Jaloliddin Davoniy va uning «Axloqi Jaloliy» asari (1427-1502) Reja: 1. Kirish 2. Jaloliddin Davoniy hayot yo'li 3. Davoniy o'z davrining ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan qomusiy olim 4. «Axloqi Jaloliy» asari XV asrda faqat Eronda emas, balki Xuroson va Movarounnahrda ham ijtimoiy-falsafiy, ma'rifiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan olimlardan biri Jaloliddin Davoniydir. Davoniyning ta'limiy-axloqiy qarashlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiylarning ijtimoiy fikrlari bilan ko'p jihatdan tutash keladi. Ular dunyoqarashining mag'zini komil inson tarbiyalash uchun yuksak insoniy fazilatlarni tarkib toptirish tashkil etadi. Jaloliddin Muhammad Ibn Asad as-Sddiqiy al-Davoniy Eronning Kazarun viloyatidagi Davon qishlog'ida 1427 yilda dunyoga kelgan. Jaloliddin Davoniy boshlang'ich ma'lumotni qishlog'ida olgach, Sherozga keladi va u yerda Dorul ay-tom madrasasida tahsil ko'radi. Madrasada u musulmon qonunshunosligi (fiqh) bilan maxsus shug'ullanadi hamda ilm-fan sirlarini mashhur odamlardan o'rgana boshlaydi. Uning otasi Sadiddin ham o'z zamonining fozil kishilaridan bo'lib, o'g'lining ham ilm-fanni chuqur egallashiga yordam beradi. Madrasani tamomlagach, Davoniyning ilmiy qobiliyatidan xabardor bo'lgan eron hukmdori Sulton Yoqub Oq qo'yinli tomonidan Sheroz shahriga qozi etib tayinlanadi. U madrasada ham mudarrislik, ham qozilik vazifalari bilan shug'ullana boshlaydi. Davoniy faqat o'z yurtida emas, balki o'zga mamlakatlarda ham shuhrat qozonadi. Turli shaharlardan talabalar kelib, unda tahsil oladilar va ular orasidan ham yetuk fozilu fuzalolar etishib chiqadi. Davoniy keyinchalik Eron, Iroq, Hindistonda, Koshon, G'ilon, Tabriz, Hirot shaharlarida sayohatlarda bo'lib, ko'plab olimlar bilan hamsuhbat bo'lib, o'zining bilimi, dunyoqarashini yanada boyitgan. Davoniy umrining oxirgi yillarini o'z qishlog'ida o'tkazgan. Olim 1502 yilda vafot etgan. U Kazarun yaqinidagi qishlog'i Davonga dafn etilgan. Davoniy o'z davrining ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan qomusiy olim. Uning yirik olim bo'lib etishishida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining ham katta ta'siri bo'lgan. Chunki, ilm-fan XIV-XV asrlarda xuddi ana shu ikki yirik fan va madaniyat markazida taraqqiy etgan. Davoniy bu ikki shahar ilm ahllari, shuningdek, Vizantiya, Ozarbayjon, Qirmon, Hurmuz, Tabariston, Xuroson va Jurjon olimlari bilan uzviy aloqada bo'lgan. Ayniqsa, Hirotda bo'lganda mashhur shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy bilan uchrashgan va keyinchalik u yerdan ketganidan so'ng ham alloma bilan xat yozishib turgan. Demak, Davoniyning yetuk olim bo'lib etishishida Yaqin va O'rta Sharq, Movarounnahrdagi yetuk olimlar bilan hamkorlik qilishi muhim omil bo'lgan. Davoniyning madrasadagi uzoq vaqt mudarrislik faoliyati uning ta'lim-tarbiya to'g'risida o'z qarashlariga ega ekanligini ko'rsatadi. H.Aliqulov tadqiqotlarida keltirilishicha, Davoniyning hayoti va faoliyati, ilmiy-pedagogik merosini Sharq va G'arb olimlari Xondamirning «Habib us-siyar» kitobiga tayangan holda tadqiq etganlar. Samarqandlik olim Abu Tohir Xo'janing «Axloqi Muzaffariy», Shamsiddin Somiyning «Qomus ul-allom» asarlarida alloma haqida ma'lumotlar berilgan. Lekin H.Aliqulov Jaloliddin Davoniy haqida batafsil ma'lumot Ali Davoniyning «Jaloliddin ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.73 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.73 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:14 ]
Arxiv ichida: doc