Bu narsa esa o'z navbytida, jamiyatning insoniylashuviga, demokratiyaning yanada kuchayishiga ko'mak beradi va asos ham bo'ladi. Chunki xalqi komil bo'lgan jamiyatdagina adolat va inson manfaatlariga yo'naltirilgan qonun hukm suradi. Demak asar inson kelajagi uchun xizmat qiladi. Qissa Bobur Mirzo umrining so'ngsh kunlari voqeasiga bag'ishlangan. Asarda voqelik emas, insoniy kechinmalar, yani insonning o'zi bosib o'tgan hayot yo'lini fikr elagidan o'tkazganda yuzaga keladigan iztirob, armon yetakchilik qiladi. Bu holatlar Toshkentdan Bobur kutubxonasidagi nodir kitoblar bilan tanishish istagida kelgan tarixchi olim Hofiz Kuykiy bilan bo'lgan muloqotda o'z ifodasini topadi. Bu muloqotda bildirilgan fikrlar Bobur Mirzoning qalbiga tinchlik bermay kelayotgan iztiroblarining mohiyatini, ruhiy dunyosini inkishof qilish bilan birga, juda katta ma'rifiy kuch ham kasb etadi. Kuykiy Bobur Mirzoning oldiga dastlab kirganda va uning «Ona yurtdan ko'p salom keltirdim, yurtimizning tabarruk yodi xotiralaridan ko'tarilmagan bo'lsa», - degan so'ziga u shunday javob beradi: «Ul viloyatlarning latofatlarini kinsh nechuk unutgay? -deydi Bobur ohista. Ovozi titrar .edi. -^ Unutgan kishining ko'zlariga tiriklayin tuproq tulmasmy?» Bund^y G'so'zni Vatan sog'inchi bir daqiqa ham qalbini tark yetmagan ;ki№VDI1(^ayta oladi. Ularning o'zaro suhbatlari asnosida Bybur ■ Mirzo shoir, davlat arbobi bo'lish bilan birga, zukko tarixchi va faylasuf olim, kamtarin insonligi buy ko'rsatadi. Bobur Mirzo keyyngi paytda tushida ko'p dengiz ko'rishini, «Na dengizning poeni bor, na yo'limning, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.25 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.25 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga