. Ijodiy metod va ijodiy uslub Reja: Ijodiy metod tushunchasi. Klassitsizm. Sentimentalizm. Naturalizm. Realizm. Romantizm. Modernizm (ratsionalizm, abstraksionizm, simionizm, syurealizm, futurizm, kubizm). Ijodiy uslub tushunchasi. Ijodkor uslubi. Tayanch tushunchalar: Ijodiy metod tushunchasi, klassitsizm, sentimentalizm, naturalizm, realizm, romantizm, modernizm (ratsionalizm, abstraksionizm, simionizm, syurealizm, futurizm, kubizm). Ijodiy uslub tushunchasi, Ijodkor uslubi. san'at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning umumiy yo'llari ijodiy metod deb yuritiladi. Ijodiy metodga tadqiqotlarda «Yozuvchining hayotiy faktlarni tanlash, umumlashtirish, baholash va badiiy obrazlarda aks ettirishda qo'llagan asosiy prinsiplari», «san'atkorning anglanayotgan voqelikka ijodiy munosabatlarining umumiy njodiy prinsipi, yani badiiy asarda voqelikni qayta tikiash prinsipi»; «turmush hodisalarini tanlash, o'rganish, idrok etish va tasvirlashning asosiy vositasi» deb ta'rif beriladi. san'at va adabiyotdagi ijodiy metodlar aslida inson dunyosini, uning ilgari anglanmagan jihatlarini ko'rsatish borasidagi izlanish yo'llaridir, Tadqiqotlarda so'z san'atida inson dunyosini badiiy gavdachantirishning ikki yo'li: romantizm va realizm yo'li bor, deyiladi. Bu ham aslida inson tabiati bilan bog'liq hodisa sanaladi. Chunki odam ham real hayot qo'ynida, ham orzu - havaslar dunyosida yashaydi. Orzu insonning har jihatdan ulg'ayishi uchun etakchi asos bo'ladi Ana shu omil odam avlodlarini iqtisodiy, madaniy taraqqiyotga etaklaydi. Hozirgi turmush tarzimizga ham aslida ajdodlarimizning orzu - havasi ilk poydevor bo'lgan. Orzu - havas, intilish yuksak bo'lgan o'tmish zamonlar adabiyotida ham romantizm metodi hukmronlik qilgan. Bu ijodiy metod, ayniqsa, Sharq adabiyotida ustuvor bo'lib kelgan. XX asr boshlarigacha o'zbek adabiyotida ham romantizm metodi asosiy o'rin tutgan. Albatta, mavjud hayot hodisalariga munosabat sifatida real turmush hodisalarini akslantiruvchi asarlar ham yozilgan. Ularning aksariyati, asosan, tanqidiy, hajviy ruhda bo'lgan. Real hayotga tanqidiy yondashish esa uni o'zgartirish orzusidan tug'iladi. Orzu - havaslarni akslantirish esa romantizm metodining asosi sanaladi. Romantizm metodi - hayot haqidagi, inson to'g'risidaga orzular ifodasidir. Bu metodda yaratilgan asarlarda xayoliy voqealar, orzulardagi obrazlar asosiy o'rin tutadi. Shoir, yozuvchi o'z amoli (ideali)dagi insonni ko'rsatish uchun qahramonlarini real hayotdagidan ko'ra kuchliroq, fidoiyroq, jasurroq qilib gavdalantyradi. «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod obrazi Alisher Navoiyning chin inson haqidagi orzulari ifodasi sanaladi. Ideal obrazni, ideal hayotni ko'rsatish romantizm metodining xos xususiyati hisoblanadi. Shuning uchun bu xildagi asarlarda real hayotning o'zidagidan ko'ra boshqacha voqealar ko'rsatiladi. Fantastik sujetli, mifologiyaga asoslangan asarlar ham romantizm metodiga mansub sanaladi. «Romantizm ijodiy metodi juda murakkab hodisa bo'lib, u XVII asr oxiri, XIX asr boshida Yevropa, Amerika adabiyotida paydo bo'ldi hamda o'zidan avval adabiyot va estetikada hukmronlik qalgan klassisizmga qaram shaklida shaqlandi va rivoj topdi», deyiladi. Biroq Sharq adabiyotida azal - azaldan romantizm ustuvor bo'lgani aniq. Yoki qadimgi yunon dramaturglarining mavjud jamiyat hayotini o'zgartirish, adolatli shoh haqidagi orzu ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
85.6 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
85.6 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:08 ]
Arxiv ichida: doc