Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyati 3

Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyati 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyati 3 - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyati Inson xarakteri, uning ruhiy o'ziga xosligi ko'p jihatdan u yashayotgan muhit shart-sharoitlari bilan bog'liqdir. Aksariyat yozuvchilarni, N.G.Chernishevskiy tabiri bilan aytsak, «ijtimoiy munosabatlar va hayotiy to'qnashuvlarning xarakterlarga ta'siri1» qiziqtirishi bejiz emas. Avvalgi bobda ko'rib o'tganimizdek, Miryoqub obrazi talqinida ham Cho'lpon uning muhit ta'sirida shakllangan xususiyatlariga diqqatni jalb qilgan edi. Lekin psixologik tahlilning tipologik prinsipi Miryoqub obrazi talqinida yodamchi vosita edi xolos, sababki, adibni qahramonini ma'naviy «qayta tirilish»ga olib kelgan ruhiy jarayonlarning o'zi ko'proq qiziqtirgan. «Kecha»da qator personajlar borki, ular «muayyan muhitda shakllanganlar, yashaydilar va go'yo u bilan chatishib ketganlar2». Tabiiyki, ularning xarakter xususiyatlarini, xatti-harakatlarining ruhiy asoslarini anglash uchun ular yashayotgan muhit sharoitlarni bilish taqozo qilinadi. Romandagi muhit bilan chatishib ketgan qahramonlardan biri Akbarali mingboshidir. Asarni dastlab o'qiganda Akbarali obraziga yuklangan salbiy sifatlar - savodsizlik, johillik, manfaatparastlik, tubanlik, dunyo bexabarlik - bir odam uchun ko'plik qilayotganday, adib obrazning badiiy barkamolligini maqsad - feodalizmning inqirozga yuz tutgani qonuniyligini ko'rsatish yo'lida qurbon qilgandek ko'rinadi. Ilgariroq, ilk taassurot ta'sirida bo'lsa kerak, biz mazkur obraz talqinida jonli xarakterdan ko'ra ko'proq sxematizmga moyillik ko'riladi, degan yanglish xulosasiga kelgan edik3. Gap shundaki, har qanday o'quvchi yoki asar haqida fikr bildirayotgan odam talqinni talqin qiladi (yozuvchi real borliqni badiiy talqin qilsa, biz uning talqinini talqin qilamiz). Shunday ekan, adib Akbarali obrazini yaratishda qanday asoslarga tayanganini, qanday odamlar real voqelikdan (yozuvchi olami orqali) asar to'qimasiga ko'chganini aniqlab olmasdan turib to'g'ri xulosaga kelishimiz mahol. Demak, avvalo «Cho'lpon Akbarali mingboshi obrazini tarixiy-ijtimoiy tip sifatida real gavdalantirganmi?» degan savolga javob berishimiz lozim. Mazkur savolga javob berish uchun esa, avvalo, bir narsani aniqlab olishga to'g'ri keladi: chor hukumati mahalliy amaldorlardan qay yo'sin foydalangan? Malumki, mustamlaka Turkistonda mingboshi, amin, ellikboshilar siyosiy hokimiyatdan chetlatilgan edilar. Shunga ko'ra, ularning gardanidagi vazifalar ham chegaralangan, yani: mahkumlaridagi hududda mayda-chuyda ma'muriy-xo'jalik ishlari bilan shug'ullanish va, asosiysi, xalq orasida osoyishtalikni ta'minlashdangina iborat bo'lgan. Mahalliy amaldorlarni faqat o'z maqsadlari yo'lida ishlatish, ulani siyosatdan yiroq tutish uchun, tabiiyki, shunga mos odamlarni tanlab qo'yish kerak edi va chor hukumati bunga asosan erishgan. Endi mulohaza qilaylik: qanday odam chor hukumatining «didiga mos» amaldor bo'la oladi? Amaldorning savodsiz bo'lishi - uning siyosatdan yiroq bo'lishiga kafolatday gap. Arxiv hujjatlari ko'zdan kechirilsa, aksariyat amaldorlarning savodsiz bo'lgani, mingboshi mahkamalaridan yuborilgan hisobot va ma'lumotlarga ko'pincha « savodsiz bo'lgani uchun iltimosiga ko'ra imzo chekdim» degan izoh bilan musulmon yoki rus mirzalar qo'l qo'yganini ko'rish mumkin. Masalan, Andijon uezdining Hakan volosti mingboshisi Abdurahmon Qozoqboev va Baliqchi volosti mingboshisi Buvaxo'ja Qanoatxo'jaevlar ayni shu tarzda qog'oz rasmiylashtirganlar1. Ikkala mingboshi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.24 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.24 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga