Hozirgi o'zbek sheriyati va ekologik muammolar Sheriyat - davr dardlarini o'zining rango-rang misralarida jamuljam eta oluvchi mo'jizalar olami. Hayotimizdagi har qanday o'zgarishlar sheriyatda o'z aksini topmasdan qolmaydi. Binobarin,sheriyatdagi har bir mavzu davr talabi va hayotiy zarurat tufayli tug'ilib, asta-sekin an'anaga aylanadi. Tabiatni avaylab-asrash yoki ekologiyaga bag'ishlangan badiiy asarlarning yaratilishi ham insoniyatning tabiatga bemehrligi oqibatida yuzaga kelgan tabiat fojiasi muammolari bilan bog'liqdir. Odamzot qadim zamonlardan beri tabiat sirlarini bilishga doim intilib keladi, uning g'aroyib mo'jizalaridan ta'sirlandi, azaldan yuragiga badiiy so'z dardi muhrlangan inson tashqi olamning takrorlanmas go'zalliklarida o'z dardlarini, o'y-xayollarining izlarini ko'radi, shu tariqa tabiat va inson birligining poetik ifodasi yuzaga keldi. Tabiatning sirli qo'shiqlariga quloq tutib, atrof-muhitning nafosatini yurakdan his eta bilgan shoirgina manzara lirikasining go'zal namunalarini yarata oladi. Uzoq davrlar mobaynida sheriyatda peyzaj lirikasi, obraz va ramzlar vositasida tabiat go'zalliklarini, uning o'ziga xos xususiyatlarini tasvirlash an'anasi ustunlik qilib keldi. Keyingi yillarda manzara lirikasida ham muayyan o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda: shoirlar tabiat chizgilarini shunchaki tasvirlash bilan cheklanib qolmasdan, ona-tabiatning muqaddasligi, uning buyukligi va daxlsizligi, tabiat - odam yashayotgan muqaddas go'sha ekanligini takidlashga harakat qilmoqdalar. Tabiatning daxlsizligi avvalo uni ko'z qorachig'iday asrashni talab qiladi. Shunday qilib, sheriyatimizda davr talabidan kelib chiqqan yangi bir xususiyat - tabiatni ekologik kategoriya sifatida anglash va tasvirlash an'anasi birinchi o'ringa chiqa boshladi. Ekologik tanglik umumbashariy muammolardan biri hisoblanadi. Tabiat pokligining ijtimoiy mohiyatini chuqur anglagan Prezidentimiz I.A.Karimov bu xususda shunday yozadilar: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o'zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo'ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o'nglab bo'lmas ekologik faloqatlarga olib keladi». Tabiat boyliklarini muhofaza qilish, uning go'zal manzaralarini asrash tabiatning nodir qo'llari bilan yaratilgan ekologik yodgorliklarni asrab-avaylash va tabiatdan foydalanish borasida yo'l qo'yilayotgan boshboshdoqchiliklarga chek qo'yish kabi muammolar ona-sayyoramizda istiqomat qiladigan har bir odam taqdiriga taalluqlidir. Atrof-muhitning musaffoligini saqlash odamlarning zamin taqdiri oldidagi burchini qay darajada his etishlariga ham bog'liqdir. Buning uchun tabiat haqidagi bilimlarni keng ommalashtirish, tabiatning fojiali holatidan insonni ogoh etib, kelgusida sayyoramiz boshiga tushishi mumkin bo'lgan xavf-xatarning oldini olish choralarini izlashimiz zarur. Buning uchun avvalo odamlar orasida ekologik tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yish, ekologik madaniyatni tarkib toptirish kerak. Xalqimiz orasida ekologik ma'rifatni shakllantiruvchi omillardan biri - badiiy so'z kuchi bilan tabiat va inson o'rtasidagi azaliy birlik va bu bog'liqlikning muqaddasligini namoyon etishdir. Sheriyatda tabiatni asrash mavzusining paydo bo'lishi asrlar davomida paydo bo'lgan tabiat yodgorliklari nobud bo'layotganligi, dunyo ekosistemasining buzilishi esa yer yuzida hayotning butunlay yo'q bo'lib ketish xavfini keltirib chiqarayotganligi, bunday haloqatni oldini olish ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.84 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.84 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:08 ]
Arxiv ichida: doc