Ishoqxon Ibrat (1862-1937) Reja: Ishoqxon Ibrat haqida zamondoshlari; Ibratning hayoti va ijodiy faoliyati; Ibrat ma'rifatparvar - olim; Ibrat taraqqiyparvar ziyoli; Ibrat hozirjavob shoir; Olim, shoirning ilmiy-adabiy merosi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan yirik allomalardan biri Ishoqxon Ibratdir. U ma'rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o'zbek matbaachilaridan biri, sayyox, kalligraf, naqqosh, otashin publitsist va ilg'or pedagogdir. Ibratning asli ismi Ishoqxon, otasining ismi Junaydulladir. Ibrat uning adabiy taxallusidir. Ishoqxonning o'ziga «Ibrat» taxallusini olishning boisi shundaki, u ijodining dastlabki yillaridan boshlab ma'rifatparvar shoir, olim sifatida nom chiqardi va kishilarni zamon ilmidan, ilg'or madaniyatdan, ta'lim-tarbiyadan o'rnak olishga chaqirdi. Shuning uchun ham o'ziga «Ibrat» taxallusini tanladi. Ishoqxon 1279 hijriy (1862 milodiy) yilda Namangan yaqinidagi To'rqo'rg'on qishlog'ida tug'ildi. Uning otasi Junaydullaxo'ja Sunnatillaxo'ja o'g'li ancha bilimli sohibkor bog'bonlardan edi. U adabiyotga, sheriyatga ancha ixlos qo'ygan va «Xodim» taxallusi bilan birmuncha sherlar bitgan kishi bo'lgan. Onasi Huribibi, o'z davrining o'qimishli, oqila ayollaridan bo'lib, o'z uyida qishloq qizlarini o'qitardi. Huribibi ham adabiyot ixlosmandi bo'lib, u ham sher yozgan. Lutfiy, Alisher Navoiy, Jomiy, Bedil, Mashrab kabi buyuk shoirlarning asarlarini mutolaa qilish bu xonadon uchun sevimli mashg'ulot hisoblanardi. Oiladagi bunday hayotiy vaziyat Ishoqxonda adabiyotga muhabbatning erta paydo bo'lishi uchun asosiy omil bo'ldi. 1870 yilda Junaydullaxo'ja vafot etib, Ishoqxon otadan juda erta etim qoldi. Endi oila qiyinchiliklari butunlay onasi Huribibi zimmasiga tushdi. Mushtipar ona otinlik qilib zo'r-bazo'r ro'zg'or tebrata boshladi. Huribibi o'z maktabida o'quvchilarga darsni yod oldirish bilan cheklanmay qizlarga yozishni, husnixatni o'rgatar edi. Ishoqxon ham yoshligidan husnixatga qiziqdi va o'zining bo'sh vaqtlarini ana shu san'at sirlarini o'rganishga bag'ishladi. Adabiyot va san'atga zo'r muhabbat qo'ygan Ishoqxon ancha mukammal savodga ega bo'lgach, o'qishni davom ettirish uchun uni Qo'qonga yuboradilar. U Muhammad Siddiq Tunkator madrasasiga 1878 yilda o'qishga kiradi. Ishoqxon Ibrat madrasa beradigan ilmlar bilan cheklanib qolmadi. U o'qish mobaynida buyuk Sharq mumtozlari asarlarini mustaqil tarzda qunt bilan mutolaa qildi va bu asarlar umrining oxirigacha unga eng yaqin hamroh bo'ldi. Ishoqxon madrasada arab va fors tillarini chuqur o'rganish bilan birga bo'sh vaqtlarida rus tilini ham mustaqil o'rgandi. Ishoqxon Ibrat 1886 yilda Qo'qon madrasasini tugatib, o'z qishlog'i To'raqo'rg'onga qaytib keldi va u o'z ijodini ilg'or o'qituvchi sifatida qishloqda ma'rifat tarqatish bilan boshladi. O'sha yili u o'z qishlog'ida maktab ochdi. Ishoqxon ochgan maktab eski mahalla maktablaridan ancha farq qilardi. Ishoqxon o'z maktabiga nisbatan ilg'or bo'lgan tovush (savtiya) metodini tatbiq qildi va usuli savtiyaning eski metod tarafdorlaridan himoya qildi. 1887 yilda Huribibi o'g'liga Makkaga olib borishini iltimos qiladi, va ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.95 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.95 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:12 ]
Arxiv ichida: doc