Jadid pedagogikasi namoyandalari Ishoqxon Ibrat (1867-1937) Reja: Ishoqxon Ibrat hayot Til-dil kaliti Ishoqxon Ibrat ijodi Ishoqxon Ibrat ijodida ta'lim - tarbiya masalalari, pedagogik g'oyalari Ishoqxon to'ra Ibrat faoliyat doirasi keng, milliy uyg'onish davrining mashhur pedagoglaridan biridir. ma'rifatparvar shoir, maorifchi Ibrohim Davron1 Ibrat haqida quyidagilarni yozadi: «Ishoqxon to'ra ulumi diniya va fanniya va adabiyada ustozi komillig'i bilan butun Farg'ona va digar jihat Oziyoyi Vustoda inkor o'lunmas darajada bir mavqe mumtoza to'tmishdur. Ishoqxon to'ra ulumi diniyada mudarrisdur, fununi dunyaviyda, billo shubha, arxitektur, texnik va mexanik va fiziqiya ilminda tilifonist, tilig'rofist va yana ximik desak yana ozdur, chunki bu ilmlarni bilur. Ishoqxon to'ra olim va fozil bir zoti oliy bo'lub, bu turfa fazoili insoniyaga molik Bazi ixtiroti ham bordur»2. Ibratning asli ismi Ishoqxon, otasining ismi Junaydullaxo'jadir. Ibrat uning adabiy taxallusidir. Ishoqxonning o'ziga «Ibrat» taxallusini olish boisi shundaki, u faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab ma'rifatparvar shoir, pedagog, olim sifatida zamondoshlarini zamon ilmidan, ilg'or madaniyatidan, yangicha ta'lim-tarbiya tizimidan ibrat olishga davat etdi. Shuning uchun ham o'ziga «Ibrat» taxallusini tanladi. Ishoqxon 1279 hijriy (1862 milodiy) yilda Namangan yaqinidagi To'raqo'rg'on qishlog'ida tug'ildi. Uning otasi Junaydullaxo'ja Sunnatullaxo'ja o'g'li turkistonlik mashhur mutasavvif Ahmad Yassaviy avlodidan bo'lib, ancha bilimli sohibkor bog'bonlardan edi. Uning besh tanobcha yeri bo'lib, dehqonchilik, bog'dorchilik bilan oila tebratgan. Ibrat Yassaviy avlodiga mansubligini yozib ham qoldirgan: Ibrat taxallusimdur, ahfodi Hazrati Sulton, Shuhratda Hoji to'ra, mavosi To'raqo'rg'on. Onasi Huribibi o'z davrining o'qimishli, oqila ayollaridan bo'lib, uyida qishloq qizlarini o'qitardi, shu bilan birga, adabiyot va san'atga muhabbat qo'ygan ayol bo'lgan, sheriyat bilan ham shug'ullangan, Navoiy, Lutfiy, Jomiy, Bedil, Mashrab kabi buyuk shoirlar asarlarini mutolaa qilish xonadon ahli uchun sevimli mashg'ulot hisoblangan. Oiladagi bunday hayot tarzi Ishoqxonda adabiyot va san'atga muhabbatning erta paydo bo'lishi uchun asosiy omil bo'ldi. 1870 yilda otasi Junaydullaxo'ja vafot etadi. Ishoqxon dastlab mahalla maktabida tahsil ko'radi, ammo besh yil davomida ham savodini chiqara olmagach, o'z uyida onasining qo'lida o'qidi. Bu haqda o'zi shunday yozadi: «Avvalgi vaqtdagi mahalla maktabida 5 yilda 3 adad muallimda o'qib, oxiri savodim chiqmay, keyin qizlar maktabida, o'z uyimizda, volidai marhumamda o'qub savod chiqardim. Ikki sana qiblagohimdan husnixat mashq etdim»1. Huribibi o'z maktabida faqat quruq yodlatish bilangina cheklanmay, qizlarga yozishni, husnixatni ham o'rgatar edi. Shuning uchun ham Ishoqxon onasini asarlarida ustozi sifatida hurmat bilan tilga oladi. Adabiyot va san'atga zo'r muhabbat qo'ygan Ishoqxonni o'qishni davom ettirish uchun Qo'qonga yuboradilar U XIX asr boshlarida barpo etilgan Muhammad Siddiq Tunqator madrasasiga 1878 yilda o'qishga kiradi. Uning Qo'qonda tahsil ko'rgan yillari (1878-1886) o'zbek adabiyotida, madaniy hayotida, ayniqsa, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.76 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.76 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:13 ]
Arxiv ichida: doc