Ilk islom davri adabiyoti 3

Ilk islom davri adabiyoti 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Ilk islom davri adabiyoti 3 - rasmi

Material tavsifi

RYeJA: 1 Ilk islom davriga umumiy xarakteristika. 2 Ilk Islom davri adabiyotidagi asosiy janrlar. 3. Ilk Islom davri shoirlari. Ilk Islom davriga umumiy xarakteristika. YII asr boshlariga kelib Arabistondagi ko'chmanchi qabilalar hayoti juda chuqur ijtimoiy va iqtisodiy tanazullga yuz tutdi. Saxroviy hayotda suvning yetishmasligi badaviylarning o'troq hayot kechirishga o'tishga, dehqonchilik bilan shug'ullanishga yo'l qo'ymasdi. Bir vaqtlar umum qabilaniki bo'lgan suv havzalari, qir-adirlar endilikda sekin-asta qabila zodogonlari yo'liga o'tib borayotgan edi. Shu bois kambag'al badaviylar borgan sari qashshoqlashib, burungi qabila birligi yo'qola borayotgan, ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashayotgan edi. Badaviyninng shaxsiy erki qabila ahllari tomonidan himoyalanmay qoldi. Qabilalalararo munosabatlar ham susaya bordi. Katta shaharlardan Makka ahllari savdogarchilik bilan shug'ullanib, ularning karvonlari Yaman, Suriya, Iroq, Misr mamlakatlari bilan savdo aloqalarini o'rnatgan edilar. Mazkur barcha ishlarga Quraysh qabilasi oqsoqollari bosh bo'lib, kundan-kunga ularning boyliklari ko'payib, yerlari kengayib, qul va chorvalari ortib borar edi. Qurayshlarning iqtisodiy qudrati Makka atrofiga ham tarqalgan edi. Makkadagi muqaddas Kaba atrofiga shimoli-g'arbdagi arab qabilalar ham o'z sanamlarini o'rnatgan edilar. Shu bois Makka shahri nafaqat iqtisodiy, balki Arabistonning diniy markaziga ham aylangan edi. Mana shunday sharoitda yangi islom dinining paydo bo'lishi urug' va qabilalararo sinfiy munosabatlarining keskinlashuviga chek qo'ydi. Avvalo, Islom dinini arab badaviylari, keyin shaharliklari qabul qildilar. So'ngra Islom dini arablarning fatx yurishlari oqibatida Osiyo va Afrikaning Ispaniyadan Xitoygacha bo'lgan chegara oralig'iga keng yoyildi. Muhammad arablardan chiqqan payg'ambar bo'lib, 570-yillarda Makkada tavallud topgan. Uning otasi savdogarlardan bo'lib, erta vafot etgan. Shu bois yosh Muhammad amakisi Abu Tolibning qo'lida tarbiya topadilar. Mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklarni, qabilalarning tosh sanamlarga sig'inishlarini ko'rgan Muhammadning ko'nglida bu narsalarga qarshi bir tug'yon uyg'onadi. Katta bo'lgach, arablarni yagona Allohga sig'inib, Islom dinini qabul qilishga davat etadi. Arablar ikkiga bo'linib, birlari Muhammad (SAV) tarafdorlari, ikkinchilari uning muxoliflariga aylanadilar va tish-tirnoqlari bilan Rasululloh tutgan yo'lga qarshi chiqadilar. 622 yilga kelib, Makkada Muhammad (SAV) ga qarshi bo'lgan muxoliflarning dushmanlik munosabatlari kuchayib ketdi. Shundan so'ng Payg'ambarimiz o'z saxobai kiromlari, yaqinlari bilan Yasrib (Madina) shaxriga hijrat qildilar. Muhammad (SAV)ning Makkadan Madinaga ko'chgan yillari Musulmon xijriy sanasining boshlang'ich yili bo'lib hisoblanadi. Islom uchun bo'lgan janglarda muxoliflar ustidan aksariyat xollarda Muhammad (SAV) g'alaba qozondilar. Bir necha yildan so'ng ko'pgina arab qabilalarini yagona Islom bayrog'i ostiga birlashtirishga muvaffaq bo'lindi. Arablar o'zaro qabilaviy janglarga chek qo'yib, Rasululloh va uning xalifalari hokimiyati ostida birlashdilar. Keyinchalik qator qo'shni davlatlarga qarshi Islom bayrog'i ostida fatx yurishlarini boshladilar. Shunday qilib arablarning Islom dini tufayli birlashuvi ularning birligini mustahkamlashga, arab davlati asosini yaratishga yordam berdi. Ilk islom shoirlari- Quraysh qabilasi shoir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.3 KB
Ko'rishlar soni 163 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.3 KB
Ko'rishlar soni 163 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga