Ideal va badiiy yaxlitlik 3

Ideal va badiiy yaxlitlik 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Ideal va badiiy yaxlitlik 3 - rasmi

Material tavsifi

Ideal va badiiy yaxlitlik Keyingi yillar o'zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida markaziy o'rinni tutib kelayotgan muammo - sho'ro davrida yaratilgan adabiyotga munosabat masalasi bo'lib qolayotir. Turli-tuman, ko'pincha bir-biriga tamomila zid qarashlarni maydonga chiqarayotgan bu muammo «uzoq yillar hukm surib kelgan vulgar sotsiologizm aqidalariga, mafkuraviy-siyosiy yondoshishga qarshi reaksiya, aks ta'sir ko'rinishi»2 sifatida yuzaga kelayotgani ham ayon haqiqatdir. Yo'q, biz turli-tumanlikni qoralash niyatidan yiroqmiz, zero, demokratlashish yo'liga kirgan jamiyatimiz ehtiyojlari ayni shu narsani taqozo qiladi. Respublikamiz prezidenti I.Karimov aytganidek, «jamiyatda fikr erkinligi, g'oyalar rang-barangligi bo'lmasa, ayniqsa, unga yo'l berilmasa, taraqqiyot, olg'a siljish qiyinlashadi. Yaqin o'tmishimiz - buning yaqqol dalilidir». Jamiyatimizda hukm surgan monomafkura siyosati turg'unligu oxir oqibat inqirozga olib kelgan bo'lsa, so'z san'atining tamomila mafkura xizmatiga bo'ysundirilgani adabiyotimiz taraqqiyotini sustlashtirdi, katta potentsial kuchga ega istedodlarimizning to'la namoyon bo'lishlariga imkon bermadi. Keyingi yillarda bot-bot takrorlanayotgan bu gaplar biz uchun isbot talab qilmaydigan haqiqat - aksiomadir. Shu bois ham so'z san'atiga munosabatni o'zgartirish, badiiy asarga yondashish va uni baholashning yangicha tamoyillarini ishlab chiqish kun tartibidagi birinchi masalaga aylanganini ham tan olamiz. Biroq bizni tashvishlantirayotgan narsa shuki, yangicha konsepsiyani ishlab chiqish yo'lidagi urinishlarimiz - bir qutbdan ikkinchisiga sakrashga moyilligimizdanmi - yana eski o'zanga tushib qolayotgandek. Ayniqsa, XX asr o'zbek adabiyotiga, xususan, konkret ijodkor yoki badiiy asarga yana mafkuraviy jihatdangina yondashib, o'zimiz sezmagan holda o'zimiz qoralayotgan vulgar sotsiologizm mavqeiga tushib qolayotganga o'xshaymiz. Yaqin o'tmishimizda yaratilgan badiiy asarlarda mafkura tazyiqi kuchli bo'lganiyu bu narsa ularning qimmatini hiyla tushirganini etirof etgan holda, ularning bariga bir ko'z bilan qarash, tamomila inkor qilish kayfiyatlariga mutlaqo qo'shila olmaymiz. To'g'ri, ijodkor voqeligu mafkuradan bir bahya bo'lsa-da yuqoriroq turishi lozim, ayni paytda, ulardan butkul uzilib ketishi ham mumkin bo'lmagan hodisadir. Shunday ekan, biz istasak istamasak, asarda yaratilgan badiiy borliq real borliq bilan munosabatda bo'lganidek, badiiy reallik vositasida ifodalanayotgan g'oyalar tizimi - badiiy konsepsiya ham jamiyatda yetakchilik qilayotgan g'oyalar tizimi - mafkura bilan munosabatda bo'ladi. Xo'sh, bu munosabat qay tarzda kechadi? Umuman, ijodning mafkuraviylashuvi nimadan? Bizningcha, ijodning mafkuraviylashuvini natija deb qarasak, uning sababini u yoki bu davrda mavjud mafkura mazmunida emas, balki san'atkorning o'sha mafkura zamiridagi G'OYa(mafkura mazmunini tashkil qilayotgan g'oyalarni shunday ataylik)ga yoinki o'z ijodiga formal yondashuvida deb tushunish to'g'riroq bo'ladi. Biz bu o'rinda G'OYani umumiyroq hodisa deb olamiz-da, mafkura deganda uning muayyan maqsadga yo'naltirilib tizimga solingan ko'rinishini tushunamiz. Deylik, «buyuk xalq» G'OYasi - qaysi tizimdaligiga bog'liq holda - vatanni himoya qilish maqsadiga ham, o'zga xalqlarni qul qilish niyatiga ham, yurtni obodu millatni taraqqiy ettirish maqsadiga ham birdek xizmat qilaverishi mumkin. Jamiyat taraqqiyotining muayyan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.47 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.47 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga