Ijodkor tarjimai holini o'rganish usullari (Ijodkor tarjimai holini o'rganish usullari

Ijodkor tarjimai holini o'rganish usullari (Ijodkor tarjimai holini o'rganish usullari

O'quvchilarga / Adabiyot
Ijodkor tarjimai holini o'rganish usullari (Ijodkor tarjimai holini o'rganish usullari - rasmi

Material tavsifi

Ijodkor tarjimai holini o'rganish usullari Reja: 1 Ijodkor hayoti va ijodini ta'lim bostsichlarida o'rganishningahamiyati. 2. Adib hayotini o'rganishning shakl va usullari. Badiiy asarlarni o'rganishda uning muallifi haqidagi ma'lumotlar ham ayricha ahamiyat kasb etadi. Bu ma'lumotlar ko'pincha, asarning g'oyaviy-badiiy mazmunini teranroq anglashda, asarning ijtimoiy-estetik mohiyatini to'g'ri belgilashda yordam beradi. Mazkur ma'lumotlar qaerlardan olinadi? Ularni adiblarning o'zlari yozib qoldirgan tarjimai hollaridan, adib haqida aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holda etib kelgan manbalardan olinishi mumkin. Bu boradagi eng yaxshi omillardan yana biri adib va yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan materiallardir. Masalan, Abdulla Oripov haqida gapirib turib, Erkin Vohidov shunday degan edi: «Barcha isyonkor shoirlar kabi Abdullaga ham oson bo'lgan emas. Qattol tuzum qamchisidan u ham omon qolmagan. Lekin ruhiy azoblar, siquvlar, ming iztiroblar so'nggida shoirga nasib bo'lgan kattakon baxt shuki, u xalqi mehrini qozondi, o'zi kurashgan ozodlik va mustaqillik g'oyasining kurtak yozganiga guvoh bo'ldi. Shoir uchun bundan ortiq saodat yo'q». Shoirning baxti uning dardkash qalbidagi inja tuyg'ularning samimiyligida, Vatan degan so'zning butun salmog'ini, zalvorini, shukuhini qalbining tub-tubi bilan teran anglaganidadir. Taniqli shoir Usmon Azim aytganidek, «Uning toza, yuksak, samimiy, hech kimu hech narsadan hayiqmaydigan ovozi birdan O'zbekistonni larzaga soldi. Abdulla Oripovning har bir satri, har bir sheri bilan Adabiyot o'zbek adabiyotiga qayta boshladi. Shoirning birinchi kitobi misli ko'rilmagan hayajon bilan kutib olindi. G'ayrat va jasorat bilan yo'g'rilgan sherlar yuraklarga, ruhlarga «Vatan» degan tug'yonning mangu hayot muhabbatini sochib o'tdi. Hozir biz «O'zbekiston - Vatanim manim» deb jo'ngina aytayotganimiz satrlarni, u paytlarda hasratu g'ussalar ichida ko'z yoshlarimiz tirqirab yod aytganlarimiz yodimda Abdulla Oripov sheriyati sho'rolarning qudratli mafkurasi siquvi ostida sarosimada qolgan yuraklarga sharaf bilan yashashning yagona yo'li -Vatanni sevmoq ekanligini o'rgatishga xizmat qildi. Vatanni ozod ko'rishni istagan va keyinchalik bu yo'lda sayi harakatlar qilgan insonlarining ko'pchiligiga ham Abdulla Oripov sheriyati madad bo'lganiga guvohmiz. Abdulla Oripov sheriyati mustamlakachilik davrida ham o'zbekda oru nomus barqaror ekanligi haqida kelajakka ko'rsatadigan o'lmas hujjatlarimizdandir». Bunday fikrlardan adabiyot darslari jarayonida foydalanish o'quvchilarning badiiy adabiyotga, uning ijodkoriga nisbatan qiziqish va muhabbatini yanada kuchaytiradi. Badiiy asarni tahlil qilish jarayonida adibning o'z fikrlaridan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Masalan, Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodini o'rganishda bevosita uning o'z asari-«Qutadg'u bilig»ga murojaat qilish o'rinli bo'ladi. Buning asosiy sabablaridan biri adib haqida boshqa ilmiy, tarixiy manbalarda tegishli axborotlarning saqlanib qolinmagani yoki hozircha topilmay turishidir. Kitob muqadimasida adib o'zining tug'ilgan yurtini eslatib o'tadi: Munuqi turug'laq g'o'z o'rdu eli, Tub-asli, nasabdin yurumish tili. Buning tug'ilgan eli, g'o'z o'rdudir, Tub-asli, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.15 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.15 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga