Ishoqxon Ibrat ijodiy faoliyati

Ishoqxon Ibrat ijodiy faoliyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Ishoqxon Ibrat ijodiy faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Ishoqxon Ibrat ijodiy faoliyati RYeJA: Ishoqxon Ibrat haqida zamondoshlari; Ibratning hayoti va ijodiy faoliyati; Ibrat ma'rifatparvar - olim; Ibrat taraqqiyparvar ziyoli; Ibrat hozirjavob shoir; Olim, shoirning ilmiy-adabiy merosi. Milliy uyg'onish davrining yetuk namoyandalaridan biri Ishoqxon Ibrat faoliyat doirasi keng, Vatan, xalq istiqloli uchun jonini fido qilgan taraqqiyparvar inson sifatida mashhurdir. Ishoqxon Junaydullo o'g'li Ibrat 1862 yilda Namangan viloyatidagi To'raqo'rg'on tumanida tug'ildi. Uning ota-onalari Junaydullaxo'ja va Huribibi o'z davrining o'qimishli kishilaridan bo'lganlar. Uning otasi Sharq mumtoz adabiyotidan yaxshigina xabardor bo'lgan, Xodim taxallusi bilan sherlar ham yozgan. Onasi esa uyda qizlarni to'plab o'qitar, ularga Navoiy, Jomiy, Mashrab g'azallarini tahlil qilib berar, yozuv va husnixatdan ham saboq berar edi. Yosh Ishoqxon ham ilk tahsilni onasidan oladi. Bu haqda shoir shunday yozadi: «Avvalgi vaqtdagi mahalla maktabida 5 yilda 3 adad muallimda o'qub, oxirgi savodim chiqmay, keyin qizlar maktabida, o'z uyimizda, volidai muhtaramamdan o'quv savod chiqardim. Ikki sana qiblagohimdan husnixat mashq etdim». Sakkiz yoshida otasi vafot etadi. Onasi uning ta'lim-tarbiyasiga katta etibor berib, 1878 yilda Qo'qondagi Muhammad Siddiq Tunqator madrasasiga o'qishga yuboradi. Ibratning Qo'qon madrasasida tahsil ko'rgan yillari (1878-1886) o'zbek adabiyoti, madaniy hayotida tub o'zgarish sodir bo'layotgan davrga to'g'ri keldi. Uning bu adabiy-madaniy hayotdan bahramand bo'lganligi tabiiy, albatta. U Qo'qon adabiy muhitining yirik namoyandalari - Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Nodim, Haziniy va Muhyilar bilan yaqin aloqada bo'lgan, adabiy mushoiralarining faol ishtirokchisiga aylangan. Madrasada u faqat madrasa ilmlari bilangina cheklanib qolmay, arab, fors, rus tillarini ham puxta o'rgandi. 1886 yilda Qo'qon madrasasini tugatgan bo'lajak shoir ota qishlog'i To'raqo'rg'onga qaytib keladi va o'z faoliyatini ma'rifat tarqatish bilan boshlaydi - qishloqda yangicha usuldagi maktab ochadi. O'qish va o'qitish yuqori saviyada bo'lgan bu maktabning umri qisqa bo'ldi. Bazi bir johil mutaassiblar mazkur maktabni «kofirlar maktabi» deb maktabga keluvchilarni qaytarishga harakat qildilar va general-gubernatorlik amaldorlari yordamida yoptirdilar. 1887 yilda, yani 25 yoshida onasini Makkaga olib borishga otlanadi. Biroq, onaizori Jidda shahrida o'pka shamollash kasalligi bilan vafot etadi. Ibratning Sharq mamlakatlariga safarga chiqishdan asosiy maqsadi, birinchidan, onasining hajga olib borish haqidagi orzularini amalga oshirish bo'lsa, ikkinchidan, chet el xalqlari hayoti, madaniyati bilan yaqindan tanishish edi. Ishoqxon Ibrat onasini Jidda shahrida dafn etib, Sharq mamlakatlari bo'ylab sayohatini davom ettirdi, shu bilan birga u Istanbul, Suriya, Afina, Rim kabi Yevropaning markaziy shaharlarida bo'ldi. Manbalarda keltirilishicha, ancha vaqtgacha Afg'onistonning Qobul, Arabistonning Jidda kabi shaharlarida istiqomat qildi. Makka shahridan Qizil Dengiz va Hind okeani orqali Hindistonga keldi. 1892-1896 yillarda Hindistonning eng katta port shaharlaridan Bombey va Kalkuttada yashadi. U bu yerda arab, fors, hind-urdu va ingliz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.74 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.74 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga