Ilk mustamlakachilik davri adabiy madaniy hayot. Manbalar va ularning sharxi RYeJA: XIX asrning II yarmida rus bosqinchilari tomonidan Markaziy Osiyoni bosib olinishi. Bosqinchilarning asosiy maqsadi. Yevropamadaniyati, ilm - fani va adabiyotining kirib kelishi. Yevropacha madaniyat va adabiyotga mahalliy ziyolilarning munosabati. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida qilgan ma'ruzasida, mustaqil O'zbekistonda demokratik tuzumni barpo etish bilan birga, amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlarning asosiy yaratuvchilari bo'lgan jamiyatimiz a'zolarining aqliy salohiyatini, ma'naviyatni butunlay yangicha qaror toptirish lozimligini takidlagan edi. Kelajagi buyuk davlatni qurayotgan kishilarning tafakkuri, axloqi yangi iqtisodiy - madaniy munosabatlarni tiklashga moddiy - ma'naviy nematlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib, doimo yonib yashash hissi bilan sug'orilgan bo'lishi lozim. Mana shunday ezgu fazilatlarga boy komil insonni tarbiyalash universitet va institutlarning asosiy vazifasi hisoblandi. Adabiyot adabiy muhitning mahsuli bo'lib, bu faqat adabiy jarayonlar ta'sirida emas, balki u yoki, bu tarixiy voqealar, unda ilgari surilgan g'oyalar ta'sirida shakllanadi. Shuning uchun ham u yoki, bu jamiyatda sodir bo'lgan voqealar adabiyotda badiiy ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo xalqlari hayotida ro'y bergan eng muhim voqea Markaziy Osiyo erlarining birin -ketin rus bosqinchilari tomonidan bosib olinishi bo'ldi. Markaziy Osiyoning Russiya tomonidan bosib olinishi bilan o'lka xalqlari adabiy tarixining yangi sahifasi boshlandi. Markaziy Osiyoning Russiya hukumati tomonidan istilo qilinishi bir yo'la amalga oshirilgan qisqa muddatli harbiy - siyosiy harakat bo'lmay, qariyib chorak asrni o'z ichiga olgan va xalq hayotida katta iz qoldirgan murakkab tarixiy voqeadir. Malumki, Qo'qon xonligining g'arbiy chegaralaridagi mudofaa istehkomi hisoblangan Oqmachit qalasining 1853 yilda bosib olinishi bilan boshlangan Russiya hukumatining bosqinchilik harakati, asosan oradan 23 yil o'tgandan so'ng, 1876 yilda bu xonlikning markazi bo'lgan Qo'qon shahrini xiyla ishlatib taslim qilinishi bilan yakunlangan. Russiya hukumati Turkistonni bosib olar ekan, unga xom ashyo manbai, Russiya korxonalarida ishlab chiqarilgan mollarni xarid qilish bozori deb qaradi va bosib olingan erlarda mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Ruslar xukmronligi davrida halq ikki yoqlama - milliy va bosqinchilar zulmi ostida ezildi, u oddiy insoniy huquqlardan mahrum etilib, «xalqlar jallodi» - rus bosqinchilari iskanjasida yashashga majbur bo'ldi. Bosqinchilar o'lkada keng tarmoqli harbiy idora usulini - general gubernatorlikni o'rnatdilar. Bosqinchilar siyosati mahalliy xalqni qoloqlikda, nodonlikda saqlab turishga qaratilgan edi. Shu bilan birga Turkistonning Ruslar tomonidan bosib olinishi natijasida o'lkaga bosqinchi Russiyadan tashqari, hunarmand ziyoli rus xalqi ham kirib keldi va tsarizmning xohish-irodasiga qarama-qarshi holda o'zining tarixiy burchini bajardi. Har bir xalq madaniyati tarixida matbaachilik ishlarining boshlanishi muhim hodisa hisoblanadi. Ko'hna madaniyatga ega bo'lgan o'zbek xalqida yozma adabiyot ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.41 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.41 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:09 ]
Arxiv ichida: doc